Ochiq zovurlar chuqurligi bo’yicha 2 ga bo’linadi: 1)Umumiy chuqurligi, ya’ni yer yuzasidan zovurning tubigacha bo’lgan masofa. 2Ish chuqurligi, ya’ni yer yuzasidan zovurdagi sizot suvning sathigacha bo’lgan chuqurlikdir. Zovurlarning chuqurligi sizot suvining satxddan pastda turishi kerak, shunda ular samarali faoliyat ko’rsatadi. Zovurlarning chuqurligi sizot suvlariniyag chuqurligiga bog’liq holda quyidagicha bo’ladi: 1) Guruq zovurlari chuqurligi 2,5-6,0 m2) Kollektorlar 4-5 m chuqurlikda kovlanishi maqsadga muvofiqsir. Zovurlarni rejali joylashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Zovurlar yerniig asosiy nishabligi bo’ylab ikki sug’orish tarmog’ini o’rtasiga joylappirilgani ma’qul. Chunki kanallardan sizib o’tgan suvlar shu zovurga tushushi kerak. Zovurlar nishablikka nisbatan bo’ylama joylashtirilganda ko’ndalang joylashtirilganiga nisbatan ancha afzalliklarga ega bo’ladi. Bo’ylama joylashtirilganda sizot suvlari katta tezlikda oqib kelib zovurga tushadi hamda kam loyqa bosadi. Ochiq zovurlar orasidagi masofa quyidagi omillarga bog’lik bo’ladi: Tuproq-gruntning suv o’tkazmaydigan qatlam chuqurliligiga; tuproq-gruntning suv-fizik xossalariga, xududning tabiiy zovurlashganlik darajasiga, sizot suvlarining pasayish tezligiga va qabul qilingan sizot suvlarining maqbul sathiga, hamda zovurlarning oqim moduliga.
O’rtacha va kuchli sho’rlangan yerlarda qazilgan zovurlarning oraliq masofalarini 21 -jadvaldan olish mumkin.
21 –jadval
Chuqurligi 2-2,5 m bo’lgan zovurlarning tavsiya etiladigan oralig’i (V.M.Legostayev malumoti)