Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа
5. Issiqlik rejimini boshqarish usullari Issiqlik rejimini boshqarish tuproq unumdorligini oshirishda va ekinlardan mo’l hosil yetishtirishda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ekinlarning turiga qarab, urug’ning unib chiqishi, o’sishi va rivojlanishi uchun har xil miqdorda issiqlik talab etiladi.
Yerga solingan chirimagan go’ng, organik o’g’itlar tuproqning issiqlik rejimini yaxshilaydi, chunki 1 t go’ng chiriganda 3-4 mln katta kaloriya issiqlik ajralib chiqadi.
Yerni barqaror sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda samarali tadbirlardan hisoblanadi.
Sizot suvlar yuza joylashgan yerlarda suv sathini pasaytirish tuproq issiqlik rejimini yaxshilashga yordam beradi.
Egat, jo’yak olib tuproq temperaturasini oshirish mumkin. Bunda egat va jo’yaklarning chuqurligiga ko’ra mayda sathi tekis yerlarga nisbatan 20-30 % oshadi. Bu esa o’z navbatida o’suv davrida haydalma qatlam haroratini bir muncha oshirib o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bunday yerlarda chigit tekis yerdagiga nisbatan 5-6 kun oldin unib chiqadi.
Tajribalarga qaraganda, egat va jo’yaklar olish bilan bog’liq bo’lgan sarf harajatlar olingan qo’shimcha hosil evaziga bir necha marta ortig’i bilan qoplanib ketadi.
Tuproq haroratini oshirishni va issiqlik rejimini tartibga solishning yana bir asosiy omili chigit yoki boshqa ekinlar urug’i ekilgandan keyin yerlarni Mulchalashdir. Mulcha sifatida chirigan go’ng, ko’mir kukuni, qora qog’oz va plyonka kabi materiallardan foydalanish mumkin. Xususan sabzavotchilikda keyingi yillarda Mulcha sifatida polietilen va poliamid kabi polimer plyonkalardan keng ko’lamda foydalanilmokda.
O’simliklarning urug’larini unib chiqishi, normal o’sib rivojlanishi va hosilni o’z vaqtida pishib yetilishi tuproqdagi issiqlikka bog’lik. Shuning uchun ham o’simliklar issiqlikka bo’lgan talabiga ko’ra maqbul iqlim poyasida va janubiy kengliklarda o’sadigan turlariga bo’linadi. Bunda, tuproqning issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanligi, issiqlik balansi muhim ahamiyatga ega.
aqliy hujum.
Bevosita jamo bo’lib, “fikirlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikirlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikirlarni engishdir.
1. Tuproq va atmosfera havosini ahamiyati, ular o’rtasidagi farq nimada?
2. Tuproqni xavo rejimi va uni yaxshilash tadbirlarini ko’rsating?
3. O’simliklar uchun issiqlikning qanday ahamiyati bor?
4. O’simliklarning issiqlikka bo’lgan talabi qanday?
5. Tuproqda issiqlik rejimi qanday tartibga solinadi?