«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə81/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Nazorat uchun savollar:
1.Tuzlar o’simliklar organlariga qanday zararli ta’sir ko’rsatadi? 2.Tuz ta’siriga chidamsiz, o’rtacha chidamli va chidamli ekinlar turlarini ko’rsating?
3.Nima uchun tuproqda namlik kamayganda o’simliklar tuzlardan ko’proq zararlanadi?
4.Tuzlar paxta tolasi sifatiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
5.Ekinlarni tuz ta’siriga chidamliligiga ta’sir etuvchi omillarni ta’riflang?
6.O’simliklarni tuz ta’siriga chidamliligini oshirish yo’llari qanday?


25-Modul: Sizot suvlar rejimi, balansi va ularning kritik chuqurliklari.


Reja:
1.Tuproq suvlari, sizot, yer osti va artezan suvlar
2.Sizot suvlar rejimi va unga ta’sir etuvchi sharoitlar
3.Sizot suvlar maqbul chuqurliklari va ularni belgilovchi omillar
4. Sizot suvlar balansi.
5. Tuproqning tuz balansi.
Tayanch tushunchalar:sizot suvlar rejimi, tuproqning suv-tuz rejimi, meliorativ rejimi, sizot suvlarining maqbul chuqurligi, sizot suvlar muvozanati, tuproqning tuz muvozanati.
Adabiyotlar: 1, 2, 3,8, 9, 10, 11, 15, 16, 17


1. Yer shari qobig’idagi suvlar geologik sharoitga ko’ra asosan 3 tipga bo’linadi.
1) tuproq suvlari, 2) sizot suvlari, 3) yer osti suvlari
Tuproq qatlamida muallaq holdagi suvlar mavjud bo’lib, ular tuproq suvlarini tashkil etadi. Birinchi suv to’sar qatlamning ustida to’plangan suvlarga sizot suvlar deyiladi. Sharoitga qarab sizot suvlar bosimli va bosimsiz; sho’r, chuchuk, harakatsiz va turli darajada harakatli bo’lishi mumkin. Yer osti suvlari esa suv to’sar qatlamning ostida joylashgan bo’ladi. Bunday suvlar ko’pincha bosimli holatda bo’ladi. Bu suvlar, odatda, chuchuk va sifati yaxshi bo’lganidan suv ta’minotida va sug’orishda foydalaniladi. Tabiiy va irrigasiya-xo’jalik sharoitlariga qarab sizot suvining joylashish chuqurligi va harakati, shuningdek, uning rejimi har xil bo’ladi.
Sizot suv rejimi deb sutka, oy, fasl, bir yoki bir necha yil mobaynida shu suv sathining, minerallashish darajasining, tarkibidagi tuzlarning o’zgarib turishiga aytiladi. Shunday qilib, sizot suvlarining sutkalik, mavsumiy, shuningdek, yillik va ko’p yillik rejimlari mavjuddir. Sug’oriladigan yerlardagi sizot suvlar rejimi quyidagi omillar ta’sirida vujudga keladi:
a) Iqlimiy sharoitlar ta’sirida, ya’ni atmosfera yog’inlari, tuproq va havoning harorati, shamol esishi, bug’lanish, havoning namligi va boshqalar.
b) Gidrologik sharoitlar ta’sirida, ya’ni daryo va boshqa suv manbalarining suv to’plash sharoiti, yer usti suvlarining gruntga singib kiradigan miqdori va boshqalar.
v) Geologik sharoitlar ta’sirida, ya’ni joyning geologik tuzilish xarakteri, jinslarning litologik xususiyatlari (ularning g’ovakligi, suv o’tkazuvchanligi, qatlamliligi) va boshqalar.
g) Geomorfologik sharoitlar ta’sirida, ya’ni hududning loylashish balandligi, sirt shakli, relyef xarakteri.
d) Biologik sharoitlar ta’sirida, ya’ni daraxt va o’t-
o’lanlarning holati hamda xarakteri, o’simliklarning traspirasion faoliyati, tuproq va havoning harorati, havo namligi va xarakteri.
e) Irrigasiya-xo’jalik sharoitlar ta’sirida ,ya’ni kanallardan suvniig filtrasion isrof bo’lishi, uning yerdan foydalanish koeffisiyentiga ta’siri, turli yerlar nisbati, kollektor-zovur tarmoqlarining sizot suvlarini chikdb ketishiga ta’siri.
j) Agrotexnikaviy sharoitlar ta’sirida, ya’ni qishloq xo’jalik ekinlarining sug’orish rejimi va me’yoriga ta’siri, sug’orish texnikasi va boshqalar.
O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida sizot suv sathi ko’pincha, bahorda 1-1,5 m, kuzda 1,75-2,5 m chuqurlikda joylashadi. Sizot suvlar sathi qish faslidan boshlab to bahorgacha ko’tarila boradi, chunki bu vaqtda o’simliklar suvni o’zlashtirmaydi, yog’ingarchilik ko’proq bo’ladi hamda yaxob beriladi. Yil davomida yer yuziga eng yaqin joylashgan sizot suv sathiga maksimal ko’tarilgan sath deyiladi. Sizot suvining maksimal va minimal sathlari orasidagi farqi sizot suv sathining o’zgarib turish amplitudasi deyiladi. Sug’oriladigan mintaqalarda zovurlar kam qazilgan yerlarda yillik amplituda 0,7-1,5 m ga yetadi. Sizot suvlar sathining ko’tarilishi yog’ingarchilik miqdoriga, tuproqning filtrasiya koeffisiyentiga ham bog’liq.
O’zPITI olimlari tomonidan uzoq muddat maboynida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida Respublikamiz sug’oriladigan yerlarining tabiiy va irrigasiya –xo’jalik sharoitlariga qarab sizot suvlarining maqbul sathi belgilandi ( 16-jadval) .
Sharoitga qarab infiltrasiya koeffisiyenti ham katta bo’lishi mumkin. Filtrasiya 3 bosqichdan iboratdir:1) Filtrasiya oqimi sizot suviga yetib bormagan bosqichi; 2) Filtrasiya suvlari sizot suviga qo’shilib sizot suv oqimini kuchaytirgan bosqichi; 3) Sizot suv sathi ko’tarilib, kanal tubidan ham yuqoriga ko’tarilgan bosqichi.
Bunda filtrasiya suvi kanalda dimlangan bo’ladi, natijada sizot suv sathi ko’tarila boradi.Sizot suvi odatda bahorga kelib minerallashadi, chunki bu vaqtda u ko’tarilayotib, yo’lida uchragan tuzlarni eritib chiqadi. Kurg’oqchil mintaqalarda, odatda, tuproqning pastki qatlamlariga qaraganda ustki qatlamlari ko’proq sho’rlanadi. Lekin zovur qazilgan yerlarni sug’organ va yuvgan vaqtda sizot suvining ustki qatlami chuchuklashib qoladi. Sizot suvi ko’p yillik rejimining tiplari uning sho’rlanishini va sathining o’zgarib turishini kuzatib borish asosida aniqlanadi. A.G.Vladimirov shularni hisobga olib sizot suv ko’p yillik rejimini uch tipga ajratadi:

16 -jadval


O’zbekiston Respublikasining sug’oriladigan yerlarida sizot suvlarining maqbul sathi, m.

Sizot suvigacha bo’lgan qatlamning
mexanik tarkibi

O’suv davrida
(IV-IX
oylarida
o’rtacha)

Ekin o’smaydigan davrda (X-III oy-
Larida o’rtacha

1. Mexanik tarkibi bir hil bo’lgan
qumoq yoki chuqurlashgan sari yengil
lashadigan les va lessimon qumoq tuproqlarda
2. Mexanik tarkibi bir hil soz yoki chuqurlashgan sari og’irlashadigan sog’ tuproqlarda
3. Har hil qatlamli soz va qumoq tuproqlarda
4. Qum, qumoq va unumdorligi o’rtacha bo’lgan shag’al tuproqlarda



2,4

1,5
1,7


1,0


3,1

2,0
2,3


1,2


Sharoitga qarab infiltrasiya koeffisiyenti ham katta bo’lishi mumkin. Filtrasiya 3 bosqichdan iboratdir:1) Filtrasiya oqimi sizot suviga yetib bormagan bosqichi; 2) Filtrasiya suvlari sizot suviga qo’shilib sizot suv oqimini kuchaytirgan bosqichi; 3) Sizot suv sathi ko’tarilib, kanal tubidan ham yuqoriga ko’tarilgan bosqichi.
Bunda filtrasiya suvi kanalda dimlangan bo’ladi, natijada sizot suv sathi ko’tarila boradi.Sizot suvi odatda bahorga kelib minerallashadi, chunki bu vaqtda u ko’tarilayotib, yo’lida uchragan tuzlarni eritib chiqadi. Kurg’oqchil mintaqalarda, odatda, tuproqning pastki qatlamlariga qaraganda ustki qatlamlari ko’proq sho’rlanadi. Lekin zovur qazilgan yerlarni sug’organ va yuvgan vaqtda sizot suvining ustki qatlami chuchuklashib qoladi. Sizot suvi ko’p yillik rejimining tiplari uning sho’rlanishini va sathining o’zgarib turishini kuzatib borish asosida aniqlanadi. A.G.Vladimirov shularni hisobga olib sizot suv ko’p yillik rejimini uch tipga ajratadi:
1)Turg’un-qulay rejim: bunda sizot suvi oqish sharoiti yaxshi,
minerallashishi kam, sathi tuproqni sho’rlanishga olib keluvchi mu’tadil chuqurlikdan pastda bo’ladi. Tog’ oldi xuddudlaridagi sug’oriladigan yerlarda shunday rejim uchraydi.
2) Beqaror rejim: bunda minerallashgan sizot suv sathining o’zgarishi ko’proq sug’orish sharoiti bilan aniqlanadi. Sharoitga qarab mazkur rejim sug’orish deqqonchiligi uchun qulay va noqulay bo’lishi mumkin. Qulay sharoitda sizot suvining sathi mu’tadil chuqurlikdan yuqoriga ko’tarilmaydi, ikkinchi holda esa filtrasiya suvlarining ta’sirida u mu’tadil chuqurlikdan balandga ko’tarilishi va tuproq ning ildiz tarqalgan qatlamini sho’rlantirib yuborishi mumkin. Keyinchalik filtrasion suv sarfi keskin kamaygach, sizot suv sathi mu’tadil chuqurlikdan pastga tushib ketib rejimi beqaror, lekin qulay bo’lib qoladi.
3) Turg’un-noqulay rejim: bu rejim gidrogeologik sharoitga qarab: botqoqlanish rejimi va sho’rlanish rejimiga bo’linadi. Botqoqlanish rejimi quyi terrasalarda hamda sizot suvlarning sirtga tepish zanasida uchraydi. Sizot suv sathi yer ustidan 1 m chuqurlikda o’zgarib turadi. Sho’rlanish rejimi hududning iqlimi issiq va quruq, yeri kam nishabli, grunti suvni kam singdiruvchan, sizot suvlari sust oqib chiqib ketadigan pastlik qdsmlarida uchraydi. Sug’orish davrida sizot suv sathi ko’tariladi, ular bug’langanidan keyin tuproq sho’rlana boshlaydi. Uning sath o’zgarishi maqbul chuqurlikdan balandda turadi. Sizot suvlar sathi yer yuziga yakin bo’lsa, tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligiga kuchli ta’sir qiladi. Chuchuk sizot suvlar sathi 1-1,2 m chuqurlikda bo’lsa, tuproq aerasiyasi yetarli darajada ta’minlangan bo’ladi hamda o’simliklar sizot suvidan foydalanadi. Sizot suvlar sathi 1 m dan yuqorida joylashgan bo’lsa, tuproq botqoqlana boshlaydi. Bordiyu sizot suvi minerallashgan bo’lsa va sathi 1,5-2,0 m gacha va undan yuqori ko’garilsa, tuproq sho’rlana boshlaydi. Bunda ekinlar siyraklashadi, o’simlik kuriydi, hosil kamayadi. 2. Sizot suvlarining maqbul chuqurligini o’zgarib turishi tuproq holatiga kuchli ta’sir etadi. Agar sizot suv sathi asta-sekin yuqoriga ko’tarilsa, tuproqda birmuncha o’zgarishlar yuz beradi, u gidromorf holatga o’ta boshlaydi. Aksincha, sizot suvlar sathi avval yuqorida bo’lib, keyinchalik pasayib ketsa, hududning tuproqlari gidromorf holatdan avtomorfga o’ta boshlaydi. Sizot suvlarining tarkibi minerallashgan bo’lsa va ular sathining ko’tarilishi natijasida hudud tuproqlarining sho’rlanishi sodir bo’ladi. Tuproq holatini doimo bir xilda saqlash uchun sizot suv muvozanatini saqlashga e’tibor berish lozim. Bir mavsumda tuproq qa kirim bo’lgan va sarflangan suv mikdorlarini aniqlash va shunga asosan agrotexnikaviy tadbirlar majmuasini qo’llash lozim. Sizot suvlar sathini maqbul sathdan yuqoriga ko’tarilishiga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Sug’oriladigan hududlar uchun sizot suv sathi maqbul chuqurligi ko’rsatgichlarining amaliy ahamiyati kattadir, chunki minerallashgan sizot suv sathining maqbul chuqurlikkacha yoki undan baland ko’tarilishi tuproqning sho’rlanishiga olib keluvchi asosiy sabablardan hisoblanadi. Maqbul chuqurlik - sizot suv sathining kapillyar naychalar orqali ko’tarilib, o’simlikning ildiz tarqalgan qismiga yetadigan va tuproqni sho’rlana boshlaydigan chuqurligidir. Ma’lum darajada sho’rlangan tuproqlar uchun maqbul chuqurlik sho’rlanish va sho’rsizlanish jarayoni nolga teng bo’lgan vaqtdagi sath chuqurligidir. Demak, sizot suv sathi maqbul chuqurlikdan balandroq tursa tuproq sho’rlana boshlar ekan. Agar bu sath maqbul chuqurlikdan pastroqda joylashgan bo’lsa, tuproqdagi tuz kamaya boradi va tuproq sho’rsizlana boshlaydi. Maqbul chuqurlikning chegarasi tuproqning kapillyarlik xossasiga, uning suv ko’tarish qobiliyatiga juda bog’liq. Tuproq ding mexanik tarkibi qancha og’ir bo’lsa, suvning kapillyar ko’tarilish (balandligi shuncha katta, tezligi esa shuncha kichik bo’ladi va aksincha, ya’ni mexanik tarkibi qancha yengil va tuproq zarralari yirik bo’lsa, ko’tarilish tezligi ham shuncha katta, Lekin ko’tarilish balandligi shuncha kam bo’ladi. Tuproqning suv ko’tarish qobiliyati qancha kuchli bo’lsa sizot suv sathining mo’tadil chuqurligi ham shuncha katta bo’ladi. Maqbul chuqurlikning ko’rsatkichlari sizot suvining minerallashish darajasiga ham, shuningdek boshqa omillarga ham bog’liq. Sizot suvi qancha ko’p minerallashgan, iqlim qancha quruq va issiq bo’lsa, agromeliorativ sharoit ham shuncha yomon bo’ladi. Tuproqning sho’rlanishiga yo’l ko’ymaslik uchun sizot suv sathini chuqurroqda tutishga to’g’ri keladi.
3. Sizot suv rejimini tubdan yaxshilash tadbirlarini ishlab chikishda sizot suv balansining kirim va chiqim sarflari nisbatini tahlil qilish juda muhim. Ma’lum davr ichida (dekada, oy, fasl, yil va bir necha yil) sizot suv muvozanati ayrim uchastkalar, yer massivlari, rayon yoki vohalar uchun hisoblangan bo’lishi mumkin. Muvozanatning natijasi ma’lum davr ichida tuproqning hisobiy qatlamiga kirib kelgan yoki chiqib ketgan sizot suvining miqdorini ko’rsatadi. Sizot suv muvozanati umumiy ko’rinishda quyidagicha ifodalanadi: Muvozanatning kirim qismi quyidagi ifoda bo’yicha hisoblab topiladi:
d =
Muvozanatining chiqim qismi esa quyidagi ifoda bo’yicha hisoblab topiladi:

bu yerda: R - atmosfera yog’inlarining tuproqqa singigan miqdori, m3/ga
M - mavsumiy sug’orish me’yori, m3/ga
F - kanallardan filtrasion yo’qolgan suv mikdori, m3/ga
 - sizot suvlarining oqib kelishi, m3/ga
Ye1 - tuproq yuzasidan bug’langan suv, m3/ga
Ye2 - o’simliklar tamonidan transpirasiyalangansuv miqdori, m3/ga
D - zovur tarmoqlari orqali chiqib ketgan suv miqdori, m /ga
Ot- sizot suvlari bilan ko’shilib okdb chiqib ketgan suv, m3/ga
Mavozanat yakuni (dW) musbat (+), manfiy (-) yoki nol bo’lishi mumkin. Muvozanat yakunining musbat bo’lishi tuproq qatlamida sizot suv zahirasining ko’payib, sathining ko’tarilib borishini bildiradi; manfiy bo’lishi esa sizot suv zahirasining kamayib, sathining pasayib ketishini bildiradi.
Ma’lum sharoitlarda sizot suv balansi nolga teng (dW= 0) bo’lishi ham mumkin. Bu holda sizot suvining umumiy kirimi umumiy sarfiga tenglashadi. Bu esa tuproq-grunt qatlamida sizot suvining boshlang’ich va oxirgi zahiralarining teng ekanligini bildiradi.
Sug’oriladigan maydonlarning tuz balansi V.A. Kovda taklif qilgan formula bo’yicha aniqlanadi:
S=S1-S2
Bunda: S- tuzlarning muvozanat davrida ko’payishi yoki kamayishi, t/ga;

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin