«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


–Modul BEGONA O’TLAR, ULARNING ZARARI VA BIOLOGIK XUSUSIYaTLARI



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə26/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

7 –Modul

BEGONA O’TLAR, ULARNING ZARARI VA BIOLOGIK XUSUSIYaTLARI.





Reja:

1. Begona o’tlar haqida tushuncha, ularning dehqonchilikka keltiradigan zarari.
2. Begona o’tlarning biologik xususiyatlari. (serurug’liligi, urug’lar unuvchanligining o’zoq yillar saqlanishi, urug’larni har hil muddatlarda unib chiqishi).
3.Begona o’tlarning ko’payishi va tarqalish yo’llari.



1.Begona o’tlar haqida tushuncha va ularni dehqonchilikka keltiradigan zarari
Inson tomonidan ekilmaydigan, ammo, ekinlar orasida o’suvchi va hosilning miqdori hamda sifatiga yomon ta’sir qiluvchi, ya’ni zarar keltiruvchi o’simliklar, begona o’tlar deyiladi. Begona o’tlar ikki guruhga xaqiqiy va shartli begona o’tlarga bo’linadi:
1.Xaqiqiy begona o’tlar ekinlar orasida o’sadigan yovvoyi o’simlik-lardir. Masalan, g’o’za va boshqa ekinlar orasida o’sadigan pechak, yovvoyi gultojixo’roz;
2. Shartli begona o’tlar yetishtirilayetgan ekinning u yer bu yerida uchraydigan madaniy o’simliklardir. Masalan, bug’doy orasida uchraydigan arpa, paxtazorda uchraydigan makkajo’xori, tarvuz, pomidor shartli begona o’t hisoblanadi.
Ba’zi begona o’tlar aloxida ekin orasida o’sishga moslashgan. Masalan, kurmak sholipoyada, zarpechak dukkakli don ekinlari va dukkakli ekinlar, beda orasida o’sishga moslashgan. Bunday begona o’tlar moslashgan begona o’t deyiladi. Begona o’tlarni yo’qotish uchun ko’p mablag’ va mexnat talab qilinadi.
Begona o’tlar qishloq xo’jaligiga juda katta zarar yetkazadi. Ular hosil miqdori va sifatini pasaytiradi. Begona o’tlar tufayli duneda har yili 20 milliard dollar atrofida zarar ko’riladi. O’zbekistonda esa har yili 15-20 % paxta, 10-20 % sabzavot hosili kam olinmokda. G’o’za qator oralaridagi begona o’tlarni yo’qotish uchun gektariga 25 ishchi kuni yo’qotilmokda. Paxta yetishtirish uchun sarflangan yalpi harajatning taxminan 40%, makkajo’xorichilikda esa 25 % begona o’tlarni yo’qotishda qo’l mehnatiga sarflanishiga to’g’ri keladi.
Begona o’tlarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga keltiradigan zarariga qo’yidagi omillar sabab bo’ladi:

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin