«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


-jadval Irrigasiya eroziyasini oldini olishda qo’llaniladigan sug’orish texnikasi



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə95/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

28-jadval


Irrigasiya eroziyasini oldini olishda qo’llaniladigan sug’orish texnikasi



Nishablik

Egat
uzunligi,
m

Egat
chuqurligi,
sm

Egatlarga suv berish miqdori, l/s

Sug’orishning
boshlanishida

Suv egat uzunligining
yarmidan oshganda

20-30

150

10-12

0,07

0,10

30-40

150

10-12

0,06

0,08

40-50

100

10-12

0,10

0,15

50-60

100

10-12

0,05

0,10

K.Mirzajonovmalumotlaribo’yichairrigasiyaeroziyasinatijasida 1 gektaryerdanbiryildavomida 100-150 ttuproq , shubilanbirga 100-120kg/gaazot,110-165 kg/gafosforva 0,8-1,0 t/gachirindioqibketarekan. Irrigasiya eroziyasining asosiy oldini olish tadbirlaridan biri sug’orish texnikasini to’g’ri belgilashdir. Bunday eroziyaning oldini olish uchun quyidagi sug’orish texnikasi tavsiya qilinadi (29-jadval B.Qambarov.,Q. Mirzajonov malumotlari).
Irrigasion eroziyaning oldini olishda sug’orish texnikasi elementlariga jiddiy rioya qilish zarur. Shu maqsadda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi (S.Moyliboyev, 1984):

  • Yer nishabligi.2-3° va egat uzunligi 50 m bo’lganda sug’orish boshida har egatdagi suv oqimi sekundiga 0,07 litr bo’lishi, egatlar chekkasi namlanib bo’lgandan keyin oqimni sekundiga 0,1 litrga yetkazish;

  • Yer nishabligi 3-4° va egat uzunligi 100 m gacha bo’lganda sekundiga 0,15-0,10 litr va qiyaligi 4-6° bo’lganda esa sekundiga 0,10-0,05 litr suv berilishi lozim;

  • O’ta qiya paxta dalalarida suv oqimini o’zgartirib turish, egatdagi suvni oqovaga chiqarmasdan sug’orishni tashkil qilish zarur; Sug’oriladigan dalalarni tekislab turish, sug’orish texnikasining maqbul elementlarini tanlash va dalaning bir tekis namiqishiga va suvning tejab sarflanishiga erishish lozim;

Eroziya yetkazadigan zararni ancha kamaytirish imkonini beruvchi boshqa samarali tadbirlarni qo’llash, jumladan sun’iy tuproq strukturasini hosil qiluvchi kimyoviy vositalardan (neft chiqindilari, nigrozin, polimerlardan K-4, K-9, lateks, SKS-65 singarilar) foydalanishga ham e’tibor berish lozim.
4. Tog’, tog’ oldi, va adir mintaqalarida kuchli jala quyishi yoki qorlarning jadal erishi natijasida qisqa muddatda katta tezlik bilan loy, qum, shag’al,tosh aralash holda vujudga kelgan sel oqimiga sel deyiladi. Sel oqimi juda ko’p oqizindilarni olib keladi. Sel oqimining tezligi juda katta bo’lib, ko’pincha shikast yetkazadigan kuchda bo’ladi. Sel ekin maydonlariga soz, Qum, shag’al va toshlarni oqizib kelib tashlaydi va aholi yashaydigan qo’rg’onlarni, ko’priklarni, yo’llarni, sug’orish shaxobchalarini buzadi-vayron qiladi.
O’zbekistonda sel oqimi Farg’ona vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Navoiy va Toshkent viloyatlarining tog’ hududlarida keng tarqalgan. Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog’iston hududlarida sel oqimi deyarlik kuzatilmaydi.
Yuqorida keltirilgan viloyatlar 4 ta seldor hududga bo’linadi:
1. Farg’ona vodiysi;
2. O’rta Sirdaryo
3. Zarafshon
4. Janubiy g’arbiy O’zbekiston
Farg’ona vodiysiga Oloy, Turkiston, Chotqol, va Qurama tizmalarida paydo bo’lgan sellar kiradi.
O’rta Sirdaryo o’lkasi Chirchiq, Ohangaron havzalarida, Turkiston va Nurota tog’larining shimoliy yon bag’irlarida hosil bo’lgan sellarni o’z ichiga oladi
Zarafshon havzasi Nurota tog’larining janubiy, Zarafshon tizmasining shimoliy yon bag’irlaridan tashkil topadi.
Janubiy-g’arbiy O’zbekiston hududiga Qashqadaryo, Sherobod va Surxondaryo havzalari kiradi.
Sel hosil bo’lishi tog’ yonbag’irlaridagi tuproq eroziyasi bilan chambarchas bog’liq. Tuproq o’simliklar ildiz tizimi bilan mustahkamlanmagan, yer usti oqimi katta bo’lganda sel oqimi paydo bo’ladi. Tog’ yonbag’irlarida mol boqish tartibi buzilganda, undagi tabiiy o’simliklar yo’qotilganda, yong’in tufayli kuyganda, daraxtlar ayovsiz qirqib yuborilganda sel hosil bo’lish ehtimoli ham ortadi. Sel to’satdan boshlanib, kisqa muddatda to’xtaydi, u 2-3 soatgacha, ba’zan 10-12 soatgacha davom etadi. Sel oqimiga qarshi kurashishda agro-o’rmon meliorativ va gidrotexnika tadbirlari qo’llaniladi. Agro-o’rmon meliorativ tadbirining vazifasi tuproq eroziyasini kuchsizlantirish yoki bartaraf kilish, sel oqimi hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslikdir.
Gidrotexnika tadbirining vazifasi -sel oqimining buzish kuchini bartaraf qilishdir.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin