Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Abu Nasr Forobiy (870–950) ana shunday mutafakkirlardan bi­
ri hisoblanadi. Mutafakkir o‘zining «Harflar kitobi» asarida falsafa 
va din odamlar hodisalar xilma­xilligining sabablarini bilishga intil­
ganlarida paydo bo‘lishini ta’kidlaydi. Bu jarayonda, avvalo falsafa, 
keyin esa, din yuzaga keladi. Falsafiy tafakkur darajasi yuqorilab 
borgani sari, insonlar mavjud bilimlarini timsollar va ramzlar orqa­
li aks ettiradi boshlaydilar. Aynan ana shu jihat dinlar shakllanishi­
ning asosiy omilidir. Forobiy fikricha, din falsafa taqlid qilish bo‘lib, 
u ramziy shakllarda sodir bo‘ladi. Shuningdek, alloma dinlar ba’zi 
falsafiy g‘oyalarni xalqlar ongiga yetkazish uchun siyosiy zaruriyat 
tug‘ilganda ham paydo bo‘lishini ta’kidlagan.
Dinning mohiyati va kelib chiqishi bilan bog‘liq falsafiy masalalar 
Abu Rayxon Beruniy (973–1048) ijodida ham o‘z ifodasini topgan. 


150
Qomusiy alloma Qadimgi Misr, Yunon, Rim, Xorazm, So‘g‘d, Forsiy 
hamda hind xalqlari dinini tadqiq qilgan. Tadqiqotlari natijasida 
Beruniy har bir din unga e’tiqod qiladigan xalqlar uchun birdek 
ahamiyatli ekani to‘g‘risidagi xulosaga kelgan. Boshqacha aytganda, 
mutafakkir dinlarning shaklan turlicha, ammo xalqlar ma’naviyati­
ga ta’siri nuqtayi nazaridan olib qaraganda, mazmunan tengligi ha­
qidagi falsafiy umumlashmani bayon etgan. Allomaning obyektivlik, 
tarixiylik, qiyosiy tahlil, dalillash metodlariga tayangan holda olib 
borgan izlanishlari natijalari hozirgi davrda ham muhim ilmiy qim­
matini saqlab kelayotganini ta’kidlash joiz.
O‘rta asr musulmon dunyosining yana bir yirik mutafakkiri Abu 
Ali Ibn Sinoning falsafiy qarashlarida ham fan va din bilan bog‘liq 
masalalar atroflicha tadqiq etilgan. Ibn Sino (980–1037) yosh­
lik davridayoq diniy bilimlar, antik dunyo ilmiy merosi, mantiq va 
matematika, fizika, tibbiyot kabi fanlar bilan tizimli shug‘ullana 
boshlagan. O‘n yetti yoshida Buxoro amirini davolagandan so‘ng, u 
tabib sifatida mashhur bo‘lgan.
O‘rta asrlarda Sharq mutafakkirlari falsafiy fikrlari, garchand, 
ular diniy qarashlar doirasida ilgari surilgan bo‘lsa­da, o‘zining 
teran ratsional mazmuni bilan ajralib turgan. Yuqorida diniy­fal­
safiy qarashlari sharhlangan allomalarning ijodiy faoliyati tufay­
li antik davr falsafiy merosi Sharq xalqlari hayotiga ham kirib 
kelgan. Shuningdek, bu davrda olimlar tomonidan tabiiy­ilmiy 
yo‘nalishda tadqiqotlar olib borishning o‘ziga xos yangicha il­
miy usul va vositalarning ishlab chiqilgani muqaddas islom di­
nimizning insonparvarlik, ma’rifatparvarlik mohiyatini yaqqol 
namoyon etadi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida G‘arbda din falsafasiga doir 
bilimlarning rivojlanishiga «Hayot falsafasi» deb nom olgan fal­
safiy yo‘nalish vakillarining qarashlari katta hissa bo‘lib qo‘shil­
di. Germaniyada Fridrix Nitsshe (1844–1900), Vilgelm Diltey 
(1833–1911), Georg Zimmel (1858–1918), Osvald Shpengler 


151
(1880–1936), Fransiyada Anri Bergson (1859–1941) kabi olimlar 
ushbu yo‘nalishning yorqin vakillari edi. O‘tgan asrning yarmiga 
qadar ularning nazariyalari Yevropa ziyolilarining dunyoqarashi­
ga sezilarli ta’sir ko‘rsatib turdi.
«Hayot falsafasi» maktabiga xos bo‘lgan bosh xususiyat – «ha yot» 
tushunchasini intuitiv tarzda anglash mumkin bo‘lgan, ruhga ham, 
materiyaga ham qarama­qarshi bo‘lgan o‘ziga xos yaxlitlik sifatida 
talqin etishdan iborat edi. Yo‘nalish vakillari mazkur tu shunchani 
turlicha talqin etganlar. Xususan, hayot F.Nitsshe uchun insonning 
biologik mavjudligi, V.Diltey, G.Zimmellar uchun esa, sub 
yektiv 
kechinmalar majmuyi bo‘lsa, A.Bergson hayotni intuitiv ra vishda 
bilina digan ong oqimi, kosmik «hayotiy shiddat», O.Shpeng ler esa, 
o‘ziga xos yaxlit madaniyatga birlashgan kishilar hamjamiyatining 
kechinmalari, deb tushungan. Talqinlardagi ayrim tafovutlarga qa­
ramay, ushbu faylasuflar insonning ichki ruhiy mezoni masalasida 
yakdil bo‘lganlar. Ularning fikricha, bunday mezonlar sifatida tashqi 
hayot – insoniyatning ijtimoiy, tarixiy tajribasi, rivojlanishining is­
tiqbollari, madaniyat etalonlari, sivilizatsiyalar kabi omillar namo­
yon bo‘ladi. Ayni paytda, «hayot falsafasi» vakillari tomonidan din 
fenomenining mohiyati bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha tahlil 
qilinganini ta’kidlash joiz. 
Kerkegor qarashlari va umuman, ekzistensializm falsafa­
si diniy­falsafiy masalalarni hal etishda qadimgi faylasuflarga 
xos bo‘lgan yondashuvdan farqli ravishda, umumiy muammo­
lardan xususiy masalalar tomon emas, balki, yakkalik (individ)
dan xususiylikka (ijtimoiy guruh, qatlam, jamiyat) va undan so‘ng 
umumiylikka, ya’ni, yaxlit borliqning mohiyatini bilishga qaratil­
gan metodologiyani ilgari surganlar. Ushbu yondashuv ko‘p jihat­
dan zamonaviy jamiyat sharoitlariga javob bergani bois, ko‘plab 
olimlarning ilmiy ijod dasturidan o‘rin olgan. Shu nuqtayi na­
zardan qaraganda, ekzistensializm zamonaviy din falsafasining 
ham asosiy masalalaridan birini tashkil etadi.


152

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin