Nazorat uchun savollar:
1. Tuproq sho’rlanishida sizot suvlarining ta’siri qanday bo’ladi ? 2. Shamol ta’sirida ham tuproqda tuz to’planishi mumkinmi ? 3. Irrigasiya ishlarining tuproqni meliorativ holatiga ta’siri qanday bo’ladi 4. Sho’rhok va sho’rhoksimon tuproqlarning bir-biridan farqi nimada ? 5. O’zbekistonda sho’rhok va sho’rhoksimon tuproqlar qaysi viloyatlarda keng tarqalgan? 6.Sho’rtob va sho’rtobli tuproqnarning suv-fizik xossalari meliorasiya jihatidan qanday ?
24-Modul: Тузлар ва уларнинг ўсимликларга таъсири. Ўсимликларни туз таъсирига чидамлилиги.
Reja:
Tuzlarni o’simliklarga ta’siri sabablari (tuproqlarni fizologik quruqligi, o’simliklarning mineral oziqlanishi buzilishi, o’simliklarning zaharlanishi)
Q/x ekinlarini tuz ta’siriga chidamliligi
Tuproqda tuzlarni yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqdori
Ekinlarni tuz ta’siriga chidamliligiga ta’sir etuvchi omillar va ularni oshirish yo’llari
Tayanch tushunchalar: tuzlarning o’simlikka ta’siri, ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi, tuzlarni tuproqda qolishga yo’l qo’yiladigan miqdorlari, tuzlarning zararli ta’sir etish sabablari, tuz ta’siriga chidamliligi
Adabiyotlar: 1, 2, 3,8, 9, 10
1.Tuzlarning o’simliklarga ta’siri turlicha bo’ladi. Tuzlar o’simliklarning bioximik, fiziologik funksiyalarini va suv, oziqa rejimlarini, nafas olish, fotosintez jarayonlarini buzadi. Tuz ta’sirida o’simliklarda fotosintez sekinlashadi va natijada quruq modda kam to’planadi. Shuning uchun ham sho’rlangan tuproqlarda o’stirilayotgan ekinlarni bo’yi past, bargi va shoxlari esa kichrayib qoladi.Usimliklarda fotosintez jarayonining sekinlashishi tuproqdan tuzlarning tarkibiga bog’liq. Sulfat-xlorid tuzlari bilan sho’rlangan tuproqlarda xlorid-sulfat bilan sho’rlangan tuproqlarga nisbatan kuruq modda kam to’planadi va o’simliklar rivojlanishdan ancha orqada qoladi. Tuzlar o’simliklarning ho’jayralariga ham ta’sir qiladi. Masalan, xlorli tuzlar bilan sho’rlangan yerlarda o’simliklarda galosukkulentlik alomati rivojlanadi, ya’ni o’simlik ho’jayrasi kattalashadi, barg tomirlari kamayadi, Lekin ular ancha yo’g’onlashadi, o’simliklarni suv so’rishi va ajratishi susayadi.Sulfatli tuzlar bilan sho’rlangan tuproqlarda o’simliklarda kseromorfizm alomatlari rivojlanadi, ya’ni o’simlik ho’jayralari kichiklashadi, barg tomirlari ko’payish, natijada transpirasiya intensivligi ortadi.Tuzlar o’simliklar suv rejimini ham buzadi. Tuproq sho’rlanganlik darajasining ortishi bilan uning suv sarflash qobiliyati kamayib ketadi. Masalan, o’suv davri dadomida kuchsiz sho’rlangan yerlarda bir tup g’o’za 156,1 litr suv sarflangan bo’lsa, kuchli sho’rlangan yerlardagi g’o’za 92,35 litr suv sarflagan.
Umumiy qonuniyat shuki, transpirasiya intensivligidan qatiy nazar, tuproqning sho’rlanganlik darajasi ortishi bilan o’simliklarning o’suv davridagi suv sarfi kamaya boradi ( 13-jadval).
Tuproq sho’rlanish darajasining ortishi bilan urug’larning namiqishi sekinlashadi, shu sababli bunday yerlarda urug’larni unib chiqishi qiyinlashadi. Ma’lumki, suv oziq moddalar bilan birga ildiz tukchalari orqali so’riladi, lekin o’simliklarning so’rishi kuchi tuproq eritmasining osmatik bosimidan katta bo’lganda so’riladi. O’simliklarning so’rish kuchi tuproq namligiga, o’simliklarning turiga, yoshiga va tuproq sho’rlanish darajasiga bog’liq bo’ladi.Masalan, sho’rlanmagan tuproqlarda sabzavot ekinlarning so’rish kuchi 2-5 atmosfera; g’o’zaniki 10-15 atm. Sho’r yerlarda g’o’zaniki 18-30 atm. bo’ladi. Agar tuproq eritmasining osmatik bosimi o’simlikning so’rish kuchidan katta bo’lsa tuproq da fiziologik kuruqlik hodisasi yuz beradi. Tuproq eritmasining osmatik bosimi tuproqda tuzlar mikdorining ko’payishi bilan oshib boradi va nati jada tuproq da yetarli miqdorda nam bo’lsa ham o’simlik undan foydalg na olmaydi.Tuzlar ta’sirida o’simlik hayotida mineral oziqlanish jarayoni buziladi, ya’ni o’simlik tanasida Sa, K, S kamayib, ular o’rnini S1- Na+ Mg-egallab oladi, natijada o’simlik zaharlanadi.
13 -jadval
Turli sho’rlanish darajalarida g’o’zaning o’sish davridagi suv sarfi
Tuproqning
sho’rlangan-
lik darajasi
|
Bir tup g’o’zaning suv sarfi,kg
|
O’suv davridagi
suv sarfi
|
Iyun
|
Iyul
|
Avgust
|
Sentyabr
|
Oktyabr
|
Bir tup g’o’za-ning suv sarfi,kg
|
Maydon-
dagi g’o’zaning
suv sarfi, m3/ga
|
Kuchsiz
|
1,20
|
11,8
|
57,46
|
62,94
|
22,32
|
156,10
|
6517
|
Kuchli
|
9,66
|
7,52
|
30,52
|
36,57
|
17,08
|
92,35
|
2695
|
Kuchli sho’rlangan yerlarda o’simlik organlarida S1 2-3 marta, Na 5-10 marta oshib ketdi. Natijada o’simliklarni o’sishi sekinlashib, bargi suliydi,bujrayib qoladi, rangi sarg’ayadi, tuz dog’lari paydo bo’ladi va to’kiladi. Tuzlarning zaharli ta’siri tufayli urug’lar to’liq unib chiqmaydi, sekin o’sadi, pishishi kechikadi.
2. O’simliklarning tuz ta’siriga chidamliligi deb, tuproq tarkibidagi tuzlarning va tuproq eritmasi konsentrasiyasining oshishiga bardosh berish xususiyatiga aytiladi. U quyidagilarga bog’liq bo’ladi.
1) Ekinlarni tuz ta’siriga chidamliligi o’simliklarning yoshiga qarab o’zgaradi. O’simliklar yosh davrida unga tuz kuchli ta’sir etadi, yoshi ulgayishi bilan ularning chidamliligi oshib boradi.
Demak o’simlik yosh bo’lganida tuproqda tuzning miqdori kam bo’lishi kerak. 2) Tuproqdagi tuzlar tarkibiga bog’lik. Tuproq tarkibida xlorli tuzlar ko’p bo’lganda ekinlar kurib qoladi; 0,3-0,4- % bo’lgandayoq zaharlana boshlaydi. Sulfatli sho’rlangan tuproqlarda esa ekinlar tuzlar mikdori, kuruq qoldiq bo’yicha, 0,6- 0,8 % bo’lganda ham zararlanmaydi.
3) Tuproq namligiga bog’lik. Tuproq qanchalik nam bo’lsa, tuproq eritmasining konsentrasiyasi shuncha suyuq bo’ladi va ekinlarga tuzlarni salbiy ta’siri kamayadi va aksincha bo’ladi. Tuproqda nam kamaysa konsentrasiyasi kuyuklashadi va tuzlarni salbiy ta’siri kuchayadi.
4) Tuproq unumdorliligiga bog’lik. Unumdor tuproq darda o’simliklarning tuzga chidamliligi oshadi, unumsiz tuproq darda kamayadi. Bunda organik o’g’itlar solish, almashlab ekishni joriy etish, mineral o’g’itlarni to’g’ri qo’llashning ahamiyati katta. Mineral o’g’itlarni me’yoridan ko’p berish tuproq eritmasi konsentrasiyasini oshirib yuboradi va o’simliklarning tuz ta’siriga chidamliligini kamaytiradi.
5) Iklimiy sharoitlarga bog’liq. Iqlim quruq, issiq, yog’ingarchilik kam bo’lganda o’simliklarni tuz ta’siriga chidamliligi kamayadi.
6) Ekin turiga bog’liq bo’ladi.
Ekinlar tuz ta’siriga chidamliligi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:
a) Chidamsiz (mosh,loviya, no’xat, bodring, kartoshka);
b) O’rtacha chidamli (g’o’za, tariq, bug’doy, arpa, qovun);
v) Chidamli (lavlagi, jo’xori, kungaboqar, pomidor, tarvuz, piyoz, karam, qovoq, mevalilardan nok va o’rik). 14 -jadval
Dostları ilə paylaş: |