Dinshunoslikka


 Fan va din uyg‘unligini ta’minlashning ma’naviy-ma’rifiy ji-



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
Dinshunoslikka kirish

3. Fan va din uyg‘unligini ta’minlashning ma’naviy-ma’rifiy ji-
hatlari.
Bugungi kunda fan va din munosabatlari muvozanati­
ni ta’minlash masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bor­
moqda. Zero, insoniyat diniy xurofotlar ustun bo‘lib, ilm­fan 
tushkunlikka tushgan davrda ham, yoki aksincha, dunyoviylik 
hukmron bo‘lib, din umuman inkor etilgan paytda ham to‘liq 
kamolotga, baxtga erisha olmadi. Faqat diniy va dunyoviy ilm­
larni uyg‘unlashtirgan holdagina taraqqiyotga erishish mumkinli­
gi tobora teranroq anglab yetilmoqda.
Hozirda dunyoning yetakchi universitetlarida turli dunyoviy 
fakultetlar qatori ilohiyot bo‘limlarining ham mavjudligi, diniy 
tadqiqot markazlarining tuzilgani, dunyoning barcha davlatlari­
da fuqarolarning diniy e’tiqodidan qat’i nazar teng huquqli, deb 
e’lon qilingani diniylik va dunyoviylikning tobora uyg‘unlasha­
yotganiga misoldir.


171
Mavjud dinlarga nazar solar ekanmiz, dunyoviylik va diniylik­
ning sog‘lom uyg‘unligini ta’minlash muqaddas islom dinimiz 
ta’limotida ham keng o‘rin tutganiga ishonch hosil qilamiz. Ze­
ro, dinimiz ilm olishga ko‘p targ‘ib qiladi. Bunda, ilm degan­
da nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar ham nazarda tutilishini 
yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik.
Ma’lumot uchun shuni aytib o‘tish lozimki, islom dinida ilm­
lar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisi, hamma uchun teng majburiy 
(farzi ayn) bo‘lgan ilmlar. Bunga, imon va islom, ibodatlar tartib­
lariga oid ilmlar kiradi. Ikkinchisi esa, muayyan kishilarga maj­
buriy bo‘lgan (farzi kifoya) ilmlar kiradi. Matematika, astronomiya, 
fizika, tibbiyot, muhandislik kabi hayot va taraqqiyot uchun zaruriy 
bo‘lgan ilmlar shu qatorga kiradi. Agar muayyan jamiyat bu ishlarni 
amalga oshirmasa, uning hamma a’zolari gunohkor bo‘ladi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin