164
maloqligi isbotlanishi natijasida, olimlar inkvizisiya qilingan
bo‘lsalar, ayni paytda, islom olamida bunday hol kuzatilmaganini
qayd etish lozim. Masalan, birinchilardan bo‘lib Yer shari mo
deli – globusni ishlab chiqqan Abu Rayxon Beruniy G‘aznaviylar
saroyida eng obro‘li maqomda bo‘lgan. Hech kim uni kofirlikda
ayb lamagan. Zotan, Qur’onda ham «Alloh yaratgan narsalar ha
qida tafakkur qilinglar», deb ta’kidlangan.
Abbosiylar xalifaligi davrida Bag‘dodda Ma’mun akademiyasi
ning tuzilishi, u yerda matematika, geometriya, falakiyot (astronomi
ya), falsafa, tibbiyot sohasidagi eng yirik olimlarning jamlanishi ham
islom dinining ilmga munosabatining yorqin namunasidir.
Din va fanning sirtdan qaraganda bahsli tuyuladigan nuqta
laridan biri – bu, dunyoning yaralishi bilan bog‘liq masaladir.
Mazkur yo‘nalishda, asosan, «kreatsionizm» va «evolutsionizm»
maktablari farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: