Turgil, ey Payg‘ambar, nazar sol, angla,
Mening amrimni sen bajo ayla.
A.S.PUSHKIN
«Bibliya»da ham xuddi shunday yorqin musiqaviy iste’dod
egasi bo‘lish bilan bir qatorda diniy intuitsiyasi bilan mashhur
bo‘lgan payg‘ambar va shoh Dovud hikoyasi ham keltirilib o‘ti
ladi. Psaltir deb nomlangan mazkur bob Bibliya kitoblaridan
biri sanalib, uning muallifi sifatida shoh Dovud e’tirof etiladi.
Mazkur kitob musiqa va she’riyatga daxldor bo‘lishi bilan bir
qatorda muhim ahamiyatli diniy manba vazifasini ham bajara
di. Psalom qadimda odatga ko‘ra keng imkoniyatga ega bo‘lgan
zarb li, torli va puflab chalinadigan cholg‘u asboblari jo‘rligi
da ijro etilgan. Bibliya bizga musiqa va musiqiy cholg‘ularni
ixtirochilarining nomlarini yetkazib berdi. Jumladan, Borliq
kitobini to‘rtinchi bobida shunday deyiladi: «Uning birodari
ning nomi Iuval bo‘lib, u barcha chertib chalinadigan gusla va
sibizg‘alarni mohir ustasi edi».
210
Qadimgi ahdda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra musiqa o‘sha
davr kishilarining kundalik hayotida, aniqrog‘i shodlik va qay
g‘uli kunlarida hamda diniy marosimlarda keng ijro qilib kelin
gan. Dalil sifatida saksoninchi psalomni keltirish mumkin. Unda
jumladan shunday deyiladi: «Psalomni olinglar, timpan (nog‘ora)
ni, totliy tovushli guslani psalom jo‘rligida beringlar; yangi oyning
belgilangan bizning bayram kuni shoh burg‘uni chalinglar, negaki
bu Isroil uchun qonun bo‘lib, Yoqubning tangrisining ilohiy huk
midir».
Bibliyaning axloqiy ideallari, sujet va qahramonlari qadimgi va
hozirgi zamon musiqachilarining ilhom manbayi bo‘lib kelmoq
da. U ilhom bergan shoh asarlarni sanab sanog‘iga yetish mush
kul. Zotan, Bibliyada musiqa va ibodat masalalari uzviylik kasb
qilgan holda keng joriy qilingan.
Musiqa tarixiga murojaat qilar ekanmiz, uni doimo dunyo
xalqlarining ibodat amaliyotlari bilan bog‘liq ekanini kuzatish
mumkin. Bu kuzatuvlar musiqani borliq va diniymistik tajriba
bilan alohida yaqin aloqada ekanidan darak beradi.
Cherkov ruhoniylari xususan, aleksandriyalik Kliment, ulug‘
Vasiliy, Grigoriy Niskiy hamda Avgustinlar bir necha bor o‘z asar
larida musiqa masalalariga e’tibor qaratadilar. Jumladan milodiy
354–430yillarda yashab ijod qilgan, hozirga qadar katolik va pro
vaslav yo‘nalishlari tomonidan yirik ilohiyotshunos sifatida qadrla
nadigan Avreliy Avgustin mazkur yo‘nalishda uzoq vaqt ish olib bo
rib, «Musiqa borasida olti kitob» asarini yozib qoldirdi.
Avgustinning qarashlariga ko‘ra musiqa vaqt ramzi bo‘lib, vaqt
esa o‘z navbatida hayot ramzi sifatida baho beradi. Bundan tash
qari, Avgustin butun dunyo musiqasini haqiqat, go‘zallik va do
nishmandlik bilan aloqadorligini ta’kidlab o‘tadi. Shuningdek,
uning fikriga ko‘ra musiqa so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan xris
tianlarning yangi hayoti asosi zamirida namoyon bo‘ladi. Bu yan
211
gi hayotda barcha o‘zining asl qo‘shiq va musiqasiga aylanmog‘i
kerakligini alohida ta’kidlaydi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi, cherkov va dunyoviy musiqa
o‘rtasida qanday farq mavjud? Birinchidan, cherkov musiqasi
ibodat marosimlarining bir qismi hisoblanadi hamda muayyan
diniy rasmrusumlar o‘tkaziladigan vaqtlarda ijro etiladi. Ik
kinchidan, unda qat’iy muqaddas matnlar ijro etiladi. Uchinchi
dan, uning ijrosida diniy aqidalarning mohiyati yoritiladi va
hech qanday sof musiqaviy masala ilgari surilmaydi. Pravoslav
yo‘nalishiga xos musiqa doimo jamoaviy xor va hech qanday
cholg‘ularsiz ijro etiladi. Bu turdagi musiqa alohida yaxlit bir
ichki tartibi va tizimli ekani bilan xarakterlanadi. Shuningdek,
cherkov musiqasi ortiqcha emotsiya va hissiyotlar qorishuviga
yo‘l qo‘ymaydi. Ilk xristian musiqaviy janri hisoblangan psal
modiya (kuy yoki qo‘shiq), gimn (tantana qo‘shig‘i) keyingi
davrlarga taalluqli sanalgan xoral (birgalikda kuylash), mo
tet (ilk va o‘rta asrlar G‘arbiy Yevropada keng tarqalgan ko‘p
ovoz li polifonik vokal janri hisob lanadi) va messa (vazifa va
noma ma’nolarini anglatadi, liturgiya marosimida ijro etiladi
gan qo‘shiq) nafaqat cherkov musiqasi doirasida, balki dunyo
viy xa rakterda o‘ziga xos tarzda qayta talqin etildi. Tahkidlash
joizki, amaliy jihatdan yuqorida tilga olingan janrlar doirasi
da ko‘plab asrlar mobaynