Sho’rlangan tuproqlarni meliorasiya va agronomik (zovurlashtirish va sho’r yuvish) nuqtai nazaridan baholash uchun ular sho’rlanish tiplari va sho’rlanish darajalari bo’yicha klassifikasiyalanadi. Tuproqning sho’rlanish tipini aniqlashda suvli eritmada anion va kationlarning milliekvivalentdagi miqdori hamda ularning o’zaro nisbati , shuningdek, gips mavjudligi hisobga olinadi.
O’rta Osiyo va shu jumladan O’zbekistonning sug’oriladigan yerlaridagisho’rlanish tiplari anionlar bo’yicha CL va SO4 ionlarining kationlar bo’yicha esa, Na va Mg larning nisbati bilan aniqlanadi.
12 –jadval
Tuproqning sho’rlanish tipi (N.I.Bazilevich, Ye.I.Pankov bo’yicha )
Anionlar bo’yicha sho’rlanish tipii
Anionlar bo’yicha sho’rlanish tipi
CL SO4
Na Mg
≥2,5
Xloridli
>2
Natriyli
2,5-1,0
Sulfat-xloridli
2-1
Magniy-natriyli
1,0-0,3
Xlorid-sulfatli
1-0,5
Natriy-magniyli
≤0,3
Sulfatli
≤0,5
Magniyli
O’zbekiston respublikasining sug’oriladigan yerlarining 60-70% turli darajada sho’rlangan. Tuproqning sho’rlanish darajalarini aniqlashning amaliy ahamiyati shundaki, ular sho’r yuvish meyorini belgilashda , ekinlarni tarkibi va ularni joylashtirishda, kollektor-zovur tarmoqlarini ish faoliyatini baholashda, sho’r yerlarning foydali koeffisiyentini aniqlashda juda katta ahamiyatga ega. Tuproqning sho’rlanish darajalarini aniqlash uchun hozirgacha suvli so’rim analizidan foydalaniladi.
XULOSA: O’zbekistonning sug’oriladigan mintaqalarda yerlar asosan sho’rlanish va botqoqlanish tufayli noqulay holatga keladi. Tuzning kelib chiqishi asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi: tog’ jinslari va minerallarning yemirilishi, vulqon otilishi, yer yuzasiga yaqin joylashgan gumbaz, tosh tuzlar (tosh konlari), yerning tub qatlamlaridan chiqayotgan sho’r buloqlar, biokimyoviy omillar tasirida tuzning paydo bo’lishi kabilardir. Sizot suvlar minerallashgan mintaqalarda, ular sathining ko’tarilib ketishi natijasida ham tuproqlar sho’rlanadi. O’zbekiston sharoitida eng kuchli xavf solib turgan holat - bu minerallashgan sizot suvlari sathining yuqoriga ko’tarilishidir. Sug’orish natijasidagi sho’rlanish, avvalgi tuproq suv rejimining buzilishi oqibatida sodir bo’ladi. Bunda yer tuproq-gruntning juda chuqur qatlamlaridagi tuz zahiralarini sizot suvlarida erishi hisobiga sho’rlanadi. Respublikamizda sug’oriladigan yerlarning 60-70% turli darajada sho’rlangan bo’lib, ularning sho’rlanish darajalarini aniqlashning amaliy ahamiyati shundaki, ular sho’r yuvish meyorini belgilashda , ekinlarni tarkibi va ularni joylashtirishda, kollektor-zovur tarmoqlarini ish faoliyatini baholashda muhim ahamiyatga egadir.