Nazorat uchun savollar:
1. Tuproq sho’rlanishida sizot suvlarining ta’siri qanday bo’ladi ? 2. Shamol ta’sirida ham tuproqda tuz to’planishi mumkinmi ? 3. Irrigasiya ishlarining tuproqni meliorativ holatiga ta’siri qanday bo’ladi ?
23-Modul: Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar
Reja:
1.Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli tuproqlarning tarqalishi
2.Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli tuproqlarning xossalari.
3.Sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli tuproqlarning meliorativ holati
Tayanch tushunchalar:tog’ jinslari, minerallarning parchalanuvi, qadimiy dengiz tuz yotqiziklari, sho’rhok va sho’rhoksimon, sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar, tuzlar antogonizmi.
Adabiyotlar: 1, 2, 3,8, 9, 10, 11
1.Tuproq tarkibida bu tuzlarning umumiy miqdori 0,3% (tuproqning quruq og’irligiga nisbatan %)dan ko’p bo’lsa sho’rlangan tuproqlar va aksincha 0,3 %dan kam bo’lsa sho’rlanmagan tuproqlar deyiladi.
Sho’r tuproqlar tarkibidagi tuzlar asosan HCO3, CO3, CL, SO4 anionlardan va Ca, Mg, Na, K kationlardan tashkil topadi. Ular bir-biri bilan birikib quyidagi tuzlarni hosil qiladi.
Sho’rlangan tuproqlar ikkita katta guruhga bo’linadi: Sho’rhoksimon va sho’rhok
Sho’rtob va sho’rtobli
10-jadval
Sho’r tuproqlarda uchraydigan tuzlar
NaCI
Osh tuzi
|
Na2SO4
Natriy
Sulfat
|
NaCO3
Kir soda
|
NaHCO3
Natriy bikorbonat
|
MgCI
Magniy
Xlorid
|
Mg SO4
Magniy
sulfat
|
Mg CO3
Magniy
korbonat
|
Mg( HCO3 )
Magniy
bikorbonat
|
CaCI
Kalsiy
xlorid
|
CaSO4
Kalsiy
Sulfat
|
CaCO3
Kalsiy
korbonat
|
Ca(HCO3 )
Kalsiy
bikorbonat
|
2. Yer usti 0-30 sm tuproq qatlamida 0,6-2,0 % gacha tuzlari bo’lgan tuproqlar sho’rhokli tuproqlar; 2 % va undan ortiq bo’lsa sho’rhok tuproqlar deyiladi. Tuproqning ostki 30-100 sm qatlamida 0,3-0,6 % tuz mavjud bo’lgan tuproqlar sho’rhoksimon tuproqlar deyiladi.
Sho’rhoksimon va sho’rhok tuproqlar yer sharining qurg’oqchil mintaqalarida keng tarqalgan. Sho’rlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, sho’rlanish darajasi vasho’rlanish tiplari bo’yicha tasniflarga bo’linadi. Sho’rhok tuproqlar kimyoviy tarkibi va morfologik belgilariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: xo’l sho’rhoklar. Sho’rlangan tuproqlar tuzli qatlamning joylashish chuqurligiga va undagi tuzlarning miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi;
Sho’rlanmagan - tuzli qatlam 150-200 sm chuqurlikda bo’lib, tuz miqdori 0,3 % dan oshmaydi.
Kuchsiz sho’rhoksimon - tuzli qatlam 80-120 sm chuqurlikda bo’lib, tuzlar 0,3-0,6 % bo’ladi. Sho’rhoksimon - tuzli qatlam 30-80 sm da bo’lib, tuz miqdori 0,6-1,0% bo’ladi. Sho’rhokli - tuzli qatlam 0-30 sm da bo’lib, tarkibida tuz miqdori 0,6-2,0 % bo’ladi. Sho’rhok - tuzli qatlam yer yuzasidan boshlanib, tarkibida 2 % va undan ortiq miqdorda tuzlar mavjud bo’ladi.
Yerlarni melorasiya qilishda sho’r tuproqlarni sho’rlanish darajalari va sho’rlanish tiplarini o’rganish muhim amaliy ahamiyatga ega. Sho’rlangan tuproqlar tarkibidagi tuzlarni anion va kationlarining o’zaro nisbatlari bo’yicha sho’rlanish tiplariga bo’linadi. Sho’rhok va sho’rhoksimon tuproqlar tarkibida ko’prok natriy xlor va natriy sulfat tuzlari bo’ladi. Bunda tuproq singdiruvchi kompleksi (TSK) tarkibida juda oz miqdorda natriy bo’ladi. Sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar deb turoq singdiruvchi kompleksida ko’p miqdorda natriy bo’lgan tuproq darga aytiladi. Tuproqdagi singigan barcha kationlar yigindisiga (kalsiy, magniy, natriy, kaliy, vodorod, ammiak) singdirish sig’imi deyiladi va 100 g tuproqdagi milliekvivalentlarda ifodalanadi.
O’zbekiston sharoitida sho’rtob va sho’rtobli tuproqlar juda kam uchraydi. Lekin ular kuchli minerallashgan sizot suvlari mavjud yerlarda uchrab turadi. I.P.Antipov-Karatayev ushbu tuproqlarni quyidagi tasnifga bo’lgan: 1) sho’rtobsiz - 5 % dan kam (tuproqdagi singigan natriyning singigan kationlar milligramm-ekvivalent yig’indisiga nisbatan % hisobidagi miqdori), 2)oz sho’rtobli — 5-10 %, 3) sho’rtob - 20 % dan ortiq. Sho’rtobli tuproqlarning tarkibida 5-20 % singdirish sig’imiga nisbatan natriy bo’lganda ularning fizik-kimyoviy xossalari yomonlashadi. Sho’rtob tuproqlarning fizik-kimyoviy xossalari mutloq yomon bo’lib, bunda hyech qanday ekin o’smaydi.
3. Tuzlarning o’simliklarga zararli ta’siri ma’lum darajada ularning suvda eruvchanligiga ham bog’lik. Zararsiz va kam zararli tuzlar suvda (CaS04, CaC03, MgC03,) ion eriydigan tuzlardir. Bu tuzlardan CaS04 va MgC03 qiyin eriydi, CaC03 esa deyarli erimaydi. Qolgan tuzlar yaxshi eriydi va tuproqda hatto oz miqdorda bo’lganida ham o’simliklarga zararli ta’sir ko’rsatadi. Shuni nazarda tutish kerakki, tabiiy eritmalarda guzlarning eruvchanligi ko’pgina sabablarga bog’lik bo’ladi. Masalan, CaCO3suvda deyarli erimaydi, Lekin Cl yoki CO2 ionlari ishtirokida uning eruvchanligi zo’rayib ketadi. Tuproq eritmasida NaSI bo’lganida CaS04 ning eruvchanligi ancha ortadi, MgC03 bo’lganida esa kamayadi. Tuz aralashmalari o’simliklarga uncha zararli ta’sir ko’rsatmaydi, hatto ancha yuqori konsentrasiyada bo’lganida ham alohida olingan zararli tuzlarnikiga qaraganda kam bo’ladi. Bunday hodisaga tuzlar antagonizmi deb ataladi. Masalan NaC1 yoki MgC03 tuzlari alohida olinganida ancha zararli. Lekin NaC1 yoki MgC03 eritmasida ma’lum miqdorda CaSl bo’lsa, tuz aralashmaslning zararlilik ta’siri kamayadi. Antagonizm asosan tuz kationlarida namoyon bo’ladi. Eng kuchli antagonistlar natriy va kalsiy kationlaridir. Tuproqlar sho’rlanish darajasiga ko’ra: sho’rlanmagan, kuchsiz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan, kuchli sho’rlangan va sho’rhoklarga bo’linadi.
Tuproqlarni sho’rlanish darajasiga qarab, guruhlarga ajratishda ularning tarkibidagi suvda oson eriydigan tuzlarning umumiy miqdoriga va xlor ionining miqdoriga e’tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: |