160
ikkila nishga olib borishi mumkin emas», deb yozgan. Lord Kalli
fan esa: «Agar chuqurroq o‘ylab ko‘rsak, ilm, albatta seni Xudo
ning borligiga ishonishga majbur qiladi» degan fikrni ilgari sura
di. Eynshteyn ham din haqida fikr bildirar ekan: «Xudoga bo‘lgan
e’tiqod ilmiy izlanishlarning eng ulkan samarasidir» deb yozgan
edi.
Ayrimlar tomonidan asossiz ravishda, falsafa fani Xudoning
borligiga skeptik qarashga olib kelishi ta’kidlanadi. Mashhur ing
liz faylasufi Frensis Bekon esa, bu fikrga qarshi shunday yozgan
edi: «Inson falsafadan ozgina xabardor bo‘lsa, dinsizlikka yaqin
lashadi. Ammo falsafani chuqur o‘rgangan kishi, albatta, dinga
qaytib keladi».
Ba’zi adabiyotlarda din va fanning birbiriga qaramaqarshi
ekanligini asoslash uchun «ilm dalil va hujjatlarga, aniqlikka va
aqlga tayanadi, din esa, ko‘rko‘rona ishonch va taqlidga tayana
di» degan fikrni uchratish mumkin. Aslida esa, bu haqiqatga mos
emas.
Zero, din, jumladan, islom dini ham aniq dalil va faktlar, rat
sional asoslarga tayanadi. Buni dinimizning muqaddas manbalari
– Qur’on va hadisni tizimli o‘rganish orqali bilib olishimiz mum
kin. Jumladan, Qur’onning Isro surasida: «O‘zing bilmagan nar
saga ergashma! Albatta, quloq, ko‘z va dil – ana o‘shalar, mas’ul
dirlar» degan oyat mavjud. Shuningdek, Naml surasida hujjat va
dalillarning o‘ta muhimligi borasida: «Yoki avval boshdan yarata
digan, so‘ngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru
yerdan rizqlantiradigan zot yaxshimi? Alloh bilan birga boshqa
iloh bormi!? «Agar rostgo‘y bo‘lsangiz, hujjatlaringizni keltiring»,
degin» shaklidagi oyatni o‘qish mumkin.
Dostları ilə paylaş: