Amaliy mashg‘ulot: Ko‘p yillik begona o‘tlarning ta’rifi Mashg‘ulot maqsadi



Yüklə 26,51 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü26,51 Kb.
#171672
  1   2   3
2-amaliyot


Amaliy mashg‘ulot: Ko‘p yillik begona o‘tlarning ta’rifi
Mashg‘ulot maqsadi: Ko‘p yillik begona o‘tlar, ularning tarqalishi, keltiradigan zarari bilan tanishisht.
Mashg‘ulot mazmuni. Ko‘p yillik begona o'tlar biologik belgilariga qarab bir yillik va ikki yillik begona o‘tlardan farq qiladi. Hayoti davomida ular bir necha marta hosil tugashi o‘rganiladi.
Bu biologik tipning ko'pgina vakillari, asosan, vegetativ (ildizpoya va ildiz bo‘laklaridan) va generativ yo‘1 bilan (urug'idan) ko‘payadi. Qishga borib kо'p yillik begona о‘tlarning poyasi nobud bo‘ladi. Kelgusi yili tuproqda qolgan ildiz va ildizpoyalardan yangi poya o‘sib chiqadi va rivojlanadi.
K.M.Mo‘minov, Sh.X.Rizaev (2007) ma'lumotlariga ko‘ra, Respublikamiz va Samarqand viloyati g‘allazorlarida 79 turdan ortiq begona o‘tlar tarqalgan bo‘lib, shundan efemerlar 2, erta bahorgilar 6, kech bahorgilar 31, qishlovchilar 4, ikki yilliklar 4, ko‘p yillik o‘q ildizlilar 11, ildiz poyalilar 8, ildiz bachkililar 10, shingil ildizlilar 3 turni tashkil etadi.
Yer osti organlarining tuzilishiga ko‘ra, popuk ildizli, shingil ildizli, o‘q ildizli, ildizpoyali, ildizbachkili va piyozli begona o‘tlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, yer usti organlarining tuzilishiga qarab, sudralib o‘suvchi begona o‘tlar ham farq qiladi.
Popuk Jldizli begona o‘tlarning o'qildizi mutlaqo bo'lmaydi. Yer usti poyasi ko‘paya borib, chim hosil qiladi. Bularga shuchka misol bo‘ladi.
Shuchka-Deschampsia caespitosa (L.) P.B., boshoqdoshlar (Gramineae) oilasiga kiradi. Asosan, MDH ning Yevropa qismida tarqalgan. O‘rta Osiyo va Kavkaz tog‘larida uchraydi. O‘tloqlarda, yaylovlarda, o‘rmon yoqalarida o‘sadi, ko‘pincha ko‘p yillik xashaki o'tlar orasida uchraydi. Eng zararli begona о‘t hisoblanadi, chunki do‘ngliklar hosil qilib, ekinlarni parvarish qilishni, hosilni yig'ishtirib olishni qiyinlashtiradi va pichanning sifatini pasaytiradi.
Shingil ildizli begona o'tlarning juda qisqargan o‘qildizi bo‘ladi, ulardan shingil shaklida qo'shimcha ildizlar chiqadi. Bu guruhga, masalan, zupturum va bargizub kiradi.

Yüklə 26,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin