Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа
Almashinadigan ekinlar. Qator oralari ishlanadigan ekinlar. O’t-qator oralari ishlanadiga ekinlar.
O’t-dalali, shu jumladan, tuproq, ixota o’simliklar.
O’t-qator oralari ishlanadigan ekinlar: shu jumladan, sabzavot yem-xashak, tamaki ekinlari
Qator oralari ishlanadigan ekinlar, shu jumladan sabzavot ekinlari.
Don-o’t, shu jumladan, sholi ekinlari.
Qator oralari ishlanadigan shu jumladan, sabzavot ekinlari.
Ut qator oralari ishlanadigan shu jumladan sabzavot ekinlari, g’o’za, tamaki
Turli yunalishdagi sabzavotchilik xo’jaliklari uchun ixtisoslashtirilgan almashlab ekishlarining taxminiy sxemalarida ekinlar navbatlashuvi 13-jadvalda berilgan.
13-jadval
Turli yo’nalishdagi sabzavotchilik xo’jaliklari uchun ixtisoslashgan brigadada almashlab ekishning sakkiz dalali taxminiy sxemasi.
Barcha almashlab ekishlarda yem-xashak ekinlarining salmog’i 37,5% ni, shu jumladan beda 25% ni, boshqa oziq ekinlari esa 12,5% ni tashkil etadi. Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkaning salmog’i 62,5% ga to’g’ri keladi.
Sabzavot almashlab ekishda to’rt dala sabzavot, bitta dala kartoshka bilan band qilingan yoki ularning salmog’i 50 va 12,5% ni tashkil qiladi. Poliz almashlab ekishda poliz ekinlariga uch dala, sabzavot va kartoshkaga bittadan dala ajratiladi yoki ularning salmog’i 37,5; 12,5 va 12,5% ni tashkil etadi. Kartoshka almashlab ekishda kartoshkaga uch dala, sabzavot va poliz ekinlariga esa bittadan dala ajratiladi. Kartoshka 37,5% ni, poliz ekinlari 12,5% ni va sabzavotlar 12,5% ni band qiladi.
Polizchilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarda sakkiz dalali poliz beda almashlab ekish sxemalaridan foydalaniladi. Bu almashlab ekishda 3 dala poliz ekinlari bilan band bo’lib, qolgan dalalarga beda, sabzavot ekinlari va kartoshka ekinlar beda, karam, sabzi, makkajo’xori va sholi hisoblanadi.
Lalmikor sharoitda don-shudgor almashlab ekish qo’llaniladi.
«G’alla» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi qo’yidagi almashlab ekish sxemasini tavsiya etadi.
Lalmikorlikda, qirg’oqchilik ayniqsa, keskin bo’ladigan tekislik va tekislik-tepalik mintaqasining pastki qismi uchun 5 dalali shudgor almashlab ekish tavsiya etiladi: shudgor, g’alla ekinlari.
Almashlab ekishda ekinlar malum dalalarda navbatlanish tartibi buyicha joylashtiriladi, bunda dalalar soni 2-4 dan 10-12 tagacha bo’ladi. Masalan, 10 dalali almashlab ekish bo’lsa, dalalar 10 ta bo’lib, ekinlar unda navbat bilan joylashtiriladi.
Bir qancha ekin ekiladigan almashlab ekish dalasiga dalalar to’plami deyiladi.
Dalalar to’plamiga qo’yidagi talablar qo’yiladi:
Dalalar to’plami uchun yerga bo’lgan talab.
Ishlov berish va parvarish qilish tarkibi.
Ekinlarni tuproq unumdorligiga tasiri.
Shu talablardan kelib chiqqan holda qo’yidagi dalalar to’plamini tashkil qilish mumkin.
Qator oralariga ishlov beriladigan ekinlar.
Kuzgi ekinlar (bug’doy, arpa, javdar) ekiladigan dala.
Yoppasiga ekiladigan bahorgi ekinlar dalalari (beda, bugdoy, arpa, suli, va xokazo).
Lalmikor sharoitda almashlab ekishda bita dala toza shudgor holda qoldirilib qolganlariga don ekinlari ekiladi.