Amaliy mashg‘ulot: Ko‘p yillik begona o‘tlarning ta’rifi Mashg‘ulot maqsadi


Zupturum - Plantago major L., zupturumdoshlar (Plantaginaceae) oilasiga



Yüklə 26,51 Kb.
səhifə2/3
tarix02.12.2023
ölçüsü26,51 Kb.
#171672
1   2   3
2-amaliyot

Zupturum - Plantago major L., zupturumdoshlar (Plantaginaceae) oilasiga kiradi. Hamma joyda: dala va polizlarda, yollar, ariqlar bo‘yida, bog'larda uchraydi. Barglari keng tuxumsimon bo‘lib, ildiz bo‘g ‘zidan chiqadi. Asosan, urug'idan ko‘payadi.
O‘qildizlilar guruhiga bitta asosiy o‘qildizi bo'lgan juda ko‘p mayda yon ildizlar chiqaradigan begona o'tlar kiradi. Ular, asosan, urug‘idan ko‘payadi, lekin vegetativ yo‘l bilan ham ko‘payishi mumkin. Bularga erman, qoqio‘t, izen, sho‘ra, maydabarg, otquloq kiradi.
Qoqio‘t-Taraxacum vulgaie (Lam.), murakkabguldoshlar (Compositae) oilasiga kiradi. Hamma yerda: bog'larda, polizlarda, tashlandiq yerlarda juda ko‘p o‘sadi. Kauchukli o‘simlik hisoblanadigan ko‘ksag‘iz ekinining eng zararli begona o‘tidir.
Izen - Kochia prostrata L., sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) oilasiga
kiradi. 3 balli sho‘rlangan yerlarda keng tarqalgan, qurg‘oqchilikka chidamli. G‘o‘za ekinlari orasida kam uchraydi. Sho'rxok yerlarni o'zlashtirishda agrotexnologik tadbirlarning sifatiga va o'z vaqtida o‘tkazilishiga qarab, birinchi uch yil ichida yo‘qolib ketadi.
Sho‘rak - Salsola verrucosa M.B., sho‘radoshlar (Chenopodiaceae)
oilasiga kiradi. 5 balli sho'rlangan sho‘rxok tuproqli yerlarda ko‘p uchraydi. G‘o‘za ekini orasida kam uchraydi. U yerni chuqur haydash bilan tez yo‘qotiladi.
Ildizpoyalilar guruhiga kiradigan begona o‘tlar ildizpoyasidan, ya’ni shakli o'zgargan sudralib o'sadigan yer usti poyasidan ko'payadi, tuproqqa har xil yo‘nalishda chuqur kirib boradi. Bunday ko'payish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ular juda tez о‘sib, ekinlarni siqib qo'yadi. Bu guruhga mansub begona o‘tlarning ildizpoyasi xilma-xil o‘lchamda uzun-qisqa va turli shaklda - silindrsimon, ingichka chizimchasimon va yirik tuganaksimon bo‘ladi. Ularda zaxira oziq moddalar bor. Ildizpoyalarning ucliida va yonlarida ko‘p kurtaklar bo‘lib, ulardan novda rivojlanadi.
Ildizpoyaning bitta yoki bir nechta kurtagi bo‘lgan biror bo‘lagidan yangi o‘simlik rivojlana oladi. Ildizpoyali begona o‘tlarning tez ko‘payishi va ularning urug‘idan hamda ildizpoyasidan o‘sish xususiyati ularga qarshi kurashishni ancha qiyinlashtiradi. Sug‘oriladigan yerlarda, asosan, boshoqdoshlar va hiloldoshlar oilalariga mansub ildizpoyali o‘simIiklar uchraydi. O‘zbekistonda ildizpoyali begona o‘tlardan asosan g‘umay, salomalaykum, ajriq, qamish, bug‘doyiq, qizilqiyoq va ro‘vak katta zarar keltiradi.

Yüklə 26,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin