YeFK=
Xo’jalikda YeFK ni pasayishning asosiy sabablari sho’rlanish va botqoqlanish bo’lshi mumkin. Sug’oriladigan sho’rlangan yerlarni sho’r yuvish muddatlari va me’yorlarini aniqlash uchun sho’rlanish kartogrammalarini tuzish ham muhim amaliy ahamiyatga ega. Sho’rlanish kartogrammalari quyidagi ma’lumotlar asosida tuziladi: konturlar bo’yicha yerdan foydalanish rejasi; tuproq xaritasi; xo’jalikning gidromodul massivlashtirish xaritasi; tuproq tarkibidagi tuzlarning tahlili natijalari; qishloq xo’jalik ekinlarining holati bo’yicha ma’lumotlar.
3. Yer sho’rlanishi va botqoqlanishining oldini olish va ularga qarshi kurashda qo’llaniladigan suv-xo’jalik tadbirlari ham muhim ahamiyatga ega. Suv-xo’jalik tadbirlarining tarkibi quyidagilardan iborat bo’ladi:
1) Suvdan rejali foydalanish - bunda xo’jalik, tuman, viloyatda suvdan foydalanish rejalari tuziladi; rejada ekinlarni sug’orish muddati, sug’orish soni, me’yorlari va sug’orish tarmoqlaridan suv olish limiti ko’rsatiladi.
2) Sug’orishda suvni tejaydigan yangi usullarini qo’llash (egatlab, yomg’irlatib na tomchilatib sug’orish usullari).
24-rasm. Suv tanqisligini yumshatish buyicha tadbirlar.
3) Kanallardan suvni filtrasion isrofini kamaytirish (asosiy, kimyoviy va oddiy tadbirlar).
25-rasm. Suv tanqisligini yumshatish buyicha tadbirlar.
4) Sug’orish tarmoqlarini loyqa va begona o’tlardan tozalash.
5) Xo’jalikda suv oborotini joriy qilish.
6) Xo’jalikda suvdan sutka davomida uzluksiz foydalanish.
26-rasm. Sug’orish suvidan samarali foydalanish choralari.
7) Sug’orilmaydigan davrlarda sug’orish tarmoqlariga suv berishni to’xtatib ko’yish.
8) Chuchuk sizot va yer osti suvlaridan ekinlarni sug’orishda va sho’r yuvishda foydalanish.
9) Xo’jalikda suv o’lchash ishlarini tashkil qilish.
27-rasm. Suvdan foydalanuvchilar masuliyatini oshirish.
Sho’rlangan va botqoqlangan yerlar holatini tubdan yaxshilash uchun quyidagi tadbirla rni amalga oshirish lozim:
Zovur-zaxkash tarmoqlarini barpo qilish;
Sho’r yuvish ishlarini tashkil etish.
Zovurlar barpo etish va sho’r yuvish ishlari boshqa agromeliorativ va suv-xo’jalik tadbirlari bilan birga uyg’unlashtirib olib borilsa, tuproq holati tubdan yaxshilanadi, unumdorligi ortadi.
Shunday qilib, tuproq holatini tubdan yaxshilash uchun odatda bitta tadbirdan emas, balki meliorativ tadbirlar majmuasidan foydalanish lozim.
Meliorativ ishlarini amalga oshirishda quyidagi texnik-tashkiliy tadbirlarni ham bajarish lozim:
1) Yer, suv va texnika vositalaridan unumli foydalanish uchun xo’jalik xududini to’g’ri tuzish;
2) Sug’orish va kollektor-zovur tarmoqlarini ekspluatasiya qilishni tashkil qilish hamda yerlarni meliorativ jihatdan nazorat qilish;
3) Suv-xo’jalik va meliorasiya ishlarini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish;
4) Meliorativ tizimlarni loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish bo’yicha maxsus kadrlar tayyorlash.
Xo’jalikda suv oborotini joriy qilinishi muhim ahamiyatga ega. Bunda suv yirik kanallardan doimiy oqimda berib turiladi. Suv oboroti tashkil etilganda, uchastkalarni sug’orish navbati belgilab kuyiladi. Suvchilar guruxi tashkil etiladi va ular bir vaqtning o’zida faqat bitta yirik uchastkani sug’oradi. Suvdan shu zayilda foydalanilganda xo’jalikdagi kanallarning barchasi emas, balki bir nechtasi ishlaydi, Lekin ularning suv sarfi katta bo’ladi. Shuning natijasida umumiy filtrasiya sarflari kamayadi, sug’orish kanallarining foydali ish koeffisiyenti oshadi va mavjud suv bilan ko’proq maydon sug’oriladi.
Suv oborotining amalga oshirilishi ekinlarni o’z vaqtida to’g’ri sug’orishga, shuningdek, qator oralariga ishlov berish, egat olishda traktorlardan unumli foydalanishga sharoit yaratadi.
Suvdan sutka divomida uzluksiz foydalanish uning isrof bo’lishiga qarshi kurashda qo’llaniladigan eng zaruriy tadbirlardan biridir. Xo’jaliklar ekinlarni sug’orayotganda kechayu-kunduz, uzluksiz ravishda suvdan foydalanishi lozim. Suvni zovur tarmoqlariga bekorga tashlab ko’yish qat’iy man etiladi. Buning uchun suvchilarning kunduzgi va tungi smenalarini belgilash lozim, ularni zaruriy inventarlar bilan ta’minlash, tunda sug’orish uchun maydonni o’z vaqtida tayyorlab kuyish shart. Shuningdek tunda ishlash uchun suvchilarni yoritqichlar (fonarlar) bilan ta’minlash lozim. Xo’jalikka kiradigan ortiqcha suv oqib kelayotgan bo’lsa, uni kamaytirish zarur.
Sug’orilmaydigan davrlarda kanallardagi suvni berkitib qo’yish suv isrofgarchiligiga qarshi kurashda muhimdir. Chunki kuz, kish va erta bahorda tuproqdan suv juda kam bug’lanadi. Bunday sharoitda kanaldan singib kirgan suv to’lig’icha sizot suviga borib ko’shiladi. Faqat zahira suvi beriladigan yoki sho’rni yuvish talab qilinadigan xududlardagina suv qo’yishga ruhsat etiladi.
Sug’orish tarmoqlarini 3-4 oy berkitib ko’yish natijasida sizot suvlar sathi odatdagiga qaraganda ancha pasayadi. Irrigasiya inshootlarini o’z vaqtida remont qilish va ishga yaroqli holda saqlash, kanallarni juda to’lib oqishga ruxsat etmaslik ham muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Suvdan samarali foydalanishda suvchilar sonini to’g’ri belgilash ham juda muhimdir. Bir suvchi o’rta hisobda 30-32 l/sek miqdoridagi suvni boshqara oladi: suvchilar sonini belgilashda shu mezon asos qilib olinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |