«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə93/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Juda og’ir

O’rtacha tuproqlarda

Yengil tuproqlarda

2-3

250-300

303-400

400-600

1-2

200-250

253-300

300-400

0-1

100-150

150-200

200-300

Kuchsizsho’rlanganyerlardazovurdanfoydalanilmaydiyokipastlikjoylardaayrimkollektorlarqurishbilancheklaniladi.
Zovurlarni samarali ishlashini aniqlash uchun zovur oqimi moduli aniqlab boriladi. Zovur oqimimoduli deb - bir gektar yerdan bir sekund davomida zovur orqali chiqib ketayottan suv miqdoriga aytiladi. U bir gektarga l/sek hisobida ifoda qilinadi. Zovurlarning urtacha yillik oqim moduli gektariga 0,15-0,25 l/sek bo’lishi, sho’r yuvish davomida esa S,50-0,85 l/sek.ga ko’payishi mumkin. Zovur oqimi modulining qiymati rosa, zovurlar oralig’idagi masofa qisqaroq olinadi va aksincha, modul miqdori kamaysa, zovur oralig’idagi masofa kattaroq olinadi. Zovur oralig’idagi masofa zovur chuqurligiga va sizot suv sathining pasayish tezligiga ham bog’liq. Amaliyotda kuchli sho’rlangan va sho’rhok yerlarni o’zlashtirishda hamda sizot suvlari yer oziga juda yaqin joylashgan yerlarda ochiq muvaqqat zovurlardan ham keng foydalaniladi. Ochiq muvaqqat zovurlarning chuqurligi 0,8-1,2 m, tuproqning mexanik tarkibi bo’yicha, orasidagi masofa 40-80 m bo’ladi. Ochiq muvakqat zovurlar S-100 markali ikkita traktorga tirkalgan KM-800, KM-1200 markali kanal qazigichlar yordamida olinadi va ular ochiq doimiy chuqur zovurlarga tutashtiriladi.
3. Ochiq zovur va kollektorlarning asosiy kamchilliklari:
a) tez ko’milib qoladi va uzanni o’t bosadi, qiyaliklari o’pirilib, yuvilib ketadi, shuning uchun ham vaqti – vaqti bilan tozalab turishga, to’lib qolgan joylarini qayta qozishga kata mablag’ talab qilinad;
b) zovur va kollektorlarni hamisha ham vaqtida tozalab turishga imkoniyat bo’lmaganligidan, ko’pincha uning ish chuqurligi yetarli bo’lmaydi va sho’r yuvish tasiri kam bo’ladi;
v) ochiq zovur va kollektorlar yerdan foydalanish koeffisiyentini kamaytiradi yani ancha ekin maydonini band qilib turadi. Bundan tashqari qishloq xo’jalik ishlarini mexanizasiyalashga, transport harakatiga halaqit beradi.
4. Yopiq zovurlar muayyan chuqurlikka ko’milgan quvur tarmoqlaridan iborat bo’ladi Yopiq zovurlar Mirzacho’l, Qarshi, Sherabod, Jizzax cho’llarida, Buxoro, Farg’ona va boshqa viloyatlarning yangi o’zlashtirilgan yerlarida keng qo’llanilmoqda. Yopiq zovurlarning ahamiyati shundaki, ular sizot suvlar sathini butun dala bo’ylab yoki butun sug’oriladigan massiv bo’yicha bir zayilda pasaytiradi. Sug’orishdan yoki sho’r yuvishdan keyin sizot suvlar sathi tezda pasayadi va shu tufayli sizot suvlarini maqbul chuqurlikda saqlab turish imkoniyatini beradi. Tuproqning sho’rlanish darajasi asta-sekin kamayib boradi. Bu zovur turi tuproq- gurunt ichida yopiq holda bo’lganligi uchun kata yer maydonini egallamaydi va yerdan foydalanish koeffisiyenti ochiq zovurlarga nisbatan yuqori bo’ladi. Yopiq zovurlarni barpo qilish quyidagicha bo’ladi: Ularni kovlashda kovushli ekskovatorlardan foydalaniladi.Transheyaning tubi tekislanib 10-15 sm qalinlikda shag’al-filtrlar to’shaladi, shag’al-filtr ustidan uzunligi 33-100 sm bo’lgan sapol yoki 3-4 m asbasement quvurlar bir-biriga kiyishtirilgan holda yotqizib chiqiladi. Quvurlarni 0,003-0,004 nishablikda yotqizish kerak. Quvurlar tekis yotqizilib bo’lgandan keyin ularning ustiga yana shag’al-filtrlar solinib transheya ehtiyotlik bilan qo’miladi va zichlanadi.
