Dinshunoslikka


 Din falsafasining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106
Dinshunoslikka kirish

1. Din falsafasining predmeti, maqsad va vazifalari.
Din fal­
safasining bilish predmeti «din o‘zi nima?» degan savolga javob 
izlashi ekani ma’lum bo‘lsa­da, ammo ushbu hodisaning tal­
qini hamma vaqt ham bir xil emas. Zero, din, bir tomondan, 
umumiy, o‘zining mohiyati nuqtayi nazaridan, ya’ni mavhum, 
metafizik ma’noda, ikkinchi tomondan, o‘zining aniq namoyon 
bo‘lish shakli, xususiy holatida tadqiq etilishi mumkin. Ushbu ik­
ki yondashuv ma’lum ma’noda bir­birini to‘ldiradi. Zero, birinchi 
holatda dinning mohiyati haqida yaxlit tasavvur hosil qilinsa, 
dinga xos bo‘lgan xususiyatlar hamisha aniq shakl, ko‘rinishlar­
da namoyon bo‘lishini inobatga olsak, ikkinchi holatda umuman 
dinga xos xususiyatlarni chuqurroq anglash mumkin bo‘ladi.
Din falsafasi o‘z predmetini o‘rganishda tayanadigan metodologiya 
aniq falsafiy tizim, ta’limotning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Shun­


142
day ekan, dinning falsafiy talqinini mantiqiy asoslash bilan birga bi­
lishning haqiqiyligini ta’minlash ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bilishning haqiqiy (adekvat)ligini ta’minlashda olingan nati­
jalarning mantiqiy va nazariy jihatdan ziddiyatli bo‘lmasligi gno­
seologiyaning muhim qoidalaridan biri hisoblanadi. Ammo umu­
man to‘g‘ri bo‘lgan mazkur qoida konkret falsafiy tizim, ta’limot 
doirasida yaratilgan va unga zid bo‘lmagan, uning asosiy talabla­
ridan tashqariga chiqmaydigan din haqidagi qarashlarni adekvat 
deb hisoblashga zamin yaratadi. Zero, bunday holatda biz din 
haqidagi bilimlardan ko‘ra ushbu konkret falsafiy tizim, ta’limot 
va uning dinga bo‘lgan munosabati haqida ko‘proq bilimga ega 
bo‘lamiz. Chunki tadqiqotchining shakllanib bo‘lgan qarashlari 
va yondashuvlari ta’sirida dinning o‘zi emas, balki unga bo‘lgan 
munosabat yoritiladi. Demak, din falsafasida mantiqiy ziddiyat 
yo‘q bo‘lgan xulosa, qarashlarni haqiqat, deb qabul qilish yetar­
li emas. Haqiqat deb qabul qilingan bilimlarda dinning mohi­
yati aks etishi lozim. Shundagina din falsafasidan din haqidagi 
ahami yatli natijalarni kutish mumkin. Bunda obyektivlik tamoyi­
liga rioya qilish nihoyatda muhim. 
Ob’ektivlik tamoyili din falsafasini o‘z predmetiga real mavjud 
hodisa sifatida qarashni, tan olishni talab etadi. Biroq obyektivlik­
ni xolislik bilan chalkashtirish kerak emas. Xolislik tadqiqotchining 
o‘rganayotgan predmetidan muayyan darajada begonalashuviga va 
shu tufayli uning yetarlicha anglanmay qolishiga zamin yaratishini 
inobatga olsak, din falsafasi nuqtayi nazaridan obyektivlik va xolis­
lik bir xil mazmunga ega emasligi oydinlashadi. 
Bilish predmetini tushunishda subyektivlik tamoyili ham mu­
him ahamiyatga ega. Ushbu tamoyil bilish predmetiga u yoki bu 
shaklda daxldorlikni talab etadi va unga nisbatan yuzaga keli­
shi mumkin bo‘lgan noxolis munosabatning oldini olishga xiz­
mat qiladi. 


143
Din falsafasining maqsadi dinni obyektiv ham, subyektiv ham tal­
qin etish emas, balki uni adekvat nazariy tadqiq etish, tahlil qilish 
va tasvirlashdan iborat. Bu oxir­oqibatda falsafiy­diniy tadqiqotlar 
natijalarining umuman va barcha uchun tushunarli hamda ahami­
yatli bo‘lishiga zamin yaratadi. Yagona falsafiy tilning bo‘lishi eh­
timoldan nihoyatda uzoq bo‘lsa­da, bilish natijalarining boshqalar 
uchun ham tushunarli bo‘lishini ta’minlash nihoyatda muhimligini 
ta’kidlash zarur.
Har qanday fan o‘z tadqiqot predmeti va vazifalariga ega. Din 
falsafasining vazifalaridan biri – dinning ijtimoiy hodisa sifatida­
gi mohiyatiga eski andozalardan xoli holda yondashish, uni do­
imiy rivojlanib boruvchi tizim sifatida o‘rganishdan iborat.
Din falsafasining tadqiqot obyektlari
Din falsafasi to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot beradigan bo‘lsak, 
bu fan falsafa va din o‘rtasidagi o‘ziga xoslikdan va diniy tushun­
chalarning falsafiy tanqidini birinchi o‘ringa qo‘ygan G‘arb qa­
rashlari asosida kelib chiqdi. Bu soha G‘arbda rivojlanishni bosh­
lagandan beri diniy mavzular bilan shug‘ullanish uning asosiy 
vazifasi bo‘lib qoldi. Bu soha Xudoning mavjudligi, uning sifat­
lari borasida ilgari surilgan ratsional dalillarni tahlil qilish bilan 
shug‘ullandi. Masalan, xristian teologi Anselm Kenterberiyskiy 
(Anselm of Canterbury, 1033–1109).


144
«Xudo uning buyukligidan tash­
qari biror narsa noma’lum bo‘lgan 
zot» degan fikrni ilgari surgan. Le­
kin, Kant bunday qarashni rad eta­
di. Uning fikricha, masalan, «stul 
mavjud» deyilganda, unga qo‘shim­
cha qilinmaydi, endi yuqoridagi ka­
bi fikr bildirilsa, «stul» tushunchasini 
izohlash uchun qo‘shimcha ma’lumot 
talab qilinadi. «Xudo» tushunchasi 
kabi narsalarni tanishtirishda Xudoni 
mavjud qilib yoki uning imkoniyati­
ni ifodalab ko‘rsatib berish mushkul. 
Kant bunday fikrlash oxir­oqibat hech qayerga olib bormaydi, 
deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, bu kabi tushunchalar inson tajriba­
si yoki biror jihozlar orqali o‘tkaziladigan sinovlardan o‘zgacha 
kate goriyalar bilan baholanadi. 
Xudoning mavjudligi bahs qilingan yana bir fikrlardan bi­
ri «san’atkor» («argument from design») deb nomlangan. Bunga 
ko‘ra, borliqdagi nozik tartibli faoliyat, sayyoralarning harakati, 
mavsumiy o‘zgarishlar va boshqa inson aqlini lol qoldiruvchi ja­
rayonlar insoniy ong xususiyatlariga o‘xshash, ammo undan an­
cha ustun qudratli kuch mavjudligini namoyon qiladi. Bu tar­
tibli faoliyat tasodifan paydo bo‘lishi mumkin emas, shuning 
uchun, biz borliqning kundalik faoliyatida «buyuk san’atkorning 
qo‘li» bor deb ochiq aytsak bo‘laveradi. Ushbu tartibli xilqat Xu­
doning mavjudligiga amaliy dalil sanaladi. Devid Yum (David 
Hume, 1711–1776) borliq tartibini «ilohiy zot» bilan bog‘lamay, 
balki tabiat qonunlari deb izohlashni taklif qiladi. Shu o‘rin­
da aytish mumkinki, Yumning qarashlari Janubi­Sharqiy Osi­
yo diniy­falsafiy ta’limotlari tushunchalari – Xudo Brahmaning 
tabiiy dunyoning ortida deb biluvchi hinduizmdagi panenteistik 
(Xudoni borliqdan ko‘ra buyukroq deb bilish) e’tiqod yoki Mut­
laq qudratli kuch e’tiborga olinmagan buddizm ta’limotiga mos 
Anselm Kenterberiyskiy


145
tushadi. Bunday sharqiy qarashlar «ong omili» (Xudo yoki uyg‘oq 
ong) yaratilishdan ajratilmaganligi, bu holat esa ong ostida (olim 
va faylasuflar orqali) o‘rganilishi bilan G‘arbdan farq qilib turadi.
Bundan tashqari, Yum odatiy teistik qarashlardagi bir qator 
nomuvofiqliklarni ko‘rsatib o‘tdi. Masalan, dindorlar ko‘pincha 
«Xudo cheksiz qudrat va barcha ezguliklarning sohibi» ekanli gini 
bildiradilar. Ayni paytda, ular yaratishda yovuzlik bo‘lganligini 
ham inkor qilmaydilar. Yumning fikricha, agar Xudo yomonlikni 
oldini olishga qodir bo‘lsa­yu, buni qilmasa, u haqida «yaxshilik 
sohibi» emas, «badniyat» yoki Xudoni yomonlikni oldi ni olishni 
xohlasa­ku, buni uddasidan chiqa olmasa, u qudrat egasi emas, 
yoki Xudo ikkisiga ham qodir ekan, unda yovuzlik bo‘lmaslik 
kerak, degan xulosa shakllanadi. Bu singari fikrlarga javob o‘la­
roq, teologlar Xudoning qudrati va ezgulik sohibi ekanligi qar­
shida yovuzlikni mavjud bo‘lishi «anti­isbot» ekanligini qayd 
qiladilar. Ularning Xudoning mavjudligini isbotlashga urinishlari 
natijasida teologiya tarkibida «teoditseya» sohasi vujudga keldi. 
Endi, yuqoridagi Xudoning qudratiga shubha bildirilgan fikrga 
kelsak, uni shunday talqin qilish mumkinki, insonning cheklan­
gan ongida yomon bo‘lib ko‘ringan holat Xudoning nazdida yax­
shi bo‘lib chiqadi. Shu bilan bir qatorda, yuqoridagi kabi «anti ­
teistik» qarashlar «erkin istak» tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, 
Xudo insonga muayyan qarorlarni qabul qilishi uchun ma’lum 
darajada erkinlikni tortiq qilgandir. Lekin, bunday «siylash» Xu­
doning qudratini so‘roq ostiga solib qo‘ymaydi.
Din falsafasi qachonki Sharq dinlari qarashlari bilan yanada 
chuqurroq tanishishni boshlasa, uning mazmuni ham boyib bo­
radi. Kashmir shivaizmining no­dualistik oqim qarashlari, xu­
susan, o‘rta asr hind diniy falsafasiga ko‘ra, Xudo har ishga qodir 
qudrat sohibi, biroq, ayni paytda, u qudratining namunasi sifa­
tida o‘ziga muayyan cheklovlarni belgilashi mumkin. Yarati lish 
ham ushbu cheklovlardan biri bo‘lib, Xudo qudratli bo‘lishiga qa­
ramay, o‘zi ham shu yaratilish ichida mavjuddir. Shunga ko‘ra, 
Xudoning bevosita tajribasi har bir inson uchun xos hisoblana­


146
di. Yaxshilik va yomonlik nisbiy va bir­biriga bog‘liq tushuncha­
lar sanalib, qachonki biri o‘zining asl tabiatini to‘liq namoyon 
qilganda ular o‘rtasidagi farq ochiq ko‘zga tashlanadi. Bu ho­
lat «moksha» yoki «erkinlik» nomi bilan yuritiladi. Bu yerda biz 
qudrat va ojizlik, nafs va Xudo, yaxshilik va yomonlik hamda 
boshqa G‘arb diniy tafakkurining asosini tashkil qilgan bir qator 
g‘oyalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rishimiz mumkin. Kant 
fikricha, faylasufning vazifasi biror diniy e’tiqodni haqligini is­
botlash yoki unga ma’lum o‘zgartirish kiritish emas, balki ular­
ning (diniy e’tiqod) qarashlari, xulosalarini, undagi nomuvofiq­
liklarni o‘rganishdan iborat. Din falsafasi tomonidan umumiy 
ravishda qabul qilingan bunday yondashuv, o‘z davrida, ko‘plab 
G‘arb universitetlarining Falsafa kafedralarida o‘qitib kelindi. Shu 
bilan birga, faylasuflarning barchasi ham diniy an’analarga nis­
batan neytral tahliliy yondashmay, balki Fridrix Nitsshe (1844–
1900) kabi shaxslar dinga, jumladan, xristianlikka nisbatan reak­
sion pozitsiyani egallab, hatto bildirgan «Xudo o‘ldi» iborasi bilan 
mashhur bo‘lib ketdi. Nitsshening qarashlari zamonaviy dunyo­
da axloq masalalari yoki Xudo haqidagi an’anaviy qarashlarning 
zaiflashuviga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Shuningdek, xristianli­
kning ba’zi e’tiqodlariga nisbatan yanada shiddatliroq munosabat 
Bertran Rassel (1872–1970)ning «Nega men xristian emasman?» 
nomli ma’ruzasida ko‘zga tashlanadi.
O‘z navbatida, yo‘nalish jihatidan teologiya sohasiga mos 
keluvchi din falsafasining ko‘rinishlari ham mavjud. Bu ko‘proq 
to‘g‘ridan to‘g‘ri «falsafiy ilohiyotshunoslik» deb ataladi. Bu so­
ha aslida dinning himoya qilishni bir shakli (apologetika) sifati­
da saqlanib qolayotganligi yoki qat’iy diniy e’tiqodlarga chuqur 
bog‘lanmagan bo‘lishiga qaramay, mazkur faoliyat bilan shug‘ul­
lanadi. Ushbu yondashuv namoyondalaridan biri Djon Xiks (John 
Hick, 1922­yil tug‘ilgan) bo‘lib, u teodisiya va Xudoning sevgi­
si masalalari bo‘yicha «intellektual kurash» olib borib, hatto, bu 
mavzularni diniy plyuralizm doirasida o‘rganiladigan mavzular 
tarkibiga kiritishga erishdi. Shunday bo‘lsa­da, din falsafasining 


147
bu tarmog‘i hanuz ilohiyotshunoslik sifatida qolmoqda, chunki, 
u tegishli mavzularni yoritishda ilmiy­tahliliy yo‘ldan bormay, 
balki o‘z «formula»larini ilgari surishga harakat qilmoqda.
Din falsafasi bo‘yicha faoliyat 
olib boruvchi zamonamizning nu­
fuzli faylasufi va xristian apologeti 
sifatida tilga olinuvchi shaxs lardan 
biri Alvin Platinga (1932­yil tug‘il­
gan) hisoblanadi. Platinga 
ning 
ko‘rsatgan xizmatlaridan biri bi­
lim manbayi masalasida mantiqiy 
fikrlar bildirganligidir. Masalan, u 
«teizm (yoki Xudoga ishonish) ir­
ratsionallikka asoslangan» deb qa­
rovchi ko‘plab ateistik qarashlarni 
tanqid ostiga oladi. U dindorlik 
qobiliyatsizlik yoki nuqson deya irratsional xulosa berilishiga e’ti­
bor qaratadi. Shu bilan birga, u bir narsa, o‘zining yaralish saba­
bini to‘liq bajarsa, to‘g‘ri faoliyat sifatida qaralishi mumkin, deb 
bahs yuritadi. U shuni ta’kidlaydiki, inson Xudoning bizni yara­
tishdan maqsadiga muvofiq ish bajarsa, bizning ilm olish qobili­
yatimiz to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘ladi, shu singari, Xudoga 
nisbatan ishonch ongni to‘g‘ri faoliyat olib borayotganligini biluv­
chi o‘ziga xos indikator (o‘lchov) hisoblanadi. Ammo, ateist Xu­
doga ishonch bilim olishga monelik qiladi, deya qattiq o‘z fikri­
ga yopishib oladi
1


Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin