«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Kapillyar kovaklikni aniqlash



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə102/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Kapillyar kovaklikni aniqlash.
Bunda barcha hisoblashlar ikkinchi belgigacha olib boriladi. Ishlar qo’yidacha amalga oshiriladi:
Patron va silindrning massasi (A) aniqlanadi.
Patron olingan tuproq namunasi (S) bilan tarozida tortiladi.
Patrondagi tuproq namunasining olingan vaqtdagi sof massasi (S1) aniqlanadi:
S1 = S – A;
Patronning ichki diametri (d) va bo’yi (h) o’lchanadi.
Patronga olingan tuproqning umumiy hajmi (V) qo’yidagi formula bilan aniqlanadi:
 • d2• h
V  -----------, sm3
4
Bu yerda: V – tuproqning hajmi, sm3;  - patron aylanasining diametriga nisbati, 3,14 ga tyeng (o’zgarmas son); d – diametri, sm; h – tuproqning balandligi, sm; 4- o’zgarmas son.
Suvga to’yintirish uchun tuproqli patronlar maxsus vannaga qo’yiladi. Vanna ichida filtr qog’oz qoplangan stolchalar bo’ladi. Bu qog’ozlarning uchi vannani to’ldirib turgan suvga tushiriladi.
Har bir patronning pastki qopqog’i olinib, o’rniga filtr qog’oz qo’yiladi va qo’l bilan ushlab turib, shu uchi bilan vanna stolchasiga qo’yiladi. So’ngra yuqoridagi qopqoq olinadi. Tuproq filtr qog’oz orqali suv bilan asta-syekin kapillyar to’yinadi.




2-rasm. Suv bilan kapillyar to’yinish uchun vannaga qo’yilgan tuproqli patronlar, (silindrlar).


Tuproqli patronlar o’zgarmas massaga kelguncha vannada tutib turiladi. Shundan keyin ularning yuqori tomoni qopqoqchalar bilan berkitiladi, ehtiyotlik bilan vannadan olinib, berk tomoni bilan pastga qaratib qo’yiladi. So’ngra patron ikkinchi qopqoq bilan berkitiladi;


Tarozida patrondagi tuproq (S2) suv bilan to’yingandan keyin tarozida tortilib, sof massasi(S3) hisoblab topiladi:
S3S2-A.
Tuproq qattiq qismining hajmini aniqlash uchun namunadagi mutloq quruq tuproqning massasini topish kerak. Chunki, butun tuproq namunasini mutloq quruq massagacha quritish uchun uzoq vaqt talab etiladi, quritish uchun uning faqat bir qismi olinadi va quritilgan tuproq qismiga qarab barcha namuna qayta hisoblab chiqiladi;
Patrondagi tuproqdan qo’yidagi usullarda o’rtacha namuna olinadi:
1. Kichik burg’u bilan patrondagi suv to’yingan tuproqdan yuqoridan pastga, so’ngra esa patrondan tuproqning butun balandligi bo’ylab pastdan yuqoriga tomon to’nkarib, ikkita namuna olinadi. Olingan namunalar oldindan tortib qo’yilgan alyuminiy stakanchaga (S4) solinadi.
2. Tuproq patrondan kosachaga olinib, yaxshilab aralashtiriladi, o’rtacha namuna olinadi va u oldindan tortib tayyorlab qo’yilgan alyuminiy stakanchaga solinadi. Ortiqcha tuproq tashlab yuboriladi;
Kapillyar suv bilan to’yingan tuproq namunasi bo’lgan stakanchaning massasi (S5) topiladi.
Stakanchadagi kapillyar suv bilan to’yingan sof tuproqning (K) massasi hisoblab topiladi:

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin