168
ular Xudo belgilagan bosqichlar asosida rivojlanib borgani, ya’ni
ularda evolutsiya jarayoni yuz berganini ta’kidlaydilar.
Teistik evolutsiya (ruscha «теистический эволюционизм»).
Bunga ko‘ra olamni Xudo yaratgan. Lekin, bu nazariya evolutsi
yani rad etmaydi. Balki yaratuvchi Xudoning yaratishda qo‘llagan
vositalaridan biri, deya e’tirof etadi.
Hinduiylik ibrohimiy bo‘lmagan dinlar orasida kreatsionizm
ga katta e’tibor qaratadi. Hinduiylikning ko‘pgina e’tiqodchilari
Vedalarda kelgan evolutsion g‘oyalarga ishonadilar. Vedalarda bi
rinchi (sarga) va ikkinchi (visarga) yaratilishi haqida ta’limot mav
jud. Birinchi yaratilishga moddiy olam, ikkinchisiga esa Brahma
kiradi. Brahmaning vazifasi moddiy jismlarni yaratish edi. U av
valo, o‘z
yordamchilarini yaratadi, ular alohida maqom – «prad
japati»ga ega bo‘ladilar.
Islom diniga ko‘ra borliq Alloh tomonidan yaratilgan. Ko‘p
musulmonlar Yerning va Koinotning fan ta’kidlagan yoshiga isho
nadilar. Islomda ham evolutsion nazariyaga ishonuvchilar mavjud.
Dunyoning yaratilishi borasida Islomning asosiy manbasida bir qan
cha oyatlar keltirilgan. Xususan, Qur’onning Anbiyo surasi, 30–
oyatida shunday deyilgan:
«Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, yer ham (avvalda) yax
lit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik
mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham
imon keltirmaydilarmi?».
«So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib,
unga va yerga: «(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelin
giz!» – degan edi, ular: «O‘z ixtiyorimiz bilan keldik», – dedilar»
(Fussilat, 11)
«Osmonni Biz «qo‘llar» bilan barpo etdik. Darhaqiqat, Biz
qudratlidirmiz» (Zariyyat, 47).
Sotsiolog Malik Shebel 2007yil fevral oyida Le Monde gaze
tasiga bergan intervyusida shunday degandi: «Islom hech qachon
169
ilmfandan qo‘rqmagan…. Islom Darvinizmdan xavfsiramaydi….
Islom evolutsiya va odamning mutatsiyasidan qo‘rqmaydi…».
Birinchi musulmon biologi alJahiz IX asrda yashab o‘tgan. U
o‘zining «Hayvonlar kitobi» asarida tabiatning hayvonlarga o‘tka
zadigan ta’sirini tadqiq qiladi. Uning fikricha, tabiatning ta’sirida
hayvonda yashash uchun kurashga intilish tug‘iladi. AlJahiz ya
shash uchun kurashni tabiiy tanlanish deb ataydi.
Zamonaviy musulmon ilohiyotchilari va olimlari olamning
yaratilishi borasida bir necha guruhga bo‘linishadi. Birinchi gu
ruh vakillari Alloh barcha jonzotlarni ayni ko‘rinishida yaratdi va
ular shu ajdodidan tarqaldi deb hisoblaydilar. Odamning yaratili
shi borasida ular Qur’ondagi oyatlarga
tayangan holda Alloh
odamni loydan yaratdi, deydilar. Keyin Odamning qovurg‘asidan
Havvoni yaratdi va bu ikkisidan butun bani bashar tarqaldi. Bu
yo‘nalishning mashhur namoyondalaridan ShihabudDin Nad
vi, Vahiduddin Hon va Horun Yahyolardir.
Fransiya musulmonlar jamiyati Prezidenti Dalil Bubakyor Xo
run Yaxyoning evolutsiya to‘g‘risida yozgan kitobiga javoban shun
day deydi: «U turlar o‘zgarmay qolishini isbotlashga urinmoq da.
Dalil sifatida u fotografiyadan foydalanmoqda, ammo bu bilan
u ba’zi turlarning yo‘qolishi va boshqalarining paydo bo‘lishini
tushuntirib berolmaydi».
ShihabudDin Nadavi «Odamning yaralishi va evolutsi
ya nazariyasi» nomli kitob yozgan. Vahidud Din Hon ham bir
qancha kitoblarning muallifi bo‘lib, ayniqsa «Ilm e jaded ka
challenj» (Zamonaviy fan yutuqlari)
asri dunyoning yaratilishi
masalasiga bag‘ishlanadi.
Ezoterizm konsepsiyasi. Borliqni anglash borasida yuqorida
ko‘rib o‘tilgan «kreatsionistik» va «evolutsionistik» nazariyalardan
tashqari «ezoterik» metod ham farqlanadi. Mazkur nazariya
olam ni, uning yaralishini noan’anaviy, fan tomonidan tasdiqlan
magan usullar orqali anglashga qaratilgandir.
«Ezoterizm» so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, «ichki», «bo
tiniy» ilm, yoxud «ibodatxonaga kirishning xos yo‘li» ma’nolarini
170
anglatgan. Ilk bora qadimgi yunon faylasufi Pifagor maktabi va
killari mazkur soha bilan shug‘ullanganlari qayd etiladi.
Ezoterizm borliq qonunqoidalarini ma’naviypsixologik bi
lishdir. Shuningdek, u, dunyo evolyutsiyasining
mohiyatini
anglashdagi spetsifik qarashlarning majmuyidir. Bunga mistisizm
konsepsiyalari, fen shuy, iszin ta’limoti, shuningdek, inson o‘zini
anglashning tajriba va yo‘llari kiradi.
Mazkur yo‘nalish tarafdorlarining fikriga ko‘ra, ezoterik dunyo
qarashga hamma ham qodir bo‘lavermaydi. Bu darajaga faqatgina
ma’lum pog‘onaga yetishgan va qobiliyatli (odatda ular ni Yetish
gan, Master, Ustoz deb atashadi) insonlargina erishishi mumkin.
Qadimgi davr ezoterizmining eng mashhur yo‘nalishi bu –
germetizm edi. Qadimgi Bobil ezoterizmi tajribalari
keyinchalik
G‘arb astrologiyasi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
Ezoterizmga aksar dinlarda mavjud bo‘lgan sirli va qonunqoi
dalar orqali ochib berilgan dixotomiya xosdir. Xristian yo‘nali
shidagi ba’zi kishilar ezoterizm Injil va xristianlikka zid ekanini
ta’kidlashadi. Bugungi kunda, mazkur yo‘na lish asosan Uzoq
Sharq, Janubiy va Janubisharqiy Osiyo milliy dinlariga xosdir.
Dostları ilə paylaş: