28-Modul: Sug’oriladigan yerlarda zovurlarning aҳamiyati va turlari
Reja:
1. Sug’oriladigan yerlardagi zovurlarning ahamiyati
2. Ochiq zovurlar
3. Yopiq zovurlar
4. Tik zovurlar
Tayanch tushunchalar:ochiq gorizontal zovurlar, yopiq gorizontal zovurlar, tik zovurlar, zovur-quduq, kuzatish quduqlari,ta’sir etuvchi radius.
Adabiyotlar: 1, 2, 3,8, 9, 10, 11
1. Zovurlashtirish deb, sug’oriladigan dehqonchilikda yerning sho’rlanishi va botqoqlanishiga qarshi kurashda sizot suvlarini suniy yo’l bilan chiqarib tashlash usuliga aytiladi. Zovurning asosiy maqsadi- tuproqning tuz va suv rejimini tubdan yaxshilash uchun tuproq-gruntidan meyoridan ortiqcha sizot suvlarini chiqarib tashlashdir. Ularning asosiy vazifasi:1) Tuproqdan ortiqcha zararli tuzlarni yuvib chiqarib tashlash; 2) Sizot suvlarini maqbul chuqurlikda saqlab turish. 3) Chuchuklashtirilgan yoki sizot suvlar sathini tuproqning qayta sho’rlanishi hamda botqoqlanishiga imkon bermaydigan va unumdorligini taminlaydigan darajada saqlash. Zovurlar yerning sho’rlanishi va botqoqlanishiga qarshi kurashdagi asosiy gidrotexnik tadbir bo’lib, ular suv-xo’jalik va agromeliorativ tadbirlar bilan qo’llaniladi. Zovurlarning ahamiyati shundaki, ular tuproq-gruntdagi ortiqcha minerallashgan sizot suvlarni va sho’r yuvish davomida suvda erigan tuzlarni dalalardan tashhariga chiqarib, tuproq ni tuz va suv rejimlarini rostlab turadi. Hozirgi paytda Respublikamizda barcha sho’r yerlar zovurlashtirilgan, ularning umumiy uzunligi 120 ming km.-dan ortiqdir, yoki har bir gektar yerdagi ularning solishtirma uzunligi 15-30 m. ni tashkil qiladi. Zovurlashtirilgan yerlarda sho’r yuvishning samaradorligi keskin oshadi, yer zararli tuzlardan tez tozalanadi va qayta sho’rlanishni oldini oladi.
Zovurlar 2 guruhga bo’linadi:
1) Tabiiy zovurlar (daryolarning eski qurigan o’zanlari)
2) Sun’iy zovurlar. Ular o’z navbatida 4 tipga bo’linadi;
Dostları ilə paylaş: |