«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə85/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

N=
Bu yerda: N - zaruriy suvchilar soni, kishi
 - bir sutkada sug’oriladigan maydon, ga
 s - bir ish smenasidagi suvchining o’rtacha mehnat unumdorligi, ga
 s- qabul qilingan smena soni,
 - sug’orish davomati, sutka
4. Sug’oriladigan yerlarni tekislashning meliorativ ahamiyati shundaki, yaxshi tekislangan yerlarda sug’orish suvlari tejaladi, tuproq ning sho’ri bir tekisda yuviladi, o’suv davrida ekinlar bir me’yorda suv bilan ta’minlanadi, tuproq bir tekisda namlanadi, natijada ekinlarning hosildorligi oshadi. Sho’rlangan yerlarni tekislashda bo’ylama va ko’ndalang nishablik (ko’ndalang 0,0012-0,0018; bo’ylamasi esa 0,002-0,003) vujudga keltiriladi. Yer tekislash 3 xil bo’ladi: Asosiy tekislash, bunda dalaning avvalgi nishabligi butunlay o’zgartiriladi va juda katta hajmda (300-700 m3/ga) tuproq ishlari bajariladi. Bunday tekislash loyiha-xarita asosida bajariladi. Yangi yerlarni o’zlashtirish ham xuddi shu tarzda bajariladi.
Qisman tekislash - bunda yer sirtining avvalgi holati qisman o’zgartiriladi, ayrim past-balandliklar tekislanadi, o’rta hajmli tuproq ishlari bajariladi. Gektariga 200-300 m3 hajmida tuproq ishlari bajariladi.
Joriy tekislash - bu har yili bir marta ekin ekilgunga qadar o’tkazilib, asosan shudgorlash natijasida hosil bo’lgan ariq-marzalar tekislanadi.
Yer tekislash asosan buldozerlar, skreperlar, greyderlar, uzun bazali tekislagichlar, temir molalar, chizel tekislagichlar yordamida amalga oshiriladi. Gektariga 150 m3 gacha bo’lgan hajmda tuproq ishlari bajariladi.
5. O’rmon-ihota daraxtlarning ahamiyati shundaki, ular suv resurslarini ko’paytiradi, tuproqni meliorativ holatini yaxshilaydi, sizot suvlar sathini pasaytiradi, sug’oriladigan dalalarda mikroiqlimni vujudga keltiradi.
Ihota daraxtlari asosan dalalarning chetlariga va sug’orish tarmoqlari bo’ylab ekiladi. Ular 5-6 qator qilib ekilib, ularning umumiy kengligi 12-15 m bo’ladi.
Daraxt polosalari orasidagi masofalar esa 400-500 m bo’lishi kerak. Iqota daraxtlari tarkibiga tol, terak, qayrag’och, dub, chinor, tut, jiyda va oq akasiya kiradi.
Sho’rlangan yerlarga esa jiyda va oq akasiya ekish yaxshi natija beradi.
6. Agrotexnikaviy tadbirlarni o’z vaqtida sifatli qilib amalga oshirishning ahamiyati. Sho’rlangan yerlarda to’g’ri almashlab ekish tizimini qo’llash tuproqning meliorativ holatini yaxshilaydi, unumdorligini oshiradi. Almashlab ekish tarkibiga asosan beda, g’o’za, don, yem-xashak va sabzavot ekinlari kiritiladi. Shu ekinlar ichida sho’rlangan yerlarda bedaning meliorativ ahamiyati juda katta. Beda tez rivojlanib yer sirtini juda isib ketishdan va shamol ta’siridan saqlaydi hamda suvni yer ustidan bug’lanishini keskin kamaytiradi. Bedaning ildizi tuproqning chuqur qatlamlariga kirib boradi, sizot suvlarini o’zlashtirib ko’p miqdorda transpirasiyalaydi. Natijada uning satxini ko’tarilishini oldi olinadi. Bedaning ildiz tizimi tuproqning holatini, suv-fizik xossalarini yaxshilaydi, tuproq unumdorligini oshiradi (200-400 kg/ga gacha sof azot to’playdi). Sho’rlangan yerlarda asosan qisqa rotasiyalik almashlab ekish tizimlarini joriy qslish lozim. Bunda 3:3; 3:4; 3:5; 3:4:1:2 (3 dala beda, 6 dala g’o’za, 1 dala donli va shu dalaga ko’kat ekinlari ekiladi) sxemalarda g’o’za, beda, donli ekinlar almashlab ekish tizimlari qo’llaniladi. Bulardan tashqari o’rtacha va kuchli sho’rlangan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash uchun maxsus meliorativ dala almashlab ekish tizimlaridan foydalaniladi. Bunda almashlab ekish 1:3:5; 1:3:1:1; 1:3:4:1:1 sxemalarda bo’ladi. Ushbu sxemalarda bitta dala meliorasiya dalasi bo’lib, unda turli (tekislash, yumshatish, kimyoviy meliorasiya, sho’r yuvish, kollektor-zovur tarmoqlarini ta’mirlash) meliorasiya ishlari olib boriladi. Sho’rlangan va botqoqlangan yerlarning meliorativ holatini yahshi saklash uchun agrotexnikaviy tadbirlarni o’z vaqtida, sifatli o’tkazishning ahamiyati juda katta. Bunday agrotadbirlarga yerni erta kuzda chuqur shudgorlash (40 sm), ilmiy asoslangan sho’r yuvish muddati, usuliga va sho’r yuvish me’yoriga amal qilish, yerga bahorda kunlar isib, tuz to’planish jarayoni boshlanmasdan oldin ishlov berish (boronolash, chizellash, tekislash, mineral va organik o’g’itlardan foydalanish), ekinlarni ekish muddatiga, ekish chuqurligi va me’yorlariga qat’iy amal qilish, ekinlarni unib chiqishi bilan qator oralariga ishlov berish, tuproq strukturasini yaxshilash, har bir sug’orishdan keyin qator oralarini o’z vaqtida va sifatli kultivasiya qilish kabilar kiradi. Sho’rlangan yerlarda yetishtirilayotgan ekinlarni sug’orish me’yori, sho’rlanmagan yerlardagi ekinlarning sug’orish me’yorlaridan, 20-25 % ko’p bo’lishi kerak. Chunki o’suv davrida havo haroratining yuqori bo’lishi va minerallashgan sizot suvlarining yer yuzasiga yaqin joylashishi natijasida ular jadal bug’lanadi va sug’orishlar orasidagi davrlarda tuzlar ko’p yig’ila boshlaydi. Shu yig’ilgan tuzlarni chuqur yuvish uchun ortiqcha suv sarflanadi. Bundan tashqari tuproq eritmasi konsentrasiyasi past holatda bo’lishi uchun ham suv zarurdir.
XULOSA:
Yerlar tabiiy sharoitlariga qarab mintaqa va mintaqachalarga bo’linadi. Meliorativ mintaqalar esa o’z navbatida tuproqning tuzilishi va xossalariga, sho’rlanish darajasiga sizot suvlarining joylashish chuqurligiga qarab kichik meliorativ mintaqachalarga, ya’ni gidromodul massivlarga bo’linadi. Yerlarni gidromodul jihatdan massivlashtirishning ahamiyati shundaki, har bir gidromodul massivida yetishtiriladigan ekinlardan mo’l hosil olish uchun zarur bo’lgan sug’orish rejimi belgilanadi. Yer sho’rlanishi va botqoqlanishining oldini olish va qarshi kurashda quyidagi meliorativ tadbirlarni suv-xo’jalik, yerlarni tekislash, o’rmon-ihota daraxtlarini ekish, g’o’za-beda almashlab ekishni tashkil etish, agrotexnikaviy tadbirlarni o’z vaqtida sifatli qilib amalga oshirish lozimdir.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin