«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə99/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

3. Ishni bajarish tartibi.
Quruq holda elash: Struktura holati tekshiriladigan maydondan tuproq namunasi olinib, havoda quritiladi. Quruq holda aniqlash uchun undan 500 gramm tarozida tortib olinib, har xil ko’zli elaklardan o’tkaziladi va qo’yidagi 9 ta: 10 mm dan yirikroq; 10-7; 7-5; 5-3; 3-2; 2-1; 1-0,5; 0,5-0,25 va 0,25 mm dan maydaroq fraksiyaga ajratiladi. Elaklarning past tomoniga changsimon zarrachalar to’planadigan taglik qo’yiladi, yelanayotgan vaqtda tuproq zarrachalari to’zg’ib ketmasligi uchun ustki tomoni qopqoq bilan berkitiladi.
Yelab bo’lgandan so’ng har bir fraksiya tarozida alohida tortiladi va jamiga nisbatan hissasi aniqlanadi.
Suvda elash uchun agregatlarning chidamlilik foizini aniqlashda, massasi 50 g bo’lgan o’rtacha namuna olinadi. Buning uchun har bir fraksiyadan tuproq tortib olinadi. Pastki elakning teshiklari to’lib qolmasligi uchun o’rtacha namunani diametri 0,25 mm dan kichik bo’lgan fraksiyadan olmaslik mumkin (garchi o’rtacha namuna hisoblanayotganda, u hisobga olinsa-da). O’rtacha namuna ikki marta olinadi;
Olingan o’rtacha namuna suv to’ldirilgan 1 l li silindrga solinadi va 10 minut tinch qoldiriladi. Bu ish keyingi vaziyatlarda kyesakchalarning mexanikaviy holatini buzadigan havo chiqib ketishi uchun qilinadi.
1-2 minutdan keyin garchi tuproqdan havoning ko’p qismi chiqib ketgan bo’lsa ham, oz qismi yirik bo’shliqlarda pufakcha shaklida saqlanib qoladi, qolgan havoni chiqarib yuborish uchun silindrning yuqori qismigacha suv qo’yiladi va ustini oyna bilan berkitib tezda gorizontal holatga keltiriladi, so’ngra yana vertikal holatga qaytariladi. Natijada tuproq ichidan mayda pufakchalar holida havo ajralib chiqa boshlaydi;
Tuproq namunasi silindrga solingach keyin 10 minutdan so’ng, silindr ustini oyna bilan yopib, tezda to’nkariladi va tuproqning yirik zarrachalari pastga tushib ketmaguncha shu holatda bir necha sekund ushlab turiladi. So’ngra silindr o’z holiga keltirilib, tuproq uning tubiga cho’kishi kutiladi. Bu ish 10 marta takrorlanadi.
Silindr to’nkarilganda mustahkam bo’lmagan agregatlar va diametri 10 mm dan kattaroq bo’lgan kyesakchalar tarkibiy qismlarga ajraladi.
So’ngra diametri 20 sm, balandligi 3 sm va teshiklari 0,25; 1; 2; 3; 5 mm diametrli 5 ta elak ustma-ust qo’yilgan holda suv to’ldirilgan silindrsimon vannaga tushiriladi. Bunda suv sathi yuqoridagi elak chetidan 5-6 sm yuqorida bo’lishi lozim.
Silindr o’n marta to’nkarilgandan keyin elaklar ustiga olib kelinadi. Silindr to’ntariladi va suv ostida oyna ochiladi. Silindrdagi tuproq massasi yuqoridagi elakka tushadi. Tuproq tekis taqsimlanishi uchun silindrni suvdan chiqarmasdan turib, elak ustida aylantiriladi. Asosiy massa (0,25 mm dan yirikroq) elak yuzasiga tushgandan keyin 40-50 sekund o’tgach silindr og’zi suv ostida yana oyna bilan berkitiladi va suvdan chiqarib olinadi.
Elakka tushirilgan tuproq massasini elash uchun elaklarni suvdan chiqarmasdan turib, elaklarni hammasi 5-6 sm

1-rasm. Tuproqli silindrdan N.I. Savvinov elagiga o’tkazish.
yuqoriga ko’tariladi va tezda yana suvga botiriladi. Kyesakchalar qaytadan elakka tushmaguncha ular ana shu holatda 2-3 sekund tutib turiladi. So’ngra elaklar to’plami syekin-asta ko’tariladi va tezda yana botiriladi. Yuqorigi (5,3 va 2 mm li) elaklar o’n marta silkitilgandan keyin olinadi, pastkisi esa qo’shimcha ravishda yana besh marta silkitiladi va suvdan chiqarib olinadi.
Elaklardagi kyesakchalar yuvuvchi qurilmaning suv oqimi bilan katta chinni kosachaga yuvib olinadi, ortiqcha suv chiqarib yuborilgandan keyin ular oldidan tortib qo’yilgan va raqamlangan kichik chinni kosachalarga solinadi.
Kosachalar avval suv hammomiga qo’yiladi va tuproq yaxshi quriganidan keyin har qaysisi alohida-alohida tortiladi.
Fraksiyalardagi mustahkam kyesakchalarning foizdagi ko’rsatkichi massasining sonini 2 ga ko’paytirish bilan aniqlanadi. 0,25 mm dan kichik bo’lgan tuproq zarrachalarining foizi ancha yirik fraksiyalar foizi yig’indisini 100 dan ayirib topiladi. Olingan ma’lumotlar 1-jadvalga yozib boriladi.
1-jadval

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin