177
Bu xususda Imom alG‘azzoliy (1057–1111) bir misolni kelti
radi: inson uyiga mehmon kelishidan oldin hammayoqni toza
laydi, ko‘zga xunuk ko‘rinadigan narsalarni yo‘qotib, iloji boricha
chiroyli ko‘rsatishga harakat qiladi. Inson o‘z Rabbisi huzurida
turish – ibodat qilishdan oldin ham qalbini shunday toza va chi
royli qilishga intiladimi?
Islomda axloq yaxshi va yomon xulqlarga bo‘linadi. Cрiroy
li xulqlarning eng birinchisi qilib rostgo‘ylik qaraladi. Payg‘am
barning «musulmonda kamchiliklar bo‘lishi mumkin, ammo un
da yolg‘onchilik bo‘lishi mumkin emas», degan so‘zlari bunga
dalildir. Yolg‘onchilik Qur’onda ham, hadisda ham eng yomon
illat, katta gunoh sifatida qoralanadi.
Islom Arabiston yarim orolidan chiqib boshqa mamlakat va
xalqlar orasida tarqalishi bilan axloq normalarining ham o‘zi
ga yarasha rivojlanish jarayoni yuz berdi. Islomning asosiy axloq
normalariga kirmay qolgan jihatlar «mustahab» («ulamolar huzu
rida yaxshi ko‘rilgan») amallar sifatida «ilova» qilindi.
Turli dinlardagi axloq normalari orasida asosan birbiriga
o‘xshash jihatlar ko‘proq bo‘lsada, ular orasida ziddiyatli jihat
lari ham mavjud. Masalan, islomda oila qurmay «bo‘ydoq, be
va» yurish qoralanib, oilasidan biron sababga ko‘ra ajralgan kishi
yangi oila qurishga targ‘ib etilsa, xristianlikda ikkinchi oila qu
rish gunoh hisoblanib, hattoki xiyonat darajasiga ko‘tarilgan.
Nafaqat boshqaboshqa dinlar orasida, balki bir din ichida
gi turli oqim va mazhablardagi axloq normalari orasida har xil
lik borligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday har xillikka sabab tur
li xalqlarning biron dinni qabul qilishlarida o‘z milliy urfodat,
qadriyatlar, axloq normalarini diniylashtirishga bo‘lgan intilish
laridir.
Dostları ilə paylaş: