Urug’ (chigit) suvi berish. Ekish davrida havo haroratining keskin ortib ketishi, shamollarning ko’chayishi, tuproqning bir necha marta ag’darib ishlanishi natijasida eng yuqorigi qatlamda namlik keskin kamayib ketishi mumkin, qaysiki bunday yerlarda qiyg’os kuchatlar olmaslikka, siyrak bo’lishiga olib keladi. Shu sababdan bunday sharoitlarda ekishdan so’ng chigit suvi beriladi. Buning uchun ekish bilan qator oralab 10-12 sm chuqurlikda egat olib ketiladi va shu egatlarga suvu beriladi. Yengil mexanik tuproqlarda 700-800 m3/ga, o’rtacha va og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda 800-900 m3/ga me’yorda juda ehtiyotkorlik bilan o’tkazilmog’i lozim. Tuproq yetilishi bilan qator oralari yumshatiladi, qatqaloq paydo bo’lsa rotasion motigalar yordamida yumshatiladi.
Sovuq urishiga qarshi sug’orish. Ertagi ekinlar ko’chati ekilgandan so’ng yoki mevali daraxtlar gullashi davrida keskin sovuq urishi hollari kuzatiladi. Sovuq urishi ta’sirini kamaytirish uchun zudlik bilan sug’orish o’tkazilishi mumkin. Bunda, sug’orish tuproq haroratini va yerga yaqin qatlamdagi havo haroratini bir muncha oshiradi.
XULOSA:
Sug’orish tuproqning suv, oziq, havo, issiqlik, tuz rejimlarini va unda kechadigan mikrobiologik jarayonlarni boshqarishda imkon beradi. Iqlim tuproq sharoitlarining turlicha bo’lishi bu mintaqalarda noo’suv davrida u yoki bu sug’orish turlarini qo’llashni taqozo etadi. Respublika sharoitida 1 oktyabrdan to 1 aprelga qadar qo’yidagi sug’orishlar o’tkaziladi:
Shudgordan oldin sug’orish; Nam to’plash maqsadida sug’orish; Sho’r yuvish maqsadida sug’orish; Ekin ekishdan oldin sug’orish; Chigit suvi berish; Sovuq urishga qarshi sug’orish.
Nazorat uchun savollar:
1. Qanday sug’orish turlarini bilasiz?
2. Qanday sug’orish turlari keng qo’llab kelinmoqdpa?
3. Noo’suv davrida qanday sug’orishlar o’tkaziladi?
4. Nam to’plash maqsadida sug’orish va ekishdan oldin sug’orish texnikasini ta’riflang.
20-Modul: Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish rejimi
Reja:
1. Sug’orish rejimini belgilovchi omillar
2. Mavsumiy sug’orish me’yori va umumiy suvga bo’lgan ehtiyoj.
3. Sug’orish me’yori va uni hisoblash.
4. Sug’orish muddatlarini belgilash usullari.
Tayanch tushunchalar:sug’orish rejimi, sug’orish me’yori, mavsumiy sug’orish, sug’orish muddati, sug’orish soni, iqlim zonasi, hisobiy qatlam, nam sig’imi, tuproq namligi, o’simliklar fiziologik belgilari.
Dostları ilə paylaş: |