Keng qatorlab ser uyalab ekish. O’rta Osiyoda sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida chigit, makkajo’xori, lavlagi va boshqa ekinlarni 60x90 sm, o’simlik orasini esa 10-30 sm qilib ekish usuli qo’llanilmoqda.
Urug’ni egatga ekish usuli. Respublikamizning janubiy paxtakor xo’jaliklari yerni egat olib sug’orib, yer yetilishi bilan yerga chigit ekmoqda. Egatlar kuzda yoki bahorda olib qo’yiladi.
Ekish muddati. O’zbekistonda ekinlar to’rt muddatda: kuzda, erta va kech bahorda hamda yezda ekiladi. O’z vaqtida ekish, mavsumiylikka hamda mazkur ekin uchun belgilangan optimal (eng qulay) muddatga bog’liq. Ekish o’z vaqtida o’tkazilsa, urug’larning unib chiqishi uchun yaxshi sharoit vujudga keladi, tuproq namligidan va oziq moddalar zaxirasidan to’liqroq foydalaniladi, shuningdek o’sishda begona o’tlardan o’tib ketadi.
Kuzgi bug’doyni maqbul muddatlarda ekish katta ahamiyatga ega. Kuzgi bug’doyni sug’oriladigan yerlarda, lalmi yerlarga nisbatan ertachi muddatlarda ekish kerak. Chunki, bunday yerlar suv bilan taminlangan bo’lib, urug’ ekilgandan so’ng, sug’orish natijasida maysalarni to’liq undirib olish mumkin. Ertagi muddatlarda ekilgan bug’doy kuzda o’sib ketadi, kasallik va zararkunandalardan ko’p zararlanadi, natijada yomon qishlaydi, siyraklashadi va hosili pasayadi. Kech ekilganda esa urug’larning dala sharoitida unuvchanligi pasayadi, o’simlik to’planaolmaydi, kuzgi-bahorgi namlik zaxirasidan yaxshi foydalana olmaydi, o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi va kam hosil beradi.
Kuzgi bug’doy maqbul muddatda ekilganda, maqbul miqdordagi harorat, namlik va oziq moddalar bilan taminlanganda kuzgi vegetasiyasi tugaguncha 3-5 tagacha novda hosil qiladi, o’simliklarning qishga chidamliligi va mahsuldorligi ham yuqori bo’ladi. Ekish muddati, tuproq iqlim-sharoiti va ekinlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Professor N.Xalilov (1994) tajribalarida Samarqand viloyatining sug’oriladigan yerlarida biologik kuzgi bug’doy navlari maqbul ekish muddati oktyabr oyining birinchi o’n kunligi, biologik bahori va duvarak navlar uchun oktyabr oyining ikkinchi o’n kunligi aniqlangan bo’lsa, P.Bobomirzayev (1998 yil)ning tadqiqotlarida esa, Qashqadaryo viloyati sug’oriladigan yerlarida biologik bahori va duvarak bug’doy navlari uchun optimal ekish muddati oktyabr oyining uchinchi o’n kunligi ekanligi aniqlangan. Shuning uchun, kuzda bug’doyning oktyabr-noyabr oylari maysalashi, noyabr oylarining oxiriga to’planishi va shu rivojlanish davrida qishlashi kuzda tutilishi kerak.
Shuni hisobga olgan holda, kuzgi bug’doyning ekish uchun qulay muddatlari shimoliy viloyatlar (Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati) uchun sentyabr oyining birinchi va ikkinchi o’n kunligi, markaziy viloyatlar uchun sentyabrning so’ngi o’n kuni oktyabrning boshlari va ikkinchi un kunligi va janubiy viloyatlar uchun oktyabrning ikkinchi va uchinchi o’n kunligi hisoblanadi.
Lalmikor yerlarda kuzgi don ekinlari urug’larini kuzda qurib qolgan tuproqqa ekish yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun kuzgi bug’doy mintaqa ob-havo sharoitiga qarab, yog’ingarchilik kunlar yaqinlashib qolganda yoki yog’ingarchiliklardan keyin ekiladi.
Lalmikorlarda kuzgi bug’doy ekish uchun optimal muddat Kattaqo’rg’onda dekabr, Qarshida noyabr, Qamashida oktyabrning ikkinchi yarmi, G’allaorolda sentyabr, Baxmalda sentyabr, oktyabr oylari hisoblanadi. Optimal muddatlardan erta yoki kech ekilganda kuzgi bug’doy hosili kamayadi.
Malumki, chigitni doimiy o’rtacha harorat 12-14 0S bo’lganda ekish kerak. O’zbekistonda chigit ekiladigan eng qulay muddatlar taxminan qo’yidagicha (9-jadval).
Demak, chigitni nihoyatda erta va kech muddatlarda ekib sog’lom va to’liq ko’chat olish mumkin emas.
9-jadval
O’zbekistonda chigit ekish muddatlari
Viloyatlar
|
Ekish muddatlari
|
Surxondaryo: janubiy tumanlarda
shimoliy tumanlarda
Qashqadaryo: janubiy tumanlarida
shimoliy tumanlarida
Buxoro
Andijon
Namangan
Sirdaryo
Jizzax
Toshkent
Farg’ona
Samarqand
Andijon viloyatining tog’li tumanlari
Xorazm
Qoraqalpog’iston Respublikasi:
janubiy tumanlarda
shimoliy tumanlarda
|
25 martdan 10 aprelgacha
1-10 aprel
25 martdan 10 aprelgacha
1-10 aprel
1-15 aprel
1-15 aprel
1-15 aprel
1-15 aprel
1-15 aprel
5-15 aprel
5-15 aprel
5-20 aprel
5-20 aprel
10-25 aprel
15-30 aprel
20 apreldan 5 maygacha
|
Urug’ning unib chiqishi uchun zarur bo’lgan issiqlikka qarab bahorgi ekinlar ikki guruhga bo’linadi.
Birinchi guruhga erta bahorgi, urug’ning unishi uchun 5 0S dan past harorat talab etadigan va maysalari sovuqqa chidamli arpa, bug’doy, suli, no’xat, kungaboqar, qand lavlagi, china, ko’p yillik va bir yillik o’tlar (vika, seradella) va boshqa ekinlar kiradi. Bu ekinlar ko’pchilik tumanlarida yer yetilishi bilan, bahorning boshi yoki o’rtalarida ekiladi.
Ikkinchi guruhga issiqsevar, sovuqqa chidamsiz, urug’ining unishi uchun 8-120S zarur bo’lgan ekinlar- makkajo’xori, paxta, tariq, jo’xori, sholi, soya, loviya, yereng’oq, kunjut hamda barcha poliz ekinlari qovun, tarvuz, oshqovoq va boshqalar kiradi. Bu ekinlar tuproqning ustki qismi (0-10 sm) 10-140S qiziganda ekiladi.
Ekish meyori. Bir gektar yerga ekiladigan urug’ning og’irlik miqdori ekish meyori deyiladi. Ekish meyori ekinning turiga, urug’ning absolyut og’irligiga, yirik-maydaligi, o’nib chiqish darajasi, tozaligi, ekish usuliga va boshqalarga bog’lik bo’ladi. Bir gektar yerga ekiladigan urug’ ming yoki million dona hisobida ifodalansa, ekish meyorini yanada aniqroq tasavvur etish mumkin. Ekish meyorini kilogramm hisobida qo’yidagi formula bilan ifodalash mumkin.
E=S x O
Bunda S-bir gektar yerga ekish uchun sarflanadigan kondision urug’lar soni;
O-1000 dona urug’ning vazni.
Agar 1000 dona sholi urug’ning o’rtacha vazni 35 g bo’lsa bir gektar yerdan 5 mln tup ko’chat olish uchun (5 mln x 35 g/=175 kg) urug’lik sholi ekish kerakligi aniqlanadi. Urug’ning xo’jalik jihatdan yaroqliligi past bo’lsa, ekish meyorini tuzatish asosida to’g’rilanadi. Agar urug’lik sholining xo’jalikka yaroqliligi 95% ni tashkil etsa, gektariga ekin meyori 175x100/95=184,2 kilogramni tashkil etadi.
Urug’ ekish meyori, shu ekin ekilayotgan xo’jalikning tuproq-iqlim sharoitiga, ekish muddatiga va usuliga qarab o’zgaradi. Chigit ekish meyori ekish usuliga bog’liq. O’rta tolali g’o’za navlari uchun ekish meyori qo’yidagicha bo’lishi tavsiya etiladi (10 jadval).
Ekish meyori to’g’ri belgilanganda, har gektar yerda o’simliklar tegishli qalinlikda unadi va yuqori hosil yetishtiriladi. Tukli chigit seruyalab ekilganda, gektariga 60 kg, tuksizlantirilgan chigit aniq miqdorda uyalab ekilganda 25-30 kg urug’lik sarflanadi.
10-jadval
Ekish usuliga ko’ra chigit ekish meyori (ga/kg)
Ekish usuli, sm
|
Tukli chigit
|
Tuksiz chigitni uyalarga belgilangan miqdorda ekish
|
60x10
60x15
60x45
60x60
60x25
90x5
90x10
90x20
|
40-45
35-40
45-55
35-40
90-100
40-50
40-45
35-45
|
25-28
22-35
25-30
25-30
25-30
25-28
21-35
22-25
|
Kuzgi bugdoy, ekish meyori lalmi yerlarda, unumsiz va suv bilan kam taminlanganligi sababli sug’oriladigan yerlarga nisbatan kam bo’ladi. Urug’ni ekish meyori lalmi yerlarning sharoitiga qarab har xil bo’ladi. Tog’oldi va tog’li mintaqalarda ko’proq, tekislik va do’ngli tekis mintaqalarda kamroq urug’ sarflanadi. Shunga ko’ra, bunday yerlarda bir gektar yerga 2,0-2,5 mln dona, yani 60-70 kg dan 120-125 kg gacha urug’ sarflanadi.
Sug’oriladigan yerlarning unumdorligi yuqori va suv bilan yetarli taminlanganligi sababli o’simlik qalinligini oshirish hisobiga yuqori hosil olinadi. Shuning uchun sug’oriladigan yerlarda urug’ ekish meyori lalmi yerlarga nisbatan ikki barovar ko’p, yani gektariga 4-5 mln dona urug’ eqilishi kerak.
Professorlar Ye.P.Gorelov va N.Xalilov (1981) Samarqand viloyatidagi tajribalari natijalari shuni ko’rsatadiki, biologik kuzgi navlarni optimal ekish meyori gektariga 3,0 mln. dona urug’, biologik bahori navlarniki esa, gektariga 4,5 mln dona urug’ ekanligi aniqlandi.
P.Bobomirzayev (1998)ning olib borgan tajribalarida esa, Qashqadaryo viloyatining sug’oriladigan yerlarda biologik bahori va duvarak navlarni maqbul ekish meyori, gektariga 4,0 mln unuvchan urug’ yoki gektariga 180-200 kg urug’ ekanligi aniqlandi.
Demak, kuzgi bug’doyni ekish meyori urug’likning sifati hamda ekish sharoitiga qarab 180-220 kg bo’lishi kerak.
Ekish muddatlari ham ekish meyorlariga ta’sir etadi. Ekish optimal muddatlardan kechikkanda ekish meyori oshiriladi. Kech ekilgan o’simliklarda tuplanish koeffisiyenti kam bo’ladi.
Ekish chuqurligi. Urug’ normal tekis unib chiqishi va maydonlardan to’liq ko’chat olishda ekish chuqurligini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega. Ekish chuqurligini belgilashda urug’ning yirik-maydaligi asosiy rol uynaydi.
Yirik urug’li ekinlar makkajo’xori, no’xatni 5-6 sm, mayda urug’lilar beda, kunjut va boshqalarni 1,0-1,5 sm chuqurlikda ekish kerak. Ikki pallali ekinlar urug’ini bir pallalilarninikiga qaraganda yuzaroq ekish kerak. Chunki, ular urug’ pallasini ko’tarib chiqadi. Agar u belgilangan meyoridan chuqurroq ekilsa, unib chiqishida urug’idagi oziq moddalar ko’proq sarflanib, maysa nimjon bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Ilmiy malumotlarga va ishlab chiqarish ilg’orlarining tajribalariga asoslanib har bir ekin urug’ining ekish chuqurligi belgilangan (11-jadval).
Urug’ ekish chuqurligiga ekish vaqtidagi ob-havo sharoiti tasir etadi. Masalan, agar bahorda yog’ingarchilik ko’proq bo’lib, tuproq sernam bo’lsa, urug’ yuzaroq ekilishi kerak. Aksincha, tuproqdagi nam urug’ning unishi uchun yetarli bo’lmasa, u bir oz chuqurroq ekiladi.
11-jadval
Ekinlar urug’ining ekish chuqurligi (o’rtacha)
Ekinlar turi
|
Urug’ni ekish chuqurligi, sm
|
Chigit
Makkajo’xori
Jo’xori
Beda
Lavlagi
Ko’k no’xat
Mosh
Bug’doy (bahorikorlikda)
Arpa
Kanop
Kunjut
|
4-5
5-6
4-5
0,5-1,5
3-4
4-7
3-4
3-5
3-5
2-3
3-5
|
Urug’ni ekish chuqurligini belgilashda, tuproq mexanik tarkibi hisobga olinib yengil tuproqli yerlarda urug’ chuqurroq, og’ir soz tuproqli yerlarda esa yuzaroq ekiladi.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan barqaror hosil yetishtirishda ekiladigan nav, urug’lik va uni sifatli qilib ekish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bunda ekinlarni ekish usullari: yoppasiga qatorlab, tor qatorlab, shaxmat usulida, lenta shaklida, egat tagiga, keng qatorlab, pushta ustiga ekishlardan foydalanilib, ekinlarni ekish muddatini, me’yorini va chuqurligini to’g’ri belgilash orqali erishish mumkin.
1.Dehqonchilikda yer tekislashni maqsadi va ahamiyati nimada?
2.Yerlarni asosiy tekislash qanday amalga oshiriladi?
3.Yerni qisman tekislashni mohiyatini izohlang?
4.Joriy tekislash deganda nimani tushunasiz?
5.Tuproqqa ekin ekishdan oldin ishlov berishni maqsadi nimada va u qanday amalga oshiriladi?
6.Qator oralari ishlanadigan ekinlarga qanday ishlov beriladi?
7.Yoppasiga ekilgan kuzgi ekinlarni parvarishi nimalardan iborat?
8.Yoppasiga ekilgan bahorgi ekinlar qanday parvarish qilinadi?
9. Ekinlarni sifatli ekishni ahamiyatini tushuntiring?
10. Qishloq xo’jalik ekinlari qanday usullarda ekiladi?
Dostları ilə paylaş: |