Dinshunoslikka


Din falsafasi rivojlanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
Dinshunoslikka kirish

2. Din falsafasi rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Antik Yuno­
nistonda (mil. av. VIII–II asrlar) ko‘lami jihatidan turli sha­
har­davlatlar, polislar mavjud edi. Polislarning o‘ziga xos xususi­
yati eng avvalo, shunda ediki, ular aniq ajratilgan ikki toifa, ya’ni 
huquqlarga ega bo‘lgan fuqarolar hamda huquqlardan mahrum 
1
Hillary Rodrigues, John S. Harding . Introduction to the study of religion. – 
USA, Routledge, 2009. – P. 31­34.
Dunyo dinlari ramzlari


148
qullar va kelgindilardan iborat edi. Shuningdek, barcha fuqaro­
larning davlat boshqaruvi ishlarida ishtirok etishi ham polislar­
ning xarakterli jihatlaridan biri bo‘lgan.
Umuman olganda, antik dunyodagi vijdon erkinligi unsurlari 
polislardagi demokratik boshqaruv shakli tufayli mavjud edi. Eng 
juratli mutafakkirlar avtoritetlarga qaramasdan, o‘z fikr va qa­
rashlarini ifoda etish erkinligi haqidagi g‘oyalarni ilgari surganlar.
Milet maktabining asoschisi er. av. VI asrda yashab ijod etgan 
Fales va uning shogirdlari Anaksimandr va Anaksimen borliqni dast­
labki ibtido­asos – suv, havo va apeyrondan kelib chiqqanini ta’kid­
laganlar. Shu tariqa, ular olam va odamning Xudolar irodasining 
natijasi ekani haqidagi ta’limotlarga qarshi chiqib, olamning tabiiy 
kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyani asoslashga uringanlar.
Ksenofan o‘zining teran ratsional yondashuvi bilan din 
to‘g‘risi dagi noxolis qarashlarga barham berishga uringan ilk fay­
lasuf sifatida tarixdan o‘rin olgan. 
Antik davr din mohiyati haqidagi fikrlarga boy davr bo‘lgan. 
Antik faylasuflar qarashlariga asos bo‘lgan ilmiy metod va yon­
dashuvlar turli­tuman va ko‘p hollarda bir­biriga qarama­qarshili­
gi bilan ajralib turgan. Shunday bo‘lsa­da, din falsafasi fanining 
ilk umumnazariy zaminlari, aynan antik davr mutafakkirlari to­
monidan ilgari surilgan g‘oya, qarash va tamoyillarda aks etgan.
Keyinchalik, antik davr faylasuflarining din haqidagi qarash­
lari O‘rta asrlar mufakkirlari tomonidan yangi mazmun va shakl­
larda rivojlantirildi.
O‘rta asrlar falsafa fani evolutsiyasida o‘ziga xos o‘rin egal­
laydi. Ilmiy­ma’rifiy faoliyat rivojlanishi nuqtayi nazaridan qa­
raganda, ziddiyatlar va murakkabliklarga boy bo‘lgan bu davrda 
diniy­falsafiy qarashlarning shakllanishi ham o‘ziga xos yo‘na­
lishlarda kechdi.
Apologetika (yunonchadan a’ologeomai – himoyasi uchun ga­
piraman) atamasi haqida to‘xtalar ekanmiz, uning, eng avvalo, 


149
xristianlik ta’limotini himoya qilishga qaratilgan ilohiyot soha­
si sifatida mazkur din paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab shakllan­
ganini ta’kidlash joiz. Ilmiy adabiyotlarda Iustinning birinchi 
apologet bo‘lgani haqida ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, apo­
logetik g‘oyalar xristian dinidagi boshqa targ‘ibotchilar, apostol­
lar asarlarida ham uchraydi. Xristianlikning ilk yillarida ilohiyot­
da apologiya janrining paydo bo‘lgani ham apologetikaning jadal 
sur’atlarda rivojlanib borganini ko‘rsatadi. Ilk xristianlik apologi­
yalari asosan yahudiylik va mahalliy ko‘p Xudolikka asoslangan 
dinlarga qaratilgan edi.
O‘rta asrlarda Yevropada xristianlikning jamiyat hayotining 
barcha sohalariga ta’siri juda kuchli bo‘lgan sharoitda ham falsafa 
va dinning birgalikda mavjud bo‘lishi va hatto, samarador o‘zaro 
ta’sirlashuvi davom etgan.
O‘rta asrlar musulmon Sharqida faylasuflar dinlarni o‘rga­
nishda qiyosiy tahlil metodiga alohida e’tibor berishgan. Bu, al­
batta, allomalar tomonidan dinlarning tarixiy xarakterga ega eka­
ni hamda turli dinlarning o‘ziga xos xususiyatlarini to‘g‘ri ochib 
berishga bo‘lgan kuchli e’tibordan darak beradi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin