Ishni bajarish tartibi: Ilmiy tekshirish ishlarida haydalma qatlamning tuzilishi tuproq holatini buzmasdan o’rganiladi. Holati buzilmagan tuproq namunasini Kachinskiy, Nekrasov yoki Lebedev burg’usi bilan olish mumkin. Tekshirish uchun olinadigan tuproqning hajmi patronning kattaligiga qarab har xil (100, 250, 500 sm3 va undan katta) bo’ladi.
Namunalar 0-10, 10-20, 20-30 sm chuqurlikdan tyeng oraliqda diagonal bo’ylab olinadi. Namuna olishdan oldin patron raqami, namuna olingan qatlam, uchastkaning nomi, vaqti ko’rsatiladi.
Namuna olish uchun qopqog’i olingan patron dastakli shtangaga burab mahkamlanadi. Burg’u tuproqqa vertikal holatda qo’yiladi va uning dastasini kuch bilan bosib, mo’ljallangan chuqurlikkakacha (patrondagi belgilangan chiziqqacha) kiritiladi, so’ngra patrondagi tuproq namunasini pastki qatlamdan ajratib olish uchun u bir necha marta buraladi. Burg’uni tuproqdan chiqarib olgandan keyin ortiqcha tuproq patronning pastki qismi bilan bir tekis qilib kesib tashlanadi. Patron burab bo’shatiladi va pastdan hamda yuqorisidan qopqoqchalar bilan berkitiladi.
Olingan namunalar tekshirish uchun laboratoriyaga olib kelinadi. Juda yumshoq tuproqlardan burg’u bo’lmagan taqdirda namunalarni metall silindr yordamida ham olish mumkin. Bular tuproqqa oxirigacha bosib kiritiladi. Silindrning bo’yi 10 sm, hajmi 500-1000 sm3. So’ngra silindrning yuqori qismini qopqoq bilan berkitib, pastki tomoni asta-syekin yuqoriga aylantiriladi, ortiqcha tuproq kesib olib tashlanadi, ikkinchi qopqoq bilan berkitilib, laboratoriyaga yuboriladi.
1 -rasm. Namlikni aniqlash uchun kapilyar suv bilan to’yingan patrondagi tuproqdan kichik burg’u bilan namuna olish.