182
qa bir hadisda Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat qilishicha, kishi o‘z
farzandiga chiroyli odobdan ko‘ra afzalroq hadya taqdim qila ol
maydi.
Shu tufayli Ali alMadaniy aytadi: «Farzandga odobni me ros qilib
qoldirish moddiy buyumni meros qoldirishdan afzalroqdir. Chunki
odob unga mablag‘, yuqori martaba, insonlarning muhabbati, dunyo
va oxirat yaxshiligiga erishishi uchun yordam beradi».
Muhammad Nur Suvayd Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)
hadi slari va o‘tgan solih insonlar o‘gitlarida qattiq urg‘u berilgan,
bolalarga ta’lim berish lozim bo‘lgan fazilatlar, umumlashgan ho
latda, to‘qqiz turga bo‘linishini ta’kidlaydi: 1. Otaonaga chiroy
li munosabatda bo‘lish. 2. Olimlarga go‘zal muomalada bo‘lish.
3. Kattakichikka hurmat va ehtirom ko‘rsatish. 4. Musulmon
birodariga chiroyli munosabatda bo‘lish. 5. Qo‘shnichilik odobi.
6. Ruxsat so‘rash odobi. 7. Ovqatlanish odobi. 8. Kiyinish odobi.
9. Qur’oni karim va uning tilovatiga hurmat ko‘rsatish.
Xulosa qilib aytganda, ta’limtarbiya o‘zagini tashkil qiluvchi
diniy qadriyatlar doirasida vatanparvarlik, mehrshavqat, mehnat
sevarlik, bag‘rikenglik, oilaparvarlik kabi fazilatlar yuksak qadrla
nadi. Xususan, samoviy dinlar ta’limoti bo‘yicha milliy ruhiyat
ni shakllantirish, jamiyatda umuminsoniy va xalqchil g‘oyalardan
iborat mafkurani qaror toptirish hamda urfodat va an’analar ning
barhayotligini ta’minlash uchun yuqoridagi singari fazilatlar mu
him o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: