Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Jumladan, tarixchi Jon Nelson Blek bunday deb yozadi: «In­
soniyat tarixiy taraqqiyotining qaysi davriga nazar tashlamang, 
diniy e’tiqod har qanday buyuk davlatning poydevori sifatida xiz­
mat qilib kelganiga guvoh bo‘lasiz. Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Af­


185
rika yo xud Janubiy va Markaziy Amerika tamaddunlari bo‘ladimi – 
 ularning barchasida bir xil jarayonni kuzatish mumkin: tamaddunlar 
din negizida vujudga kelgan va aksincha, qandaydir sabablar tufay­
li an’anaviy e’tiqodning jamiyat hayotiga ta’siri susaygan yoxud un­
dan butunlay voz kechilgan hollarda millatlar, xalqlar va davlatlar 
tanazzulga yuz tutgan». 
Hozirgi vaqtda nasroniylik, azaliy qadriyat va an’analar 
ta’lim maskanlaridan quvg‘in etilayotganini ta’kidlab, Byuke­
nen madaniy inqilobchilarning 1973­yili nashr qilingan va keng 
targ‘ib etilayotgan g‘oyaviy­mafkuraviy manbalaridan biri – «Gu­
manitar manifest»dan olingan ayrim itqiboslarni kitobxon e’tibo­
riga havola etadi. Mana ulardan ayrimlari: «Ibodat qilayotgan 
odamning Yaratganga e’tiqodi – isbotlab bo‘lmaydigan eskilik 
sarqitidir... Anhanaviy axloq bugungi kun talablariga javob ber­
may qoldi... O‘limdan keyin jannatga tushish yoxud jahannam 
azoblariga duchor bo‘lish haqidagi aqida nafaqat mavhum, balki 
inson ruhiyati uchun o‘ta xatarlidir...» va hokazo. Byukenen­
ning fikricha, bunday qarashlarni targ‘ib etayotgan, nasroniylik­
ni hatto maktab bo‘sag‘asiga ham yo‘latmayotgan madaniy in­
qilobchilarning sa’y­harakati bilan yosh avlod qalbi va ongiga 
g‘ayrinasroniy g‘oyalar singdirilmoqda. Buning oqibatida G‘arb 
mamlakatlarida «ommaviy madaniyat» tushunchasi yuzaga kel­
di. «Ommaviy madaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ik­
kinchi yarmida shakllandi. Garchi «madaniyat» deb atalsa­da, 
aslida, tub mazmun­mohiyatiga, niyat­maqsadiga ko‘ra «omma­
viy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir. 
«Ommaviy madaniyat» ko‘pdan ko‘p shakllarda o‘zini namoyon 
etadi. Kitch (zarracha badiiy­estetik qimmatga ega bo‘lmagan nar­
sa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish), komiks (tagiga qis­
qa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa – rasm mahsulot­
lari), starizm (subyektiv ehtiroslarga berilgan holda estrada artistlari, 
aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish), xeppining (av­


186
valdan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin» to­
moshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag‘ini 
chiqarish yoxud o‘t qo‘yib vahshiyona, ommaviy «ko‘ngil ochish»larni 
o‘tkazish) «ommaviy madaniyat»ning ayrim ko‘rinishlaridir. 
Amerika madaniy elitasi ajralishlar, abort va nasroniy qadri­
yatlarning yemirilishini erkinlik sari taraqqiyotning o‘ziga xos 
muhim bosqichlari sifatda talqin etayotganini ta’kidlab, Byuke­
nen bunday deb yozadi: «Ma’naviyat va axloqning mohiya­
ti xusu sida yakdillikka erisha olmas ekanmiz, u holda qanday 
qilib ma’naviyati yuksak jamiyatni barpo etishimiz mumkin? Na­
hotki yurtimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan kishilar madaniy in­
qilobchilarning butun sa’y­harakati odamlarni iymon­e’tiqodidan 
qaytarish, Yaratgandan yuz o‘girish va ularning ongiga «turmush 
tarzining barcha shakllari teng huquqlidir» qabilidagi g‘arazli 
g‘oya va qarashlarni singdirishga yo‘naltirilganini payqamayot­
gan bo‘lsa?!».
Beshinchi – oila instituti inqirozi. O‘tgan asrning 60­yillari­
da g‘arb mamlakatlarida sodir bo‘lgan madaniy inqilob er, xotin 
va bolalarni oilaviy vazifalar, burch va mas’uliyatdan ozod etib
oila ga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni yo‘qqa chiqardi. Bu hol oila ning 
ijtimoiy institut sifatida yemirilishiga sabab bo‘ldi. Byukenen­
ning yozishicha, «hukmronlikni qo‘lga olgan ommaviy madani­
yat kecha­yu kunduz azaliy nasroniy qadriyatlarimizni kam­
sitib, hatto ayolning eri va bolalari bo‘lishi tabiiy hayotiy ehtiyoj 
ekani haqidagi tasavvurlar ustidan kulib keldi. Bugungi kunda 
jamiyatimizda ayolni onalik vazifasidan butkul mahrum etish­
ga intila yotgan kuchlar paydo bo‘ldi... 1950­yili olti yoshli bola­
si bor ayollarning 84 foizi uy­ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullangan 
va yana homilador bo‘lishga imkon topgan. Bugun esa, aksincha, 
bunday ayollar ofislarda to‘liq ish kuni tartibida ishlab, farzandli 
bo‘lishni hatto xayoliga ham keltirayotgani yo‘q«.
Bunday vaziyatning vujudga kelishida o‘tgan asrning boshla­
rida aksariyat g‘arb mamlakatlarida shakllangan va bugungi kun­


187
ga kelib g‘oyat kuchli ijtimoiy harakatga aylangan feminizmning 
«xizmat»i katta bo‘lgan. Masalan, ashaddiy feminist ayollardan 
biri Sh.Kronin «Juish Uorld Revyu» jurnalining 2000­yil fev­
ral sonida chop etilgan maqolasida oila­nikoh masalasi haqida 
to‘xtalib, bunday deb yozadi: «Nikoh bu – qullikning bir shak­
lidir. Shunday ekan, ayollar harakati ana shu institutga qarshi 
yo‘naltirilishi zarur. Negaki, nikoh barham topmagan jamiyatda 
ayollarning ozod etilishiga umid qilish xomxayoldir». 
AQSHda qamalganlarning yarmidan ko‘pi buzilgan oila­
lar farzandlari ekani, ota­onasini ajrashgani tufayli yetkazilgan 
kuchli ruhiy zarba erkak va ayollarga o‘rta yosh, hatto keksalik 
chog‘ida ham salbiy ta’sir o‘tkazib turishi aniqlangan. 
Yevropaliklarda «erlar ayollar uchun birinchi bo‘lishni, ayolar 
esa erkaklar uchun so‘ngisi bo‘lishni orzu qiladilar», degan gap 
bor. Buning ma’nosi er uylanmoqchi bo‘lgan qizning avval bosh­
qa erkak bilan bo‘lmaganini orzu qiladi. Agar zinoga aralashgan 
bo‘lsa, farqi yo‘q, bu yog‘iga to‘g‘ri yursa bas. Xotin esa «erim 
mengacha yurgan bo‘lsa yurgandir, endi yurmasin», deb orzu qi­
lishidir. Bu tushuncha turli madaniyatlarda har xil qabul qilinadi.
Hozirgi kunda G‘arb mamlakatlarida oilaga munosabat yo­
mon tomonga o‘zgarib ketganligini yuqorida ko‘p bor ta’kidlab 
o‘tdik. Holbuki, avvalgi zamonlarda ularda ham oila muqad das
deb hisoblanardi. Ammo oilaga «erkinlik» martabasini berilishi 
jamiyatni ham bora­bora izdan chiqardi. Misol uchun, Bugun 
G‘arbda quyidagicha oila bobidagi buzilishlarni uchratish mum­
kin:
1. Bir jinsdan iborat «oila» instituti tuzilishiga qonun doirasi­
da yo‘l ochib qo‘yilganligi.
2. Oila qurmay yolg‘iz yashashga intilish kuchliligi. Ma’lu­
motlarga ko‘ra, bu borada ham amerikaliklar peshqadam ekanlar.
3. Xotin erni yoqtirmay qolgani uchun uni tashlab ketishi. 
Xullas, oila­nikoh munosabatlarining inqirozi g‘arbona tur­
mush tarzining azaliy nasroniy qadriyatlari sanalgan fidoyilik, 
mehribonlik, sadoqat, imon­e’tiqod kabi fazilatlarning faqat 


188
shaxs manfaatlarining qondirilishiga qaratilgan individualistik 
qarashlar tomonidan siqib chiqarilgani bilan izohlanadi. Bir so‘z 
bilan aytganda, g‘arbning taqdiri bugun ko‘p jihatdan ayollarga 
bog‘liq bo‘lib qoldi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin