2) yuvib oqizib yuborish,
4) ishqorsizlantirib (zovurli sharoitda) yuvish,
5) yer yuzasidan okizib yuvish,
6) tuzlarning tabiiy yuvilishi.
Suvdan tejamli foydalanib, ya’ni kam mikdorda suv sarflab, ko’prok tuzlarni yuvib tashlashga sho’r yuvish samaradorligi deyiladi. Sho’r yuvish samaradorligiga quyidagi sharoitlar ta’sir etadi:
1) joyning iqlim sharoiti,
2) tuproqning turi, mexanik tarkibi va uning suv-fizik xossalari,
tuproqning sho’rlanish darajasi va sho’rlanish tipi, sizot suvlarining joylashish chuqurligi va ularning minerallashganlik darajasi,yerlarning zovurlashtirilganlik darajasi, sho’r yuvish uchun o’tkaziladigan agrotadbirlar, sho’r yuvishni tashkil qilish. Sho’r yuvish samaradorligiga tuproq (mexanik tarkibi, suv- fizik xossasi, sho’rlanish darajasi, sho’rlanish tipi), gidrogeologik (sizot suvlarining chuqurligi va oqib ketish sharoiti), iqlim (yog’ingarchilik miqdori, havo harorati) yerning zovurlashtirilishi va agrotexnik sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda tuzlar kam suv sarflanganda ham tez yuviladi. Aksincha mexanik tarkibi og’ir, zichlashgan, tuproq tarkibida suv o’tkazmaydigan gipsli yoki karbonatli qatlamlar bo’lganda tuzlar juda kam va uzoq muddatda yuviladi.
Jadval malumotlari shuni ko’rsatdiki mexanik tarkibi yengil tuproqlarga qaraganda, mexanik tarkibi og’ir,zich tuproqlarda tuz kam va qiyin yuviladi. Tuproqning tagida qum qatlam joylashganda, sho’r yuvish osonlashadi, zich soz qatlam joylashganda esa qiyinlashadi.
18 -jadval
Sho’r yuvish samaradorligiga tuproqning mexanik
tarkibi va tuzilishining tasiri
Tuproqning mexanik tarkibi va tuzilishi
|
Sho’r
yuvish
meyori,
m3/ga
|
1 m qatlamdagi
xlor, %
|
Xlor
bo’yicha sho’r
yuvish koeffi-
siyenti,(k)
|
Yuvishgacha
|
Yuvishdan keyin
|
O’rta soz
|
7020
|
0,225
|
0,014
|
4,4
|
Og’ir soz
|
8090
|
0,286
|
0,173
|
1,97
|
O’rta soz gips qatlami
(60-80 sm)
|
11870
|
0,158
|
0,016
|
1,73
|
O’rta soz osti qumli qatlam
(157sm)
|
6000
|
0,010
|
0,010
|
5,1
|
K-1m3 suv bilan yuviladigan xlor miqdori, kg
|
2. Sho’r yuvish ikki usulda amalga oshiriladi:
a) Kam sho’rlangan yerlar egatlar orqali yuviladi.
b) O’rtacha va kuchli sho’rlangan hamda sho’rhok yerlar esa pollarga bo’lib, bostirib yuviladi.
Egatlar orqali sho’r yuvishda egatlar oraligi 60 sm, chuqurligi 18-20 sm bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Cheklarga bo’lib bostirib yuvish usulida sho’ri yuviladigan dalalar uvatlar bilan cheklarga va suv keltirish uchun o’q-ariqlarga bo’lib chiqiladi.
Sho’ri yuviladigan cheklarning kattaligi tuproqning mexanik tarkibiga va suv o’tkazuvchanligiga, dalaning tekislanganlik darajasiga va nishabligiga bog’liq bo’ladi.
Nishabi kichik bo’lgan yerlarda chekning o’lchamlarini quyidagicha olish tavsiya qilinadi (19 -jadval).
Sho’r yuvish muddatini to’g’ri belgilashning juda katta amaliy ahamiyati bor. Sho’r yuvish muddatlari tuproqning sho’rlanish darajasiga va mexanik tarkibiga bog’lik bo’lib, O’zbekiston sharoitida ikki muddatda o’tkaziladi, ya’ni joriy yuvish erta bahorda, asosiy sho’r yuvish kuzda va qisman kish-bahorda o’tkaziladi. Sho’rhok yerlarni sho’rini yuvish uzoq muddat talab qilganligi uchun ular yil davomida maxsus texnologiya asosida yuviladi.
Dostları ilə paylaş: |