Nazorat uchun savollar:
1.Suvdan rejali foydalanishning meliorativ ahamiyati nimada?
2.Qanday sizot va yer osti suvlaridan ekinlarni sug’orishda foydalanish mumkin?
3.Meliorativ mintaqalar, ularning bir-biridan farqi nimada?
4. Suv oboroti nima?
5.Suvni tejaydigan yangi usullarning afzalliklari haqida gapirib bering?
7. Kuzatuv quduqlarining ahamiyati nimalardan iborat?
8. Asosiy va joriy tekislashning bir-biridan farqi nimada?
9.O’rtacha va kuchli sho’rlangan yerlarga ixota uchun qaysi daraxtlarni ekish ma’kul?
10.Beda ekinining meliorasiyadagi ijobiy ahamiyati nimada?
27-Modul: Sho’rlangan yerlarni yuvish, yuvish me’yorlari, usullari va o’tkazish muddatlari
Reja:
1. Sho’r yuvishning maqsad va vazifalari
2. Sho’r yuvish turlari
3. Sho’r yuvishga ta’sir qiladigan omillar
4. Sho’r yuvish muddatlari va me’yorlari
5. Sho’r yuvish usullari
Tayanch tushunchalar: Sho’rlangan yerlar, sho’r yuvish, sho’r yuvish samaradorligi, sho’r yuvish muddatlari, sho’r yuvish usullari, sho’r yuvish meyori, sho’rhok yerlar, zovurlashtirilgan yerlar
Adabiyotlar: 1, 2, 3,8, 9, 10, 11
1. Respublikamiz sug’oriladigan yerlarining 60-65 % tabiiy sho’rlanishga moyil yerlar hisoblanadi. Chunki bunday yerlarda minerallashgan sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan bo’lib, ular doimo bug’lanishga sarflanadi va oqibatda tuzlar yer yuzasida to’planib qoladi. Shuning uchun sho’rlangan yerlarni har yili sho’rini yuvish zaruriy agromeliorativ tadbirdir.
Sho’r yuvishning vazifasi qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi, rivojlanishi va mo’l hosil berishi uchun zararli bo’lgan ortiqcha tuzlarni tuproqdan yuvish hamda sizot suvlarining minerallashganligini kamaytirishdir.
Sho’r yuvish ikki yo’l bilan amalga oshiriladi
1.Asosiy sho’r yuvish
2.Joriy sho’r yuvish.
Asosiy sho’r yuvish yangi yerlarni o’zlashtirishda va foydalanib kelinayotgan kuchli sho’rlangan va sho’rhok yerlarda qullaniladi.
Joriy shur yuvish esa har yili ekinlar hosili yigishtirib olingandan keyin barcha foydalanib kelinayotgan sho’rlangan yerlarda o’tkaziladi.
Sho’r yuvish sug’oriladigan yerlarning iqlim, geologik, gidrogeologik va zovurlashtirish sharoitiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1) Cho’ktirib yuvish;
Dostları ilə paylaş: |