Yopiq zovurlarning ish faoliyatini kuzatish uchun har 250-400 m masofada beton yoki asbosement quvurlardan nazorat quduklari qilinadi. Bu quduqlar zovurdagi suvning oqishini nazorat qilish, shuningdek tuplangan oqizindilarni tozalash uchun quriladi. Quduqlar beton plita ustiga qo’yiladi. Usti qopqoq bilan yopiladi. Quduqning tubi unga kirib turgan zovur quvuridan 30-45 sm pastda turishi kerak. Shu chuqurlikka asta sekin chukib qolgan loyqa oqizindi vaqti- vaqti bilan tozalab turiladi. Yopiq zovurlar qurishlari hozirgi paytda mexanizasiyalashtirilgan. Bunda ETU-353 markali ko’p kavushli, transheya qaziydigan ekskavatordan foydalanadi. Ekskavator bir vaqtda uchta asosiy iщni bajaradi: ko’ndalang kesimi to’g’ri burchakli transheya qaziydi (chuqurligi 2,5m eni 0,6 m); shag’al yoki qum filtri tushaydi va nihoyat, zovur quvurlarini yotqizadi. Yopiq zovurlarning tarkibi, joylashtirish chuqurligi, orasidagi masofa, sizot suvlariga ta’sir doirasi, sizot suvlarining zovurlarga oqib kelishi ochiq zovurlarniki singaridir. Lekin yopiq zovurlarning konstruksiyasi, tuproq ning suv-fizik xossalari, suv o’tkazmaydigan qatlam chuqurligiga nisbatan kamroq bo’lishi mumki 5. Sho’rlangan va botqoklangan yerlar sharoitida ochiq va yopiq zovurlar bilan birga tik zovurlardan ham foydalanib kelinmokda. Ularning soni hozirgi vaqtda 4100 dan ortiq. Tik zovurlar ochiq va yopiq zovurlarga qaraganda tuproqni tezroq va chuqur sho’rsizlantiradi, sizot suvlar sathini chuqurlashtiradi hamda ularning minerallashganlik darajasini kamaytiradi. Tik zovurlar ochiq va yopiq zovurlar bilan birga, aralash holda yoki Tik zovurlarni qurish uchun oldin quduqlarning samarali ish chuqurligi, joyning relyefiga qarab joy tanlash, tuproq qatlamlarining geologik tuzilishi, gidrogeologik sharoitlari tadqiqot qilinadi hamda shu tadqiqotlar asosida tik zovurlarni qurish ishlarining loyihasi ishlab chiqiladi. Tik zovurlar yuqorida ko’rsatilgan omillarga bog’liq holda 30-70 m dan 100-150 m gacha chuqurlikda bo’ladi. Ularni qurish uchun dastlab 40-90 sm diametrlik metall quvurlar joylashtiriladi, quduq devorlari bilan metall Quvur oralig’idagi bo’shliq shag’al-filtrlar bilan to’ldiriladi. Quvurlarning yer yuzasida 10-15 m dan keyingi qismida teshikchalar qilinadi. Bu teshikchalardan suvlar quvurga oqib kiradi. Quvurda to’plangan suv mahsus elektr nasoslar yordamida yer yuziga chiqariladi. Tik zovurlar mavjud bo’lgan joylarda, geologik va gidrogeologik sharoitlarga qarab, sizot suvlarining sathi 5-6 m-dan 15-20 m-gacha pasayadi. Ularning suv sarfi (debiti) 5-10 l/sek-dan 150-200 l/sek gacha bo’ladi. Bitta tik zovurning ta’sir doirasi 800-1000 m, yoki 100-150 gektardan 150-300 gektarga yetadi. Tik zovurlar ma’lum maydonlarga yoki gidrogeologik sharoitlari bo’yicha maxsus yo’nalish chizig’ida joylashtiriladi. Ularning orasidagi masofa 1,5-2,0 km, qatto bundan ham ko’p bo’lishi mumkin. Tik zovurlardan chiqarilgan suvlarning sifatiga qarab, turli ehtiyojlarda ishlatish mumkin. Chuchuk suv bo’lsa undan aholi va chorva mollarini suv bilan ta’minlashda va ekinlarni sug’orishda foydalanish mumkin. Suv kuchsiz va o’rtacha (3-6 g/l) minerallashgan bo’lsa, bunday suvlar bilan qishloq xo’jalik ekinlarni sug’orishda maxsus sug’orish texnologiyalari joriy etilishi lozim. Tik zovurlardan chiqarilgan suvlar kuchli minerallashgan bo’lsa, ular maxsus tarmoqlar orqali ochiq zovurlarga yoki kollektorlarga oqiziladi. 6.Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida kollektor-zovur tarmoqlarining faoliyati ilmiy asosda loyihalashtirilganligiga va qurilish sifatiga va ulardan to’g’ri foydalanishga bog’liq bo’ladi.
O’zbekistonda 138,8 ming km kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud bo’lib, shundan 38 ming km yopiq-yotiq kollektor-drenajlardan iborat. Hozirgi kunda Respublikada 3500 ta tik drenaj va 3500-4000 ta tik quduqlar bo’lib, bular asosan Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo, hamda Farg’ona vodiysi viloyatlarida joylashgandir.
O’zbekistonda uzoq yillar davomida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha asosan kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish, tiklash va ta’mirlash ishlari bajarilib keldi. Ammo, qancha mln. m3 kollektor-drenaj tarmoqlari tozalanmasin, baribir o’rtacha, kuchli sho’rlangan yerlar hamon ko’payib bordi.
Yerlarning sho’rlanish jarayoni ko’p faktorlarga bog’liq, ammo ko’p mutaxassislarning fikricha, agar kollektor-zovur tarmoqlarini normativ bo’yicha tozalasak yerlarning sho’rlanish jarayeni sekinlashadi.
Ammo, haqiqatda bunday emas. Chunki sug’oriladigan yerlarni sho’rsizlantirishda kollektor-drenajlarning ishchi holati muhim rol o’ynaydi, lekin sug’oriladigan yerlarni sho’rsizlantirish uchun kompleks agorotexnik tadbirlar olib borilishi kerak:
- yerlarni tekislash;
- sho’r yuvish;
- sug’orish rejimiga qat’iy rioya qilish.
Sug’oriladigan yer maydonlarida kollektor-drenaj tizimlari bosimli yer osti suvlari, tuproq osti grunt suvlarining zaruriy qismini o’z vaqtida sug’orish maydonlaridan chiqarib tashlash va sizot suvlar sathini mo’ljallagan chuqurliqda saqlash bilan birga ekiladigan yerlarda tuproq suv va tuz muvozanatini optimal darajada saqlab qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l hosil yetish tirish uchun sharoit yaratadi.
Kollektor-zovur tarmoqlari ko’rsatilgan talablar bo’yicha qurilganda va to’g’ri foydalanilganda ular doimo faoliyat ko’rsatib, tuproqning suv va tuz rejimlarini tartibga tushirib, unumdorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Aksincha, zovur tarmoqlari ilmiy asossiz loyihalanib, sifatsiz qurilganda va noto’g’ri foydalanilganda ularning ish faoliyati bo’ziladi, tez ishdan chiqadi, tuproqda sho’rlanish va botqoqlanish jarayoni boshlanadi, natijada yerning meliorativ holati yomonlashadi. Kollektor-zovur tarmoqlarining ishdan chiqishiga qo’yidagilar sabab bo’ladi:
1.Gidrologik sharoitlar;
2.Iqlim sharoitining o’zgarishi ;
3. Biologik omillar;
4.Qurilish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchilliklar;
5.Foydalanish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchilliklar.
Gidrologik sharoitlar tasirida, yani sug’oriladigan dalalarga ekinlarni sug’orish va yerning щo’riniyuvish uchun meyoridan ortiqcha suv berish, shu tufayli sizot suvlarni zovurlarga ko’plab oqib chiqish, zovurlarning loyihada ko’rsatilgan tartibining bo’zilishidir. Kollektor-zovur tarmoqlarini biologik omillar tasirida ish jarayonining pasayishigao’zanlarini begona o’tlar bosishi sabab bo’ladi. Kollektor-zovur tarmoqlarini qurish jarayonida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan kamchilliklarga qo’yidagilar kiradi:
1.Shag’al-filtr sifatining yomon bo’lishi;
2.Zovur quvurlarining o’zaro tutashtirishda katta tirqishlar qoldirilishi;
3.Zovur chuqurlarini qayta ko’mishda tuproqning zichlanganligi;
4.Quvur yotqizish mashinasi yurib o’tadigan yo’lning noto’g’ri loyihalanishi;
5.Nazorat quduqlarini qurishda og’iz chetlari singan beton quvurlardan foydalanish. Kollektor-zovur tarmoqlaridan foydalanish jarayonida yo’l qo’yiladigan kamchilliklar qo’yidagilardan iborat bo’ladi:
1.Mavjud kollektor-zovur tarmoqlarini nazorat qilib bormaslik;
2.Kollektor va ochiq zovurlarni ish chuqurliklarini o’z vaqtidabegona o’tlardan, loyqalardan va qulab tushgan jinslardan tozalab turmaslik.
3.Tozalash paytida zovurlarning kollektorga tutashtirish inshoatlarining bo’zilishi;
4. Kollektor va ochiq zovurlarni sifatsiz tozalash;
5. Kollektor –zovurlarda oqayotgan suvlar yo’lini tusib qo’yish (dambalar qilish, yo’l o’tkazish);
6. Kollektor – zovurlar bo’ylarida mol boqish.
Kollektor- zovur tarmoqlarining muntazzam ravishda o’zoq muddat samarali ishlashi uchun ularning bo’zilgan joylari yoki ishdan chiqishi mumkin bo’lgan qismlari o’z vaqtidatamirlanib borishi kerak. Tamirlash uchun harajatlar 20%(zovurlarning qurilish qiymatiga nisbatan) ko’p bo’lganda asosiy, 20% dan kam bo’lganda esa joriy tamirlash o’tkaziladi. Asosiy tamirlashda kollektor va ochiq zovurlar loyqadan va begona o’tlardan ekskovator yordamida tozalash bilan uning ish chuqurligi tiklanadi, buzilgan kuzatuv quduqlari , tutashtirish inshoatlari, ishdan chiqqan quvurlar, himoya uvatlari qaytadan tiklanadi. Joriy tamirlashda kichik hajmli ishlar bajarilib, kollektor va ochiq zovurlar qirg’oqlarining ayrim joylarida ko’chib tushgan tuproqlardan tozalash, begona o’tlarni o’rib tashlash yoki kimyoviy qarshi kurash choralarini qo’llash, kollektor – zovurlari tutashtiruvchi oqova suvlarini zovurlarga tushiruvchi inshoatlarni tamirlash, yopiq zovurlarning buzilgan himoya uvatlarini tiklash va hokazo ishlar bajariladi.
XULOSA
Sug’oriladigan dehqonchilikda yerning sho’rlanishi va botqoqlanishiga qarshi kurashda zovurlashtirish asosiy gidrotexnik tadbir bo’lib, ular suv-xo’jalik va agromeliorativ tadbirlar bilan birga qo’llaniladi. Zovurlashtirilgan yerlarda sho’r yuvishning samaradorligi keskin oshadi, yer zararli tuzlardan tez tozalanadi va qayta sho’rlanishni oldini oladi. Sug’oriladigan yerlarda zovurlarning quyidagi turlaridan ochiq, yopiq, tik (vertikal) va aralash zovurlardan foydalaniladi.



Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin