189
13-MAVZU. DINIY MISTIKA
REJA:
1. Islomdan
avvalgi davrdagi mistik
oqimlar.
2. Islomning ilk davridagi zohidlik.
3. Tasavvufning kelib chiqishi va
taraq qiy etishi.
Tayanch tushunchalar:
mistitsizm,
so‘fiylik, «hikmat», «qalblar va fikrlar il
mi», Hasan Basriy, Raboh ibn Amr, Robia
alAdaviy, ma’naviy ideal,
ezoterik, tariqat.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarda islomdan avvalgi davrda
gi mistik oqimlar, islomning ilk davridagi zohidlik, tasavvufning
kelib chiqishi va taraqqiy etishi haqida tasavvur va tushuncha
hosil qilish.
1. Islomdan avvalgi davrdagi
mistik oqimlar.
Mistitsizm, misti
ka so‘zlari
qadimiy yunon tilidagi
mistikos – yashirin, sirli ma’no
laridagi so‘zdan olingan bo‘lib,
ilohiyot bilan bevosita muloqot
qilish mumkinligi haqidagi ta’li
mot. Bu ta’limot insonning Xu
do bilan
aql va hissiyotdan yuqori
bo‘lgan sirli aloqasi bo‘lib, uning
natijasida insonda Xudoni bi
lish hosil bo‘ladi. Qadimiy Sharq va Yunon dinlarida ham insonni
g‘ayritabiiy kuchlar bilan bog‘laydigan urfodatlar (misteriyalar) –
mistitsizm unsurlari bor edi. YakkaXudolik dinlarining barchasi
da mistitsizm unsurlari mavjud. Hayotning
barcha sohalariga diniy
e’tiqod tegishli bo‘lgan o‘rta asrlarda uning roli katta bo‘ldi.
Xristianlikda mistitsizmning ikki yo‘nalishi mavjud bo‘lib,
ular ortodoksal cherkov mistitsizmi va yeretik mistitsizm edi. Bi
190
rinchisiga ko‘ra inson butunlay Xudoning hukmiga bo‘ysungan
bo‘lib, uning xohishiga qarab unga yetishishi mumkin hisoblansa,
ikkinchisining ta’limotiga ko‘ra inson o‘z harakatlari bilan ham
Xudoga yetishishi mumkin deyilgan.
So‘fiylik –
islomdagi
mistik asketik oqim hisoblan
gan. So‘fiy yoki mutasavvif
so‘zlarining kelib chiqishi ha
qida turlicha fikrlar mavjud.
So‘fiy mualliflari ko‘pincha
uning kelib chiqishini «sof
bo‘lmoq» o‘zagidan yoki «ahl
as suffa»ga tegishli deb ta’kid
laydilar. G‘arbiy Yevropa tad
qiqotchilari to XX asrga qa
dar uning kelib chiqishini
Yunoncha
σ ο φ ί α
– «hik
mat» so‘zidan
kelib chiqqan
degan fikrga moyil bo‘lish
gan. Endilikda o‘rta asr
musul mon olimlari ta’kidlagan bu so‘zning «so‘f» (jun) so‘zidan
kelib chiqqanligi haqidagi fikrlari umum qabul qilingan fikr hi
soblanadi. Chunki so‘fiylarning asosiy belgilari ularning dag‘al
jundan kiyim kiyishlari edi. Shimoliy Arabiston va Suriyada xris
tianlikning turli sektalariga mansub jahongashta monax va ana
xoretlarni so‘fiy deb atalar edi, degan ma’lumotlar ham bor.
Dostları ilə paylaş: