195
ta’limotlar sifatida ham mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Birinchi holda u
Hinduizmda – yoga, xristianlikda – gnostitsizm (g‘anusiylik), ya
hudiylikda germetizm (Germes, ya’ni payg‘ambar Idris a.s. asos sol
gani nazarda tutiladi), islomda so‘fizm shakllarida mavjud bo‘lgani
kuzatiladi. Boshqa manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Parmenid,
Geraklit, Pifagor, Suqrot, Platon, neoplatonchilar ham ayni shu ilm
vakillari bo‘lganlar. Bu, masalan, Platonning «tug‘ma g‘oyalar» ha
qidagi ta’limotida, neoplatonizmning «ilohiy haqiqat nurining inson
qalbiga oqib tushishi» g‘oyasida va boshqalarda o‘z ifodasini topgan.
Muayyan din bilan bog‘langan ezoterik qatlam odatda payg‘am
barlar atrofida ularning ko‘rsatma va yo‘lyo‘riqlaridan (sunnat)
foydalanib o‘zlarini komillikka yetkazish, o‘zliklarini bilish orqa
li sirli ichki (ezoterik) «hol» ilmiga yetishadiganlar (shattorlar)
maktabini tashkil etgan. Masalan, «Qobusnoma»da payg‘ambar
Muhammad (s.a.v.) tiriklik chog‘larida o‘n ikki «ahli suffa» bi
lan
zikr tushganlari, ular bilan Alloh haqida uzoq suhbatlar qur
ganlarining qayd etilgani, shuningdek, chiltonlar (qirq kishi) bi
lan raqsu samoh qilganlari haqidagi ma’lumotlar
borligidan kelib
chiqib tasavvur hosil qilish mumkinligini ilgariroq ham qayd et
gan edik. Bu maktablar (tariqatlar) faoliyati payg‘ambardan keyin
ham mustaqil davom etgan. Ularda erishilgan bilimlarni ham
payg‘ambarlarga kelgan vahiy kabi oliy bilim sifatida dinning bi
rinchi (asosiy)
qatlamiga, ya’ni naqliy qatlamiga tegishli deb qa
rash, bizningcha, o‘rinlidir. Iso (a.s.)ning o‘n ikki shogirdi haqi
da ham shu fikrni aytish mumkin.
Demak, garchi ezoterik qatlamning muayyan din bilan uning
muayyan bosqichi va davrida uzviy bog‘liqligi bo‘lsa hamki, u
dinning faqat bir shakli bilangina bog‘lanib
qolmaydi, ya’ni nis
biy mustaqillikka hamda boshqa dinlarning ayni shunday qatlam
lari bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu so‘fizm misolida
ham namoyon bo‘ladi. Bunda payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning
yuqorida tilga olingan tolerant xarakterdagi g‘oyalari ibrat bo‘lgan
deb qarash joiz. So‘fiylikka, masalan, gnostitsizm,
neoplatonizm,
196
monixeychilik, buddaviylik, hinduizm, zardushtiylik va b. diniy
va falsafiy ta’limotlarning mistik g‘oyalarining ta’siri qayd etilgan.
Biz bu o‘rinda o‘zga xalqlar (dinlar) ma’naviy qadriyatlaridan ham
bahramand bo‘la oladigan xalqgina ruhan eng kuchli xalqdir, de
gan fikr ayni so‘fiylik misolida yorqin tasdiqlanadi deb o‘ylaymiz.
Ayni paytda bilim o‘zining eng yuksak cho‘qqisida umumiyat, bir
lik kasb etadi va shu ma’noda biz bir ezoterik ta’limot ikkinchisi
ni takrorlaydi yoki uning g‘oyalarini o‘ziga singdirib yo ko‘chirib
oladi, degan qarashlar to‘g‘ri emas deb hisoblaymiz.
Lekin tarixiy davrlarning o‘ziga xosligi nuqtayi nazaridan yon
dashilsa, ko‘hna manbalardan birida aytilgan «Hikmat ilmi Misr
da
shakllangan, falsafasi – Hindistonda, amaliyoti – Markaziy
Osiyoda» degan qarashlarda ham asos bor deb hisoblaymiz. Ze
ro
agar amaliyot intuitsiyaning, ya’ni g‘ayb ilmining mevasi ekani
nazarda tutilsa va bu meva butun jahon ma’naviyati bilan oziqla
na olishi haqidagi yuqoridagi xulosamizni ham hisobga olsak, u
holda biz o‘z Vatanimiz avliyolari bilan nechog‘li faxrlanishimiz
mumkinligi ko‘rinadi.
Shuningdek, agar bu masalaga hozir eng
yangi fan oldinga surayotgan «xalq genetik xotirasi» konsepsiya
si nuqtayi nazaridan yondashsak, Vatanimizning
kelajagi buyuk
bo‘lishi uchun katta asos borligi ham ko‘rinadi.
Tasavvuf ilmi shakllanishida Markaziy osiyolik ulamolar ham katta
hissa qo‘ishgan
Dostları ilə paylaş: