1. Axloq tushunchasi.
Axloq – kishilarning birbirlariga, oila
ga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xat
tiharakatlari, xulqatvorlari va odoblari majmuyi. Huquqdan
farqli ravishda axloq talablarini bajarishbajarmaslik ma’naviy
ta’sir ko‘rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish,
qilingan ishni ma’qullash yoki qoralash) bilan belgilanadi.
Din e’tiqod, tasalli berish,
qonunlashtirish funksiyalari
dan tashqari, sotsiologfunk
sionalistlar dinning boshqa
ruvchilik funksiyasini alohida
takidlaydilar. Bunday nuqtayi
nazardan qaraganda din axlo
qiy qadriyatlar tizimi hamdir.
Dinning boshqaruvchilik funksiyasi diniy dunyoqarash darajasi
da ko‘riladi. Har bir diniy tizim muayyan qadriyatlar sistemasi
ni ishlab chiqadi. Ular e’tiqod qiluvchi tomonidan bu dinni qa
bul qilishda astasekinlik bilan o‘zlashtirib boriladi. Axloqodob
normalari o‘ziga xos faoliyatning dasturi va kishilarning o‘zaro
Din
Axloq
174
muloqot yo‘lidir. Uning turli ko‘rinishlari mavjud. U insonning
birorbir obyektga, insonga, hodisaga bo‘lgan munosabatining
oldindan belgilanishidir. Dinga e’tiqod qiluvchilarning odobax
loq normalari diniy marosimlarda, odamlarning o‘zaro muloqot
qilishi natijasida o‘zlashtiriladi va kelajak avlodga uzatiladi.
Bunday axloq normalarini o‘zlashtirish darajasiga qarab inson
jamiyatda o‘zini qanday tutishi belgilanadi. Insonning axloqi o‘zi
tushgan turli vaziyatlarda ularning to‘g‘ri baholashga yordam be
radi. Turli vaziyatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarish insonning aso siy
maqsadini belgilashda muhim o‘rinni egallaydi. Oxirgi natija –
eng asosiy maqsad bu insonning g‘oyasini belgilaydi.
Har bir din o‘zining axloq normalarini e’tiqod xususiyatlaridan
kelib chiqib belgilaydi. Bu ishni amalga oshirishda diniy qadriyat
larning o‘ziga xos shkalasi vujudga keladi. Masalan, xristianlikda
eng asosiy qadriyat sifatida insonning Xudo bilan muloqoti olina
di. E’tiqod qiluvchi kishi, odatda, Xudoga yaqinlashish, «birinchi
gunoh» natijasida Xudo bilan inson orasida paydo bo‘lgan ma
sofani bartaraf etish imkoniyatiga ega. Buning uchun e’tiqod qi
luvchi ibodatlarni amalga oshirish bilan bir qatorda o‘z axloqini
yaxshilashni ham amalga oshiradi. Xristian kishi bunday axloq
jarayonida o‘z oldiga muayyan maqsadlarni qo‘yadi. Masalan,
diniy marosimlarda qatnashish insonga savob ishlarni keltiradi,
ular shayton bilan kurashish, Xudoga yaqinlashish uchun kuch
ato etadi. Uning pirovard maqsadi bunday amallar va axloqlar
natijasida o‘z urug‘ini qutqarish, Xudoga qo‘shilib ketish va «Ilo
hiy podshohlik»ni qo‘lga kiritish nazarda tutiladi. «Ilohiy pod
shohlik» – bu alohida xristianning va umuman barcha xristian
larning barcha sa’yharakatlari diniy tashkilotlar orqali amalga
oshirish uchun yo‘naltirilgan asosiy g‘oyadir.
Diniy axloq normalari – ijtimoiy norma turlaridan biridir.
Diniy axloqdagi diniy qadriyatlarni amalga oshirishga yo‘naltiril
gan talab va qoidalar tizimidir. Ijtimoiy axloq normalarida qadri
yatlarga nisbatan ko‘proq majburiylik aks etadi. Din sotsiologi
yasida diniy axloq turlarining har xil sinflari mavjud. Diniy axloq
175
normalari boshqaruvchilik xarakteri
ga ko‘ra pozitiv – bironbir ish hara
katini amalga oshirishni majburiy
qilish, yoki negativ – ma’lum amal,
munosabat va boshqalarni taqiqlovchi
bo‘lishi mumkin. Diniy axloq nor
malari o‘z ko‘rinishiga ko‘ra maz
kur diniy e’tiqodga ergashuvchi bar
cha kishilarga yoki muayyan jamoa
(ruhoniylar, avliyolar va b.)ga tegish
li bo‘lishi mumkin. Masalan, katolit
sizmdagi turmush qurmaslik faqatgi
na ruhoniylarga tegishlidir.
Diniy axloq o‘z xarakteriga ko‘ra
toatibodatga oid yoki tashkiliy bo‘lishi mumkin. Toatibodat
ga oid axloq normalari diniy amallarni bajarish vaqtida tartib
ga solishga xizmat qiladi. Tashkiliy axloq normalari diniy jamoa
ichidagi, ibodatxona ichidagi va ibodatxonalararo, shuningdek
diniy oqimlar orasidagi munosabatlarni belgilaydi. Bu normalar
orasiga diniy tashkilotlar (jamoalar, mazhablar, ibodatxonalar),
muayyan dinga e’tiqod qiluvchi fuqarolar, diniy birlashmalar, turli
pog‘onadagi ruhoniylar, tashkilot va uning har xil bo‘limlari ning
turli rahbarlari orasidagi munosabatlar kiradi. Bunday norma
lar diniy tashkilotlar haqidagi turli ustav va nizomlarda belgila
nadi. Ular bu tashkilotlarning strukturasini, tashkilot va uning
turli bo‘limlariga rahbar saylash tartiblarini hamda rahbarlarning
faoliyat muddati, huquq va burchlarini belgilaydi.
Diniy faoliyat va munosabatlarni tartibga soluvchi axloq nor
malariga bunday juda umumiy nazar solish, bu normalar in
sonning ijtimoiy jihatidan juda keng sohasini o‘z ichiga olishini
ko‘rsatadi. Tabiiyki, dinshunoslikda bunday nazariyalarning qay
si biri «sof» diniy va qaysinisi diniy sohaga yuzaki ravishda te
gishli, degan savol ixtiloflidir. Bu savolga ikkita turli javob taklif
etilgan: birinchisi, har qanday tartibga soluvchi jihatlar, agar ular
176
diniy tashkilotlar miqyosida amalga oshirilsa «diniy» deb hisob
lash. Ikkinchisi, diniy bo‘lmagan ijtimoiy faoliyat va munosabat
larning diniy tashkilotlar miqyosida amalga oshirilishi faqatgina
diniy tartibga solishga mansub qilish fikridir. Ikkinchisiga misol
tariqasida diniy tashkilotlarning missionerlik va xayrehson qilish
faoliyatini olishimiz mumkin.
Islom dinida axloq dinning asosiy maqsadlaridan biri hisobla
nadi. Payg‘ambar Muhammad (s. a.v.)ning «Men faqat chiroyli
xulqlarni mukammal qilish uchungina yuborildim» degan so‘zlari
ana shundan darak beradi. Bu borada Payg‘ambarning har qan
day vaziyatda ham o‘zlarining chiroyli xulqlari bilan ajralib tu
rishlari musulmonlar uchun o‘rnak bo‘ladi. Islomda axloq nor
malari ikkiga bo‘linadi: inson bilan Alloh o‘rtasidagi va inson
bilan inson o‘rtasidagi munosabatlardagi axloq normalari.
Eng katta axloqsizlik – bu insonning Alloh oldidagi ahdi
ga vafo qilmaslik. Islom e’tiqodiga ko‘ra, insoniyat yer yuziga
kelmasidan oldin barcha insonlar Alloh huzurida chin musul
mon bo‘lishga «qasamyod» («almisoq») qilganlar. Musulmon
bo‘lmaslik – bu eng birinchi va eng katta axloqsizlik, vafosizlik
va noshukurlik hisoblanadi.
Inson va Alloh o‘rtasidagi muloqotda asosiy joy qalb hisobla
nadi. Insonning ma’naviy go‘zal bo‘lishi Yaratganning oldida ax
loqli bo‘lishini belgilaydi.
Shariat
Aqida
Axloq
Muomalat
Ibodat
Ijtimoiy faoliyat
Iqtisodiy faoliyat
ISLOM
177
Bu xususda Imom alG‘azzoliy (1057–1111) bir misolni kelti
radi: inson uyiga mehmon kelishidan oldin hammayoqni toza
laydi, ko‘zga xunuk ko‘rinadigan narsalarni yo‘qotib, iloji boricha
chiroyli ko‘rsatishga harakat qiladi. Inson o‘z Rabbisi huzurida
turish – ibodat qilishdan oldin ham qalbini shunday toza va chi
royli qilishga intiladimi?
Islomda axloq yaxshi va yomon xulqlarga bo‘linadi. Cрiroy
li xulqlarning eng birinchisi qilib rostgo‘ylik qaraladi. Payg‘am
barning «musulmonda kamchiliklar bo‘lishi mumkin, ammo un
da yolg‘onchilik bo‘lishi mumkin emas», degan so‘zlari bunga
dalildir. Yolg‘onchilik Qur’onda ham, hadisda ham eng yomon
illat, katta gunoh sifatida qoralanadi.
Islom Arabiston yarim orolidan chiqib boshqa mamlakat va
xalqlar orasida tarqalishi bilan axloq normalarining ham o‘zi
ga yarasha rivojlanish jarayoni yuz berdi. Islomning asosiy axloq
normalariga kirmay qolgan jihatlar «mustahab» («ulamolar huzu
rida yaxshi ko‘rilgan») amallar sifatida «ilova» qilindi.
Turli dinlardagi axloq normalari orasida asosan birbiriga
o‘xshash jihatlar ko‘proq bo‘lsada, ular orasida ziddiyatli jihat
lari ham mavjud. Masalan, islomda oila qurmay «bo‘ydoq, be
va» yurish qoralanib, oilasidan biron sababga ko‘ra ajralgan kishi
yangi oila qurishga targ‘ib etilsa, xristianlikda ikkinchi oila qu
rish gunoh hisoblanib, hattoki xiyonat darajasiga ko‘tarilgan.
Nafaqat boshqaboshqa dinlar orasida, balki bir din ichida
gi turli oqim va mazhablardagi axloq normalari orasida har xil
lik borligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday har xillikka sabab tur
li xalqlarning biron dinni qabul qilishlarida o‘z milliy urfodat,
qadriyatlar, axloq normalarini diniylashtirishga bo‘lgan intilish
laridir.
Dostları ilə paylaş: |