Amaliy mashg‘ulot: Ko‘p yillik begona o‘tlarning ta’rifi Mashg‘ulot maqsadi


G‘umay-Sorghum halcpence (L.Brot.), boshoqdoshlar (Gramineae) oilasiga



Yüklə 26,51 Kb.
səhifə3/3
tarix02.12.2023
ölçüsü26,51 Kb.
#171672
1   2   3
2-amaliyot

G‘umay-Sorghum halcpence (L.Brot.), boshoqdoshlar (Gramineae) oilasiga kiradi. U deyarli hamma ekinlar orasida o'sadi.O‘rta Osiyoda g‘umay, g‘o‘za orasida o‘sadigan eng zararli begona o‘t hisoblanadi. May-iyunda gullaydi, iyul-oktyabrda hosil tugadi. Poyasining bo‘yi 1,5 m gacha yetadi, past tomonidan shoxlaydi.
G‘umay urug'idan va ildizpoyasidan ko‘payadi. Bir tup o‘simligida 1- 80 tagacha ildizpoya va 800 gacha bo‘g‘im hosil bo‘lishi mumkin. Tuproqda ildizpoyalar ko‘p bo‘lishi tuproqqa ishlov berishni qiyinlashtiradi. G‘o‘za va boshqa ekinlarni juda siqib qo‘yadi. G‘umay tashqi belgilariga ko‘ra, sudan o‘tiga o‘xshaydi va uning eng zararli begona o‘ti hisoblanadi. Lekin baquwat rivojlangan ildizpoyasi va yirik boshoqchalari bilan undan farq qiladi. Yosh poyalari chorva mollarini zaharlaydi, bu hol ko‘pincha qurg‘oqchilik yillari kuzatiladi. Chunki bu davrda poyalari o‘sishdan to‘xtab, so‘lib qoladi va tarkibida zaharli sinil kislota to‘planadi.
Ajriq - Cynodon dactylon (L.) Pers., boshoqdoshlar (Gramineae) oilasiga mansub. O‘zbekistonda barcha ekinlar, ayniqsa, g‘o‘za orasida nihoyatda ko‘p o'sadi. 1 balli sho‘rlangan tuproqlarda uchraydi. Ajriqdan qumliklarni mustaxkamlash uchun foydalaniladi.
Salomalaykum-Cyperus rotundus L., qiyoqdoshlar (Суретасеае) oilasiga kiradi. Uning 400 ga yagin turi bor. Poyasi to‘g‘ri, uch qirrali, ingichka, sillig, bo‘yi 15 -20sm ga yetadi. O'zbekiston sharoitida iyun-avgustda gullaydi. Urug‘idan ganday ko‘paysa, poyasidan ham shunday ko'payadi. Ildizpoyasi yer yuzasiga gancha yagin joylashsa, bachkilar shuncha ko‘p chigadi. Ko‘milish chugurligiga garab bitta tuganak turlicha-1-5 sm da 4 ta bachki, 10-15 sm da 2 ta bachki, 20-30 sm da 1 ta bachki hosil giladi. Salomalaykum urug‘i, odatda, bahorda juda sekin, bir necha yil davomida unib chigadi.
Qamish - Phiagmites communis Tiin., boshoqdoshlar (Gramineae) oilasiga kiradi. Qamish botqoq tuproqli va sizot suvlari yuza joylashgan dalalarda targalgan. Sizot suvlar gancha yuza bolsa, qamish shuncha ko‘p bo‘ladi. Qamish, asosan, vegetativ va gisman generativ yo‘l bilan ko'payadi. Ildiz tizimining baquvvat rivojlanganligi, poyasining tez о‘sib ketishi unga garshi keskin kurash olib borishni talab etadi.
Ildiz bachkililar guruhiga o‘qildizdan tashgari, tuproqqa 6 m gacha chuqur kirib boradigan, yer yuzasiga yagin joylashgan ko‘pgina yon ildizlari bo‘lgan begona o‘tlar kiradi. Yon shoxlarida va asosiy ildizida kurtaklar ko‘p bo‘ladi, bu kurtaklardan yangi o'simlik o‘sib chiqadi.
Ildiz bachkili ko‘p yillik begona o'tlarga qarshi kurashishning qiyinchiligi shundaki, yerni har xil materiallar bilan ishlaganda kesish jo yida turli chuqurlikda (ko‘pincha 23 sm chuqurlikkacha) 5-10 tanacha va undan ortiq yangi novdalar hosil bo‘ladi. Yer yuza haydalganda novdalar ko‘p va chuqur haydaganda oz hosil bo‘ladi. 22-23 sm va undan chuqur haydalganda o‘sish kuzatilmaydi. Bunday begona o‘tlarga qarshi kurashda ularning biologik xususiyatini hisobga olish kerak.
O‘zbekistonda g‘o‘za va boshqa ekinlar orasida bu guruhga mansub 26 turga yagin begona o‘t o‘sishi, shulardan 16 tasi, jumladan, kakra, bo‘ztikan, qo‘ypechak, qizilmiya, achchiqmiya, yantoq, sofora, oqbosh, takasoqol, kermak va boshqalar ko‘p uchraydi.
Nazorat savollari.

  1. Ko‘p yillik begona o‘tlar tarifini ayting.

  2. Ko‘p yillik begona o‘tlar biologik xususiyatlariga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?

  3. Popuk ildizli, shingil ildizli, о‘qildizli, ildizpoyali, ildizbachkili va piyozli begona o‘tlar to‘g‘risida tushuncha bering.

  4. Ko‘p yillik begona o'tlarning kam yillik begona o'tlardan farqi va asosiy biologik xususiyatlarini tushuntirib bering.

Yüklə 26,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin