Dinshunoslikka


Din va axloq o‘rtasidagi munosabatlar inqirozi oqibatlari



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Dinshunoslikka kirish

3. Din va axloq o‘rtasidagi munosabatlar inqirozi oqibatlari.
O‘tgan asrning so‘nggi choragi va XXI asrning dastlabki yilla­
rida g‘arbdagi yetakchi davlatlar iqtisodiy­ijtimoiy, siyosiy, il miy 
texnologik taraqqiyot borasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan 
bo‘lsa­da, bu natijalarni shubha ostiga olayotgan, hatto g‘arbo­
na tamaddunning madaniy va ma’naviy­axloqiy jihatdan yemi­
rilib borayotganini asoslashga urinayotgan turli konsepsiyalar 
paydo bo‘ldi. Sirasini aytganda, bunday yondashuvning ilk kur­


183
taklari hayot falsafasi ta’limotining asoschilaridan biri, nemis 
faylasufi Otto Shpenglerning «Ovruponing so‘nishi» (1922), Ye­
rix Fromm 
ning «Erkinlikdan qochish» (1941), «Xomxayollar 
qurshovida» (1962), «Umidlar inqilobi» (1968), Daniel Bel lning 
«Maf 
kuraning yemirilishi» (1960) kabi asarlaridayoq namo­
yon bo‘la boshlagan edi. Shunisi e’tiborliki, rivojlangan g‘arb 
mamlakatlari taraqqiyotning yangi – postindustrial bosqichiga 
ko‘tarilishi bilan bunday intilishlar so‘nish o‘rniga yanada avj ol­
di. Bu davrda taniqli ingliz olimi Arnold Toynbining «Tamad­
dun – ta rix hukmi oldi da», Fridrix Xayekning «Qullik sari yo‘l» 
(1989), Frensis Fuku yamaning «Tarix intihosi» (1985), «Tarix in­
tihosi va so‘nggi odam» (2004), Jak Barzumning «Yorug‘likdan 
zulmat sari: g‘arb madaniy hayotining 500 yillik tarixi» (2000) 
va boshqa ko‘plab asarlar birin­ketin chop etildi. Ular orasi­
da Richard Nikson va Ronald Reyganning sobiq yordamchisi, 
amerikalik taniqli faylasuf, jurnalist va siyosiy sharhlovchi Patrik 
Byukenenning «G‘arb ning halokati» (2002) asari alohida o‘rin 
tutadi. Asarda muallif, statistik va sotsiologik ma’lumotlar ham­
da ko‘plab taniqli olim­mutaxassislarning fikr­mulohazalariga 
tayangan holda, g‘arb tamadduni asoslariga tahdid solayotgan 
quyidagi xavf­xatarlarga e’tibor qaratadi: 
Birinchisi – demografik omil, ya’ni g‘arb mamlakatlarida 
tug‘ilish darajasining keskin pasayishi. Bu haqda Byukenen quyi­
dagilarni yozadi: «G‘arb tom ma’noda «o‘lmoqda»: deyarli bar­
cha g‘arb mamlakatlari aholisi aql bovar qilmas darajada kama yib 
bormoqda. O‘n to‘rtinchi asrda Yevropa aholisining uchdan bir 
qismini qirib yuborgan «qora o‘lat» epidemiyasidan buyon G‘arb 
sivilizatsiyasi hali bu qadar xatarli tahdidga duch kelmagan. Bu 
ofat butun g‘arb tamaddunini qirib yuborishi hech gap emas. 
Hozirgi vaqtda Yevropa mamlakatlaridan o‘n yettitasida (Bel­
giya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, 
Latviya, Litva, Portugaliya, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveni­
ya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya) o‘lim ko‘rsatkichi tug‘ilishdan 


184
ko‘ra ancha yuqorilab ketgan, ya’ni bu davlatlarda belanchakdan 
ko‘ra tobutga ehtiyoj ko‘proq. Ta’bir joiz bo‘lsa, katoliklar, protes­
tantlar, pravoslavlar – barcha­barchasi g‘arb tamaddunini «ko‘mish 
marosim»ida ishtirok etmoqda».
Ikkinchi – g‘arbning madaniy yaxlitligiga zarba berayotgan 
turli irq, e’tiqod va madaniyatga mansub kishilarning ommaviy 
muhojirligi. Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Kaliforniya shtatida­
gi muhojirlarning soni (8,4 million kishi) butun boshli Janubiy 
Kaliforniya shtati aholisidan ko‘p ekani aniqlangan. 
Uchinchi – davlatlarning parchalanishi va hokimiyatning 
milliy hukumatdan «dunyo hukumati» deb ataladigan jahon miq­
yosidagi hukmron kuchga bosqichma­bosqich topshirilishi. 
To‘rtinchi – nasroniy din va axloqqa zid bo‘lgan g‘oya va qa­
rashlarning singdirilishi oqibatida azaliy qadriyat, urf­odat va 
an’analarning yemirilishi. 
Ma’lumki, g‘arb mamlakatlarining ijtimoiy­iqtisodiy taraq­
qiyotning yuksak cho‘qqilariga ko‘tarilishida nasroniy qadriyat, 
urf­odat va an’analar, diniy axloqning ahamiyati beqiyos bo‘lgan. 
Aniqroq aytganda, nasroniylik g‘arb tamaddunini vujudga keltir­
gan, uning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzumining g‘oyaviy­maf­
kuraviy negizlari, milliy­etnik ongning ma’no­mazmunini bel­
gilab bergan yetakchi omil sifatida xizmat qilib kelgan. Ammo 
o‘tgan asrning so‘nggi choragi va XXI asrning boshlarida aksari­
yat rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy, ma’naviy­madaniy hayoti­
da yuz berayotgan salbiy o‘zgarishlar, chunonchi, azaliy nasroniy 
qad riyat va axloqqa zid qarashlar paydo bo‘layotgani hamda jami­
yat hayotiga izchil joriy etilayotgani g‘arbdagi ko‘plab mutaxas­
sislarni tashvishlantirmoqda. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin