Boshqacha aytganda, o‘z ijodi bilan shaxs jamiyatning hayotbaxsh
quvvatiga aylanadi. Aksincha, ijodiy nofaol kishilarda ijtimoiy voqe
likni parchalovchi, vayronkor kuchlar to‘plana boradi.
Yuqoridagi fikrlar, shuningdek, tariqatlar kishi ijodiy qobili
yatini uyg‘otuvchi eksperimental ta’lim maktablari bo‘lgani ha
qidagi xulosaga ham olib keladi. Shu ma’noda yuksak ijodiy qo
biliyat kishida tug‘ma bo‘ladi, degan fikrlar, bizningcha uncha
to‘g‘ri emas. To‘g‘ri, talantning yuzaga chiqishida naslning ham
roli bor. Lekin hozirgi tadqiqotlarda katta talant egalarining
farzandlarida bu qobiliyat namoyon bo‘lmagan va, aksincha, bun
day qobiliyat egalari bo‘lmagan otaonalardan katta talant egalari
yetishgan hollar ko‘p uchrashi aniqlangan. Bu esa ijodkorlik qo
biliyati aslida hammada mavjud, lekin bu qobiliyat ko‘p hollarda
ochilmasdan qolib ketadi, tasavvuf psixologik texnologiyalari esa
talantning ochilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladi, degan xulosalar
ga olib keladi.
Albatta, bu masala yuzaki qaraganda oson ko‘rinadi, asli
da uni yechish juda murakkab jarayonlar bilan bog‘liq va katta,
keng ko‘lamli bilimlarni taqozo etadi. Lekin hozirgi davr ilmiy
bilimlari, shu jumladan, psixologiya, genetika, antropologiya va
201
b. ilm sohalarida erishilgan yutuqlar hamda ma’naviy taraqqiyot
ning endigi ehtiyojlari ushbu muammo ustida ham ishlarning tez
lashuvi zaruratiga olib kelishi muqarrar. Lekin bu o‘rinda hozir
gi davr fanida, xususan, genetikada amalga oshirilayotgan ba’zi
ishlar (masalan, klonlashtirish tajribalari, nanotexnologiyalarning
qo‘llanilishi, transplantologiya va b. ishlar) ko‘ngilsiz, noinson
parvar yo‘ldan ketayotganini, ushbu muammoning yechilishida
biryoqlamalik, ayniqsa tasavvufda ko‘zda tutilgan yuksak axloqiy
mezonlar saqlangan holda inson tabiiy taraqqiyoti yo‘lidan emas,
balki bu yo‘ldan mutlaqo teskari tomonga og‘ishdan iborat sun’iy
transformatsiyalash ishlarining rivojlanishi oqibatlari juda yomon
bo‘lishini ham ko‘rsatmoqda.
Endi inson transformatsiyasining tasavvufdagi beshinchi bos
qichi tafsiriga qaytaylik. Bu bosqichda inson o‘z diqqatini faqat
Xudoga (o‘z mohiyatida (o‘zligida) jo bo‘lgan butun Borliq Mohi
yatiga) qaratish imkonini qo‘lga kiritadi. Zero, endi uning diqqa
tini boshqa tashqi intilish va ehtiroslarga tortadigan rajas guna
ham, nofaol, intilishsiz, qotib qolishga olib keladigan tamas gu
na ham bartaraf etilgan bo‘ladi. Shuning uchun kishi bu bosqich
dagi o‘z intilishida Xudodan boshqa hamma narsani tark eta ola
di. Bu bosqichda u o‘z boshiga tushgan hamma narsadan rozi
bo‘lish, eng og‘ir damlarida ham o‘z taqdiridan nolimaslik, Xu
doga bo‘lgan intilishini, mehrini kuchaytirish, xullas o‘zining bu
tun borlig‘ini, inonixtiyorini Xudoga topshirib qo‘yish (nafsi ri
zoiya) darajasiga yetadi. Ya’ni bu bosqichga inson qalbi Xudoga
bo‘lgan chin, ya’ni beta’ma muhabbat (ishq) uchun ochila ola
di. Ayni shu bosqichda inson avliyolik martabasiga yetishi ham
ta’kidlanadi.
Shuning uchun ham tariqat ishq yo‘li deb ham ataladi. Shu
bosqichdan boshlab kishini g‘ayb olami bilan bog‘lovchi ilhom
keladi, deb hisoblanadi. Bunda shu vaqtgacha insonda yashirin
(uyqu holatida) mavjud bo‘lgan buyuk iste’dod eshigi ochiladi. Bu
qobiliyat kishida uni bog‘lab, o‘rab olgan po‘stlaridan, pardala
ridan xalos bo‘lishi natijasida uyg‘onadi. Ayni shu bosqichga (ha
202
qiqiy ishqqa) yeta olgan inson yagona sirli ezoterik bilim kaliti
ga ham ega bo‘ladi. Lekin yuqorida ko‘rganimizday, bu darajaga
yetib kelish katta riyozatni talab qiladi.
Beshinchi pardadan ham qutulgach, inson butun borliqni, un
dagi barcha jonzotlar va insonlarni o‘zining jondoshlari, bir bu
tunning uzviy bo‘laklari ekanini tuyish va bilish imkoniyatiga
ega bo‘ladi. Shuning uchun u faqat o‘zining tubanlikdan xalos
bo‘lgani bilan qanoatlana olmaydi, balki boshqalarga ham yor
damga shoshilish uchun kuchli ehtiyoj sezadi. (Bu tuyg‘u tasav
vufda «nafsi mardiya», ya’ni mard kishilar ruhiyati ma’nosini
anglatadi.)
Bundan ko‘rinadiki, ushbu bosqichdagi kishining mehru mu
habbati (ishqi) faqat namoyon bo‘lmagan mohiyatga (Xudogagi
na) emas, balki namoyon bo‘lgan borliqqa, tashqi olamga ham
yo‘naladi. Shu ma’noda ushbu bosqichda so‘fiy hattoki, bosh
qa insonni sevganida ham uning husnida Xudoning namoyon
bo‘lishinigina sevadi, deyish unchalik aniq fikr emas. Zero, bun
da gap muhabbatning faqat ruhiyligida (vujud bunda ishtirok et
masligida) emas, balki asosan ishqning pokligida, beta’maligi
dadir.
Beshinchi bosqich kamolot yo‘lidagi inson oxirgi qobig‘idan,
ya’ni dunyoviy o‘zligidan ham butkul voz kechishi (fano), ya’ni
oltinchi bosqich uchun asos bo‘ladi. Shundagina u o‘zining ilohiy
ligini, ya’ni oxirgi, tub «Men»i ilohiy ekanini anglaydi (Barka
mol nafs bosqichi). Zero uning fano oqibatida yetishgan «Men»i
Haqning o‘zidir va shu tariqa u o‘z qalbi tubida Haq bilan uchra
shadi (tutashadi, birlashadi). Shayx Mansur Xaloj ayni shu bos
qichda «An alHaq» degan edi. Zero, hech qanday mubolag‘asiz
Xudo osmonlarda emas, balki o‘z qalbimizda, dilimizdadir va,
aksincha, bizning qalbimiz, dilimiz Xudodadir va Xudodandir
(dil baYor). «O‘zini bilgan Xudoni biladi» degan hadis ayni shu
ma’noni bildiradi. Qizig‘i shundaki, qadimgi yunon tilidagi entu
ziazm va intuitsiya tushunchalari ham ayni shu ma’noni, en the
os, ya’ni «Xudo qalbda», degan ma’noni bildiradi.
203
Shunday qilib, qalbimizda
gi eng musaffo «Men» (Xudo)
bizning abadiy asosimiz, mo
hiyatimiz, substansiyamizdir.
Shunga ko‘ra ezoterik ta’limot
lar Iloh substansiyasini faqat o‘zi
kabi ilohiy substansiya orqaligi
na bilish mumkin degan fikr
larni hamisha oldinga surgan.
Ilohiy substansiya esa eng to
za, nomoddiy Musaffolik, eng
oliy bilim – Haq va eng yuk
sak Ezgulik tuyg‘usi (Muhab
bat)dir. Shuning uchun inson
o‘zligini, o‘z haqiqiy menini bilishni istasa, bu o‘zlikni (mohiyat
dagi «Men»ni) yashirib tergan moddiy pardalardan qutulishi ke
rak. Lekin, kishining o‘zini moddiy dunyo bilan bog‘lovchi par
dalardan qutulishi uning bu dunyodan voz kechishi degani emas.
So‘fizm, umuman, boshqa ezoterik ta’limotlar taraqqiyotining
avvalgi, quyi bosqichlarida, hatto buddizm dinida ham ayni shu
kabi g‘oya ustuvor bo‘lgani kuzatiladi. Lekin, naqshbandiya tari
qati misolida biz ezoterik ta’limot evolutsiyasida ham evolutsion
yuksalish sodir bo‘lganini ko‘ramiz.
Buni biz aynan bizning madaniyatimizda amalga oshganini
faxr bilan ayta olamiz. «Butun dunyoga ma’lum va mashhur
bo‘lgan buyuk alloma va azizavliyolarimiz orasida Abdulxo
liq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshbandning muborak siymo
si alohida ajralib turadi, – deydi bu haqida prezidentimiz ham.
– Otabobolarimiz ulug‘ avliyo Bahouddin Naqshbandga chin
dildan ixlos qo‘yib, uni «Bahouddini Balogardon» deb ta’rif
lab kelishida teran ma’no bor. Uning «Diling Ollohda, qo‘ling
mehnatda bo‘lsin» degan hayotbaxsh hikmati dinimizning oliy
janob ma’nomohiyatini yorqin ifodalab, xuddiki shu bugun ay
tilgandek jaranglaydi».
Tasavvufda murid haqqa etish
yo‘lida bosib o‘tishi lozim bo‘lgan
bosqichlar
204
Hozirgi davr falsafasi ana shu teran ma’noni anglab yeti
shi zarur. Chunki yettinchi bosqichga yetgan inson komillik
bosqichi ga erishar ekan, bu bosqichda u o‘zida nafaqat namoyon
Mohiyatni (Haqni), balki namoyon bo‘lgan borliqni ham (pan
teizm), bu namoyon bo‘lgan borliqda o‘zining jilovlab olingan vu
judiy mayl lari va o‘z individual menining (birlik, alohidalik, yak
kalikning) mag‘zi bo‘lgan sof «menini» (o‘zligini) ham, dunyo viy
Umu miyatni, Vahdatni ham birday gavdalantirish darajasiga yeti
shadi. (U bir vaqtning o‘zida ham birlik, ham ko‘plikni, ham
mohiyatni, ham hodisani birlashtira oladi.) Buni tushunish esa,
bizningcha, «dil baYoru, dast bakor» hikmatining ma’nosini
tushunishga yordam bera oladi.
Yuqoridagi xulosalarimiz nafaqat islom dinining, balki bar
cha dinlarning ezoterik mazmuni bilan uyg‘un. Lekin insoni
yat tarixiy evolutsiyasi nuqtayi nazaridan qaralsa, eng oxirgi din
islom dini bo‘lgani uchun va uning eng mag‘zi, tub ildizi islom
metafizikasi, ya’ni so‘fizm ta’limoti bo‘lgani uchun va aynan un
da «dil baYoru, dast bakor» g‘oyasi va uning amaliyoti yuksak
rivojlantirilgani uchun inson va insoniyat madaniyatining keyin
gi taraqqiyoti aynan shu ta’limotni onglash va uning ko‘rsatma
lariga amal qilish bo‘lishi kerak degan xulosa kelib chiqadi. Shu
ma’noda naqshbandiya tariqati misolida eng yuksak insoniy evo
lutsiya ideali, Alisher Navoiyning «Lison uttayr» asari, Forobiy
ning «Fozillar shahri» misolida eng yuksak ijtimoiy ideali ayni
o‘zbek millati madaniyatida shakllantirilgan deb iftixor bilan ay
ta olamiz.
Ayni paytda shuni ham «aytish lozimki, xalqimiz ma’navi
yatini yuksaltirishda milliy urfodatlarimiz va ularning zamirida
mujassam bo‘lgan mehroqibat, insonni ulug‘lash, tinch va oso
yishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni
birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar»ning ham ahamiya
ti katta. Bu qadriyatlarning shakllanishida esa dinning aqidaviy
qat lamining ham beqiyos hissasi bor.
|