«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə83/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Nazorat uchun savollar:
1.Sizot suvlar rejimi nima?
2.Sizot suvlar rejimiga ta’sir etuvchi sharoitlarni ta’riflang.
3.Sizot suvlarining tuproqning suv-tuz rejimiga ta’siri qanday?
4.Sug’oriladigan yerlarning meliorativ rejimlarini ta’riflang.
5.Sizot suvlarining maqbul chuqurligi nima?
6.Sizot suvlari maqbul chuqurligiga ta’sir etuvchi omillarni ta’riflang?
7.Sizot suvlar muvozanati nima va uni tashkil etuvchi omillarga nimalar kiradi?


26-Modul:Yer sho’rlanishi va botqoqlanishini oldini olish va qarshi kurashda qo’llaniladigan meliorativ,agromeliorativ va suv-xo’jalik tadbirlar


Reja:


1.Yerning meliorativ holatini o’rganish tadbirlari (meliorativ mintaqalar, kichik mintaqalar va gidromodul massivlari bo’yicha).
2.Oldini olish tadbirlarining asosiy vazifalari. Sug’oriladigan yerlarni meliorativ nazorati va yerdan foydalanish koeffisiyenti.
3.Yerlarning kulay meliorativ holatini ta’minlash uchun qo’llaniladigan suv-xo’jalik tadbirlari (suvdan rejali foydalanish, sug’orishni yiriklashtirilgan maydonlarda o’tkazish, suvni kanallarda filtrasion isrof bo’lishini kamaytirish, xo’jalikda suv oborotini qo’llash, suvdan kechayu-kunduz uzluksiz foydalanish, suv kerak bo’lmaganda tarmoqlarga suv berishni to’xtatish va boshqalar).
4.Yerlarni tekislash, uning agrotexnik va meliorativ ahamiyati (asosiy, qisman va joriy tekislash).
5.O’rmon-ihota daraxtlarini ekish va ularning meliorativ ahamiyati (mikroiqlimga, eroziyaga, sizot suvlar rejimiga ta’siri).
6. G’o’za-beda almashlab ekishni tashkil etish, bedaning meliorativ ahamiyati. Agrotexnikaviy tadbirlarni o’z vaqtida sifatli qilib amalga oshirishning ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: yerning meliorativ holati, yerlarni meliorativ nazorat qilish, suv-xo’jalik tadbirlari,yerlarnitekislash,O’rmon-ihota daraxtlari . G’o’za-beda almashlab ekish yerdan foydalanish koeffisiyenti.
Adabiyotlar: 1, 2, 3,8, 9, 10, 11, 15, 16, 17

1. Yerning sho’rlanishi va botqoqlanishini oldini olish va qarshi kurash tadbirlarini to’g’ri tanlash hamda amalga oshirish uchun dastlab sug’oriladigan yerlarning meliorativ holati chuqur o’rganilib chiqiladi va doimo kuzatib boriladi.


Yerlar tabiiy sharoitlariga qarab mintaqa va mintaqachalarga bo’linadi. Mintaqalar asosan sizot suvlarining tabiiy oqimiga ega bo’lishiga qaramay quyidagilarga bo’linadi; 1) sizot suvlari oqimli, 2) sizot suvlari kuchsiz oqimli, 3) sizot suvlari oqimsiz.
Meliorativ mintaqalar esa o’z navbatida tuproqning tuzilishi va xossalariga, sho’rlanish darajasiga, sizot suvlarining joylashish chuqurligiga qarab kichik meliorativ mintaqachalarga, ya’ni gidromodul massivlarga bo’linadi. Yerlarni gidromodul jixatdan massivlashtirishning ahamiyati shundaki, har bir gidromodul massivida yetishtiriladigan ekinlardan mo’l hosil olish uchun zarur bo’lgan sug’orish rejimi belgilanadi.
Ma’lumki, ekinlarni sug’orish sizot suvlarining rejimiga va tuproqning meliorativ holatiga ta’sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun gidromodul massivlar bo’yicha yerning meliorativ holatini buzilish sabablari aniqlanadi va ularni yaxshilash tadbirlari ishlab chiqiladi.
2. Sug’oriladigan yerlarda qo’llaniladigan meliorativ tadbirlarni ikkiga ajratish mumkin: Yer sho’rlanishini va botqoqlanishini oldini olish tadbirlari. Sho’rlangan va botqoqlangan yerlar holatini tubdan yaxshilash tadbirlari. Oldini olish tadbirlariga qo’yidagilar kiradi:
a) sizot suvlarning joylashish chuqurligini, minerallashganlik darajasini, tuproqlar sho’rlanish darajasini muntazam nazorat qilib borish;
b) suv isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik;
v) tuproq yuzasidan suv bug’lanishini keskin kamaytirish;
g) yuza joylashgan sho’r yoki chuchuk sizot suvlar sathini pasaytirish. Suvdan to’g’ri foydalanilganida, kanallardan suvning sizib ketishiga yo’l ko’yilmaganida, suv oboroti to’g’ri joriy qilinganida, suvdan tejab-tergab foydalanilganida suv isrofgarchiligi keskin kamayadi yoki butunlay bo’lmaydi. Tuproq yumshoq, mayda va donador holatda bo’lsa, undan namlik kamroq bug’lanib, ekinlarning tezroq rivojlanishi uchun sharoit yaratib beriladi. Bunday natijalarga erishish uchun ihota-o’rmon daraxtzorlarni barpo qilish, g’o’za-beda almashlab ekishni joriy etish, ekinlarni to’g’ri joylashtirish juda muhim. Sizot suvlar sathini pasaytirish uchun daraxtzorlar barpo qilish, ekinlar sug’orish rejimini to’g’ri belgilash va sug’orish suvlarini tejash lozim. Lekin kuchli sho’rlangan, sizot suvlar sathi yuza joylashgan, ularning oqib ketish sharoiti yomon bo’lgan yerlarda, yuqorida aytib o’tilgan tadbirlar kifoya qilmaydi. Bunday yerlarda uygunlashgan tadbirlar majmuasidan foydalanishga to’g’ri keladi, ya’ni zovur tarmoqlari barpo kilish, tuproqlarni yuvish va boshqalar. Sizot suvlar sathini nazorat qilinganda maxsus quduqlardan foydalaniladi. Quduqlar yerning meliorativ sharoitlariga va relyefiga qarab joylashtiriladi. Xo’jalikning sug’oriladigan maydoni va meliorativ sharoitiga qarab kuzatish kuduqlari 10-25 tagacha va undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Barcha kuzatuv kuduqlari xo’jalik xaritasiga tushiriladi va tartib raqami ko’rsatiladi. Nazorat quduqlaridan sizot suvlar sathi har oyda 3 marta (1, 10, 20 kunlarida) o’lchanadi. Sizot suvining minerallashganlik va tuproqning sho’rlanish darajalarini aniqlash uchun bir yilda ikki marta (o’suv davrining boshida va oxirida) namunalar olinadi qumda ular suvli so’rim tahlili qilinadi. Sho’rlangan va botqoqlangan yerlarning meliorativ holatini o’rganishda yerdan foydalanish koeffisiyentlari (YeFK)ni aniqlash muhim ahamiyatga ega. YeFK ni ma’lum bir ho’jalik yeri yoki tuman, viloyat va voha uchun aniqlash mumkin. YeFK sug’oriladigan yer maydonining umumiy yer maydoniga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi:

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin