Adabiyotlar:1, 2, 3,8, 9, 10
1. Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish rejimideganda - o’simliklarning rivojlanish fazalariga ko’ra, sug’orish sonini aniqlash, sug’orish va mavsumiy sug’orish me’yorlarini va mu’tadil sug’orish muddatlarini belgilashni tushunamiz.
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish rejimi suvga bo’lgan talabi, iqlim zonalari, tuproq sharoitlari, sizot suvlar chuqurligi va ularning minerallashganlik darajasi, parvarish qilmayotgan ekin turi yoki navning biologik xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Ekinlarni sug’orish rejimi to’g’ri belgilash uchun Markaziy Osiyo xududi qo’yidagi iqlim va gidrogeologik zonalarga bo’lingan: Shimoliy iqlim zonasi o’z ichiga Qoraqalpog’iston, Xorazm viloyati, Toshkent va Samarqand viloyatlarining shimoliy tog’ oldi rayonlarini oladi. Bu yerda vegetasiya davri 200 kundan oshmaydi, yillik o’rtacha harorat 12,5oS, iyulda 25-26 oS, aprel-oktyabrda harorat yig’indisi 3800-3900 oS, bug’lanish, esa 1500 mm.
Markaziy iqlim zonasi o’z ichiga Farg’ona vodiysi Toshkent viloyati, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlarini o’z ichiga oladi. Bu yerda vegetasiya davri 200-220 kun, haroratlar yig’indisi 7000-4200 oS, yillik o’rtacha harorat 12,5-13,5 oS, iyulda 26-30 oS, bug’lanish esa 1500-1700 mm.
Janubiy iqlim zonasida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Turkmaniston, Tojikiston respublikalari joylashgan. Bu yerda vegetasiya davri 240-260 kun, haroratlar yig’indisi 4600-5000 oS, yillik o’rtacha harorat 14,5-15,5 oS, iyulda 32-33 oS, bug’lanish esa 1800-2000 mm.
Har bir iqlim zonasi o’z navbatida gidrogeologik rayonlarga bo’lingandir. Birinchi gidrogeologik rayon o’z ichiga sizot suvlari 3-4 m chuqurlikda joylashgan bo’z tuproqlarni oladi. Gidrogeologik koeffisent (k). ga teng. Ikkinchi gidrogeologik rayon SSS 2-3 m chuqurlikda joylashgan qoramtir bo’z va o’tloq bo’z tuproqlarni o’z ichiga oladi. (K=0,85). Uchinchit gidrogeologik rayon esa sizot suvlari 1-2 m chuqurlikda joylashgan o’tloq tuproqlarni o’z ichiga olib, bu yerda K=0,60. to’rtinchi gidrogeologik rayonda sizot suvlari 1 m gacha chuqurlikda joylashgan bo’lib, ularga o’tloq botqoq va botqoq tuproqlar misol bo’ladi (K=0,40).
Shimoliy iqlim zonasida g’o’zani 1-2-0 yoki 1-3-0 sxemada 3-4 marta sug’oish kifoya qilsa, markaziy iqlim zonasida 2-3-0 yoki 2-4-1 sxemada 5-7 marta, janubiy iqlim zonasida esa 1-5-1 yoki 2-6-1 sxemada 7-9 marta sug’oish kifoyadir.
G’o’zani sug’orish soni gidrogeologik rayonlarga ham bog’liq, bo’lib, IV- gidrogeologik rayonda 3-4 marta sug’orilsa, 1 rayonda sug’orish soni bir muncha ko’payitiriladi.
2. Mavsumiy sug’orish me’yori bu 1 ga maydonga 1 mavsum davomida beriladigan suv miqdoridir. U qo’yidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
Bu yerda: Ye-jami suvga bo’lgan talab, m3/ga;
R-yog’in miqdori, mm; 10-mm ni m3/ga aylantiruvchi kupaytuvchi;
a-yog’in suvlardan foydalanish koeffisenti (shimoliy va markaziy iqlim zonasida 0,8-0,9; janubiy 0,4-0,60; Wn- Wk-vegetasiya boshidagi va oxiridagi tuproqning nam zahirasi m3/ga;
WG-sizot suvlardan o’simlik foydalanadigan miqdor, m3/ga.
Jami suvga bo’lgan talab quyidagi aniqlanadi.
Bu yerda: U-rejalashtirilgan hosildorlik, s/ga
Ku-suvga bo’lgan talab koeffisenti; m3/ga.
K-gidrogeologik koeffisent (1-0,4);
Z-zonalik koeffisenti (shimoliy -0,85; markaziy 1,0; va janubiy zonada -1,15).
i- serunum yerlar uchun tuzatish koeffesenti (0,90-0,92).
Umumiy suvga bo’lgan talabning 65-70% ini o’simlik transpirasiyaga sarflaydi va 30-35 %i bug’lanishga sarflanadi.
G’o’za gullashgacha umumiy ehtiyojini 20-25% ini sarflasa, gullash-meva to’plash fazasida 55-65% ini, pishish davrida 15-20 %ini talab qiladi.
Mavsumiy sug’orish me’yori iqlim zonalari va sug’orish usullariga ham bog’liqdir.
3. Bir gektar yerga bir marta sug’orishda beriladigan suv miqdori sug’orish me’yori deyiladi. Sug’orish me’yorini to’g’ri belgilash uchun tuproqni nam sig’imini sug’orishdan oldingi tuproqning yo’l qo’yiladigan quyi namligini, hisobiy qatlam qalinligi va tuproqning hajmiy massasini bilish zarurdir va shuningdek suvni sug’orish vaqtida bug’lanishga sarflanishini bilish kerak.
Sug’orish me’yori qo’yidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
Bu yerda: A-tuproqning nam sig’imi, hajmiga nisbatan%;
V-sug’orishdan oldingi tuproqning namligi; hajmiga
nisbatan %;
h-hisobiy qatlam qalinligi, m;
K-sug’orish vaqtida suvni bug’lanishga yo’qolishi (5-10%).
Agar tuproq namligi og’irlikka nisbatan % hisobida aniqlansa, sug’orish me’yori qo’yidagichaaniqlanadi.
M=100·h·d(Vn-Vg)+k
Bu yerda: h – hisobiy qatlam qalinligi, m;
Vn – tuproqning nam sig’imi, og’irlikka nisbatan %;
Vg – sug’orishdan oldingi tuproqning namligi, og’irlikka
nisbatan %.
d-tuproqning hajm massasi, g/sm3.
Hisobiy qatlam qalinligi g’o’za uchun quyidagichadir: gullashgacha. 50-70 sm, gullash-meva tuplash davrida 70-100 sm va pishish davrida 100 sm.
Sug’orish me’yori iqlim zonalariga, tuproq – gidrogeologik sharoitlarga bog’liqdir. Masalan, yengil tuproqlarda u 700-800 m3/ga tashkil qilsa, og’ir tuproqlarda 1000-1200 m3/ga ga yetadi. Yengil tuproqlarda ekinlarni oz me’yorda tez-tez sug’orish kerak bo’lsa, og’ir tuproqlarda katta me’yorda kamroq sug’orish kerak. Sho’rlangan yerlarda esa sug’orish me’yori 20-25 % ga, mavsumiy sug’orish me’yori 25-30 % ga ko’paytiriladi.
4. Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish muddatlarini to’g’ri tanlash o’simliklar hosildorligini yuqori to’lishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Sug’orish muddatlarini aniqlashni bir necha usullari mavjud:
-o’simlikning fiziologik belgilari (barglarning so’rish ko’chi, xujayra shirasining konsentrasiyasi).
-o’simlikning tashqi belgilari (barg plastikasining rangi, barglarining so’lishi, g’o’za gullari ochilishi va asosiy poyaning o’sishi jadalligi)ga qarab belgilash;
- tuproq namligiga qarab belgilash.
Tuproqdagi namgarchilikning kamayishi yoki ortishiga qarab o’simlik barglarining so’rish kuchi o’zgaradi. Uning miqdorlari bargning yaruslarda joylashgan o’rni shamol, havo namligi va boshqa omillarga bog’liqdir navbatdagi sug’orishlarning muddatlari g’o’zani 1-rivojlanish davrida surish kuchini 11-12 atm.gacha yetganda, 2-davrida 13-14 atm. va 3-davrida 15-16 atm. ga yetganda belgilanadi. Sho’rlangan yerlarda esa uning miqdori 2 atm. gacha ko’paytiriladi. O’simlik barglari so’rish kuchini aniqlash uchun barglar kunning eng issiq vaqtida (13 dan 15 gacha) olinadi.(8-10 barg) va u ma’lum miqdordagi qand eritmasining so’rish kuchi bilan taqqoslanadi.
Sug’orish muddatlarini aniqlashning yanada soddaroq usuli – bu hujayra shirasining konsentrasiyasiga ko’ra aniqlashdir. Buning uchun soat 13-15 larda uchastkaning diaganali bo’yicha uch xil joydan 6 ta o’simlik tanlanib, ularning uchidan pastki 3-4 barg yulib olinadi va alyumin stakanchalarga solinib, bir necha tomchi toluol tomiziladi va 20 minutdan keyin ularning sharbati siqib olinib qo’l refraktometr yordamida uning konsentrasiyasining 8 % ga yetishi usimlikning suvga chiqqanligini ko’rsatadi.
Qishloq xo’jaligida o’simlik tashqi belgilariga ko’ra sug’orish muddadatlarini aniqlash keng qo’llanilmoqda. Masalan, tuproqda kam bo’lsa, o’simlik barglari to’q yashil rangda bo’ladi, agar xul bo’lsa och yashil rangda bo’ladi. Shu sababdan g’o’zani gullashi meva to’plashi davridagi barglar rangi to’q yashil rangi o’tishi sug’orish muddati yetilganligidan darak beradi.
Ekinlar gullashga qadar navbatdagi sug’orish muddatlarini belgilash mumkin. Agar 20 % barg so’liy boshlasa, sug’orish muddati yetilgan bo’ladi.
G’o’zaning gullash-meva to’plash davrida uning gullari oralig’iga qarab sug’orish muddatlarini belgilash mumkin. Tuproqda namlik yetarli bo’lsa o’suv shoxlari uzayadi. Agar namlik kam bo’lsa, bu oraliq qisqaradi va guyo o’suv nuqtasiga yaqinlashadi.
Gullarning yuqoriga ko’tarilishi o’simlik chiqqanligidan darak beradi.
Sug’orish muddatlarini asosiy poyaning o’sish sur’atiga qarab ham aniqlash mumkin. Markaziy iqlim zonasida g’o’za shonalash 1 kunlik o’sish 0,3-0,5 sm, umumiy balandlik esa 14-18 sm bo’ladi. Gullash davrida esa bu ko’rsatkichlar 0,8-1,5 sm va 42-50 sm bo’ladi. Kunlik o’sishi kamayishi uning chanqaganligini bildiradi.
Sug’orish muddatlarini tuproq namligiga qarab ham aniqlash mumkin. Yengil tuproqlarda uning mikdori 10-12%, o’rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda 18-20% va og’ir tuproka 25-27 % bo’ladi. Ekinlar uchun optimal namlik tuproqning nam sig’imiga nisbatan 60-80% dan past bo’lmagan miqdorda bo’ladi. Tuproq namligini aniqlash uchun tuproq namunalari g’o’za rivojlanishining 1-foizida 50 sm, 2-foizida 70-100 sm va 3-foizida 100 sm dan olinadi va u har xil usullarda aniqlanadi. Birinchi usul – tuproq namunasini termostat shkafda quritish usulidir.
Tuproqni spirtda kuydirib namligini aniqlash mumkin. Buning uchun 10 g tuproqda 4 g spirt quyib u yoqiladi. Bu ish 2-3 marta takrorlanib aniqlanadi.
Tuproq namligini aniqlash uchun Kabasv usulida chinni idishda 3 ml suv solinib, unga tuproq solish boshlanadi va tayoqcha bilan aralashtiriladi. Keyin loy tayyorlanib sharchalar yasaladi. Bunda sharchalar tashqarisida darzlar paydo bo’guncha tuproq qo’shib boriladi. So’ngra uning diametri o’lchanib Kabayev yordamchi jadvali ma’lumotlari asosida tuproq namligi dala nam sig’imiga nisbatan aniqlanadi.
XULOSA: Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish rejimi deganda o’simliklarning rivojlanish fazalariga ko’ra, sug’orish sonini aniqlash, sug’orish va mavsumiy sug’orish me’yorlarini va mu’tadil sug’orish muddatlarini belgilashni tushunamiz.
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish rejimi suvga bo’lgan talabi, iqlim zonalari, tuproq sharoitlari, sizot suvlar chuqurligi va ularning minerallashganlik darajasi, parvarish qilinayotgan ekin turi yoki navning biologik xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Ekinlarni sug’orish rejimi to’g’ri belgilash uchun Markaziy Osiyo xududi iqlim va gidrogeologik zonalarga bo’lingan.
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirilayotgan joyning iqlim, tuproq gidrogeologik sharoitlari, tuproqning meliorativ ahvolini hisobga olgan holda maqbul sug’orish rejimini tanlash va qo’llash mo’l va sifatli hosil yetishtirish garovidir.