Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Qur’onda aqlga taalluqli so‘zlarning 50 marta va «aql egalari» 
so‘zlarining 10 martadan ko‘proq ishlatilgani ham islom dinida aql­
ga katta e’tibor berilishiga misol bo‘la oladi. Hadislarda ham ilm 
o‘rganish uchun yo‘lga chiqqan kishining yo‘li oxiri jannatga olib bo­
rishi ta’kidlanadi.


161
Din va fan qarama­qarshiligi konsepsiyasi tarafdorlari din­
lardagi, jumladan, islomdagi ilmga targ‘ib faqat diniy bilimlarni 
nazarda tutadi, degan noto‘g‘ri xulosani ham bayon etadilar.
Xristianlik doirasida olib qaralganda, taniqli astoronom 
Nikolay Kopernik, faylasuf V.F.Gegellar asli ruhoniy bo‘lganlar, 
Rene Dekart va Leybnis kabi allomalarning ham diniy e’tiqodi 
kuchli bo‘lgan. Ammo bu, ularning dunyoviy olim bo‘lishlariga 
monelik qilmagan.
Islom dini doirasida ham shunga o‘xshash vaziyatni kuzatish 
mumkin. Jumladan, Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qilingan ha disda 
«Ilmni Chinda bo‘lsa ham o‘rganinglar» deyiladi. Din olimlari maz­
kur hadis haqida to‘xtalar ekanlar, bu yerda dunyoviy ilmlar nazar­
da tutilganini qayd etishadi. Chunki, agar hadisda faqat diniy ilm 
nazarda tutilganda mazkur ilmni Chin (Xitoy)ga borib o‘rganishga 
targ‘ib qilish mantiqsizlik bo‘lgan bo‘lardi.
Buning hayotiy­amaliy misolini dunyo ilm­fani taraqqiyoti­
ga hissa qo‘shgan olimlarning ko‘pchiliklari musulmon olamidan 
chiqqani va aksariyat kashfiyotlar islom olamida amalga oshiril­
ganini qayd etishning o‘zi kifoyadir. Yana shuni ham alohida 
ta’kidlash lozim­ki, yevropa­xristian muhitidan farqli ravishda, 
musulmon sharqida na faylasuflar va na boshqa soha olimlari 
ateizm yoki agnostisizm yo‘liga o‘tmadilar. Deyarli barcha olim­
lar Qur’on hofizlari bo‘lganlar, matematika, astronomiya, fizika, 
tilshunoslik, dinshunoslik, tarix, mantiq, falsafa sohalarida ijod 
qilish barobarida diniy asarlar ham yozganlar.
Yevropaga qaytar ekanmiz, katolik cherkovi hukmronligi pay­
tida ham ilm­fan, aksar sohalari dinga bo‘ysundirilgan bo‘lsa­
da, baribir taraqqiyotdan butkul to‘xtamaganini qayd etish lozim. 
Jumladan, G‘arbiy Yevropadagi dastlabki universitetlar XII asr­
da paydo bo‘lgan. Universitet – lotincha «majmua» ma’nosini 
ham anglatadi. Ilmiy darajalar tizimi shakllanib, bakalavr, ma­
gistr, doktor kabi darajalar tabaqalanishi universitet ta’limining 


162
ko‘p bosqichlariga mos kelar edi. Ta’limning birinchi bosqichi 7 
ta fanni o‘z ichiga olgan ikki davradan iborat edi:
1­davrada – trivium (grammatika, notiqlik, mantiq);
2­davrada – kvadrium (arifmetika, astronomiya, musiqa, ge­
ometriya).
Oliy maktablar XIII asrda Boloniya, Monpele, Palermo, Parij, 
Oksford, Salerno va boshqa shaharlarda tashkil topdi. Umuman, 
ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, XV asrga qadar Yevropa davlatlarida 
60 ga yaqin universitet ochilgan.
XIV asrdan qog‘oz ishlab chiqarish imkoniyatlari kengaydi. 
Qog‘oz Xitoydan Sharq davlatlari, jumladan, Samarqand orqa­
li Yevropaga kirib keldi. Ispaniyada dastlabki qog‘oz ustaxonalari 
XII asrdan ishga tushgan. Keyinchalik, XIV asrdan esa bu soha 
Italiyada ham rivojlangan. Yevropadagi dastlabki ustaxonalarda 
qog‘oz eski lattalardan tayyorlangan.
Germaniyada 1445­yilda Iogann Guttenberg tomonidan kitob 
bosish dastgohining kashf etilishi Yevropa madaniy hayotining yana­
da yuksalishiga sabab bo‘ldi. Xudoni kuylash, Injil asotirlari, avli­
yolar hayoti, ruhiy­axloqiy poklanish, gunohdan forig‘ bo‘lish bi­
lan bog‘liq aqidalar esa, O‘rta asrlar musiqasidagi asosiy mavzular 
bo‘lganini ham eslash mumkin.
Shuni ham alohida ta’kidlash joiz­ki, aynan shu davrda Yev­
ropa renessansi ham ro‘y berdi. O‘rta asrlar diniy xurofot davri­
dangina iborat bo‘lib qolmadi. O‘zidan ajoyib adabiy meros va 
arxitektura yodgorliklarini qoldirdi. Bu davr «buyuk o‘zgarishlar 
davri», o‘zlarining o‘lmas asarlari bilan kishilik madaniyati rivo­
jiga katta hissa qo‘shgan olim va yozuvchilarning yetishib chi­
qishiga zamin tayyorlagan davr bo‘lganini ham unutmaslik zarur.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin