Dinshunoslikka


O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106
Dinshunoslikka kirish

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar
1. Dunyo dinlaridagi axloqiy qadriyatlar bo‘yicha o‘ziga xos 
jihatlarni sanab o‘ting.
2. Oila borasida diniy qarashlar mavzusiga to‘xtalib o‘ting.
3. Din va axloq o‘rtasidagi munosabatlar inqirozi oqibatlari­
ga baho bering. 
Adabiyotlar
1. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima 
va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. – T.: «Toshkent islom uni­
versiteti nashriyot­matbaa birlashmasi», 2016.
2. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: 
Ma’naviyat, 2008. 
3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar 
xazinasi. – T.: «Hilol» nashriyoti, 2013.


189
13-MAVZU. DINIY MISTIKA
REJA:
1. Islomdan avvalgi davrdagi mistik 
oqimlar.
2. Islomning ilk davridagi zohidlik.
3. Tasavvufning kelib chiqishi va 
taraq qiy etishi.
Tayanch tushunchalar:
mistitsizm, 
so‘fiylik, «hikmat», «qalblar va fikrlar il­
mi», Hasan Basriy, Raboh ibn Amr, Robia 
al­Adaviy, ma’naviy ideal, ezoterik, tariqat.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarda islomdan avvalgi davrda­
gi mistik oqimlar, islomning ilk davridagi zohidlik, tasavvufning 
kelib chiqishi va taraqqiy etishi haqida tasavvur va tushuncha 
hosil qilish.
1. Islomdan avvalgi davrdagi 
mistik oqimlar.
Mistitsizm, misti­
ka so‘zlari qadimiy yunon tilidagi 
mistikos – yashirin, sirli ma’no­
laridagi so‘zdan olingan bo‘lib, 
ilohiyot bilan bevosita muloqot 
qilish mumkinligi haqidagi ta’li­
mot. Bu ta’limot insonning Xu­
do bilan aql va hissiyotdan yuqori 
bo‘lgan sirli aloqasi bo‘lib, uning 
natijasida insonda Xudoni bi­
lish hosil bo‘ladi. Qadimiy Sharq va Yunon dinlarida ham insonni 
g‘ayritabiiy kuchlar bilan bog‘laydigan urf­odatlar (misteriyalar) – 
mistitsizm unsurlari bor edi. YakkaXudolik dinlarining barchasi­
da mistitsizm unsurlari mavjud. Hayotning barcha sohalariga diniy 
e’tiqod tegishli bo‘lgan o‘rta asrlarda uning roli katta bo‘ldi.
Xristianlikda mistitsizmning ikki yo‘nalishi mavjud bo‘lib, 
ular ortodoksal cherkov mistitsizmi va yeretik mistitsizm edi. Bi­


190
rinchisiga ko‘ra inson butunlay Xudoning hukmiga bo‘ysungan 
bo‘lib, uning xohishiga qarab unga yetishishi mumkin hisoblansa, 
ikkinchisining ta’limotiga ko‘ra inson o‘z harakatlari bilan ham 
Xudoga yetishishi mumkin deyilgan.
So‘fiylik – islomdagi 
mistik asketik oqim hisoblan­
gan. So‘fiy yoki mutasavvif 
so‘zlarining kelib chiqishi ha­
qida turlicha fikrlar mavjud. 
So‘fiy mualliflari ko‘pincha 
uning kelib chiqishini «sof 
bo‘lmoq» o‘zagidan yoki «ahl 
as suffa»ga tegishli deb ta’kid­
laydilar. G‘arbiy Yevropa tad­
qiqotchilari to XX asrga qa­
dar uning kelib chiqishini 
Yunoncha 
σ ο φ ί α
– «hik­
mat» so‘zidan kelib chiqqan 
degan fikrga moyil bo‘lish­
gan. Endilikda o‘rta asr 
musul mon olimlari ta’kidlagan bu so‘zning «so‘f» (jun) so‘zidan 
kelib chiqqanligi haqidagi fikrlari umum qabul qilingan fikr hi­
soblanadi. Chunki so‘fiylarning asosiy belgilari ularning dag‘al 
jundan kiyim kiyishlari edi. Shimoliy Arabiston va Suriyada xris­
tianlikning turli sektalariga mansub jahongashta monax va ana­
xoretlarni so‘fiy deb atalar edi, degan ma’lumotlar ham bor.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin