Ekinlarning turlari bo’yicha tuz tasiriga chidamliligi
Chidamsiz ekinlar
|
O’rtacha chidamli ekinlar
|
Chidamli ekinlar
|
Loviya, no’xat,
mosh, kunjut
Beda, sebarga
Rediska, ko’k no’xat,
kartoshka
Nok, olma, olxo’ri,
gilos,
shaftoli, limon, bodom,
yer tut
|
Dala ekinlari bug’doy, javdar,
suli, arpa, sholi, makkajo’xori, zig’ir,kungaboqar, g’o’za
Yem-xashak ekinlari qashqarbeda,
Sudan o’ti, raygras, betaga,
oq suxtaSabzavot ekinlari pomidor,
gulkaram, boshkaram, batat,
qalampir, sabzi, sholg’om, baqlajon
piyoz, qovun, tarvuz, bodring
Bog’ ekinlari anor, anjir, uzum, o’rik
|
Xashaki lavlagi,
qand lavlagi,
jo’xori (sorgo),
raps, perko, baland bo’yli perko
Osh lavlagi, shpinat,
bargli karam
Xurmo, jiyda
|
3. Har bir meliorativ mintaqa uchun sho’rlanish darajasining alohida-alohida shkalalari mavjud. Masalan, Mirzacho’lning xloridli sho’rlangan tuproqlarida g’o’zani ekishdan oldin yo’l ko’yilishi mumkin bo’lgan tuzlar mikdori 0,3-0,4 % yoki xlor bo’yicha 0,01-0,02 % bo’lsa; Farg’ona vodiysining sulfatli sho’rlangan tuproqlarida bu ko’rsatgichlar tegishli ravishda 0,6-0,8 % va xlor bo’yicha 0,03-0,04% ni tashkil etadi. Qoraqalpog’iston Muxtor Respublikasi va Xorazm viloyatining sho’rlangan tuproqlarida bu ko’rsatgichlar yanada yuqoriroq bo’lishi mumkin, chunki bu tuproqlarning singdiruvchi kompleksida kalsiy kationi ko’prok uchraydi, kalsiyli tuzlar o’simliklar uchun zararsiz hisoblanadi. K.Gedroys fikriga ko’ra sho’rxok tuproqlarda anionlar emas, balki kationlar o’simliklarga ko’proq zarar keltiradi. U kationlarning zararlilik ta’sirini S1- Na+ Mg K tartibida kamayishini ko’rsashi. Sho’rhoksimon tuproqlarda esa tuzlarning anionlari o’simliklarga ko’rsatadigan zararli ta’siri, ko’pincha kationlar ta’siri kuchliroq bo’ladi. Anionlar orasida xlor-ion (SI) o’simliklarga ko’proq zaharlidir.
15-jadval
Tuproq tarkibida tuzlarning qolishiga yo’l qo’yiladigan miqdorlari.
Vohalar
|
Qattiq qoldiq,%
|
Xlor-ion,%
|
Urug’lar unib chiqishi va dastlabki o’suv fazasi
|
Mirzacho’l
Farg’ona
Xorazm
|
0.25-0.30
0.50-0.80
0.30-0.40
|
0.008-0.01
0.008-0.01
0.015-0.02
|
O’suv davrining keyingi fazalari
|
Mirzacho’l
Farg’ona
Xorazm
|
0.30-0.40
0.75-1.20
0.50-0.60
|
0.01-0.02
0.01-0.02
0.03-0.04
|
Ekinlarni tuz ta’sirida chidamliligi tuproqdagi tuzlarning turi va miqdoriga bog’liqdir. Tuzlar orasida o’simliklar uchun zararli tuz kir sodasi (Na2SO3)dir. Uning suvdagi eritmasi o’yuvchi natriy (NaON) hosil qiladi va uning gidroksil ioni o’simlikka zararli ta’sir etadi.
Na2SO3+N2O↔NaON+NaNSO3 Tuproqda kir soda 0.005% dan ko’proq bo’lganidayoq o’simliklar o’sishidan tuxtaydi; 0.01% dan ko’p bo’lganda o’simliklar nobud bo’ladi. Ammo, sho’rlangan, sug’oriladigan tuproqlarda kir soda ancha kam uchraydi.O’simliklar uchun NaS1 xam juda zararlidir. Sulfatli tuzlar, (Na2SO4 va MgS04)ning zarari xlorid tuzlariga qaraganda biroz kamdir. MgS03 va Mg(NS03)2 tuproqda ko’p bo’lganidagina o’simliklarga zararli ta’sir ko’rsatadi. Ammo kalsiy bikarbonat Sa(NSO3)2 tuzining zarari juda kamdir. Gips (Sa SO4) va ohak (SaSO3) tuproqda ko’payib ketganda xam zararli ta’sir ko’rsatmaydi.V.A.Kovda o’simliklar uchun tuzlarning zararlilik darajasini kamayishi bo’yicha quyidagicha qatorga joylashtirgan:
Na 2S03; NaNSOz; NaS1; NaNO3; Sa S12; Na2 SO4; MgS12; Mg SO4
Sho’rlangan tuproqlarda natriyli tuzlar ko’prok uchraydi. L.Rozov natriyli tuzlarning nisbiy zararligini quyidagi son nisbatlari bilan ifodalagan. Na 2S03: NaNSOz:NaS1: Na2 SO4=10:3:3:1 Tuzlarning o’simliklarga zararli ta’siri ma’lum darajada ularning suvda eruvchanligiga ham bog’liq. Zararsiz va kam zararli tuzlar (SaS04,SaS03, MgS03) suvda juda qiyin eriydi, qolgan boshqa tuzlar suvda yaxshi eriydi va o’simliklarga zararli ta’sir etadi
4. O’simliklarni o’sish sharoitlarini o’zgartirish yo’li bilan ularni tuz ta’siriga chidamliligini oshirish mumkin.
1) Ekish oldidan urug’larni tuz eritmasida ivitish yoki ishlov berish (NaS1 eritmasida).
2)Minerallashgansuvbilanurug’largaishlovberish(3,0-4,0 g/l).
3) Superfosfat o’g’iti eritmasida urug’larni ivitish.
4)Sho’rlangan yerlarda ekinlar urug’ini ekish me’yorini 25-30 % ga oshirish. 5) Sho’rlangan yerlarda ekinlar sug’orish me’yorini 30 % gacha oshirish. 6) Yuqori sinfli saralagan urug’larni ekish.
7)Tuzga chidamli navlarni tanlab ekish.
XULOSA:
Tuzlar o’simliklarning bioximik, fiziologik funksiyalarini va suv, oziqa rejimlarini, nafas olish, fotosintez jarayonlarini buzadi.Tuz ta’sirida o’simliklarda fotosintez sekinlashadi va natijada quruq modda kam to’planadi.Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligio’simliklarning yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, tuproq namligiga, tuproq unumdorligiga, iqlimiy sharoitlarga, ekin turiga bog’liq bo’ladi. Ekinlar tuz ta’siriga chidamliligi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi: chidamsiz, o’rtacha chidamli va chidamli. O’simliklarni o’sish sharoitlarini o’zgartirish yo’li bilan ularni tuz ta’siriga chidamliligini oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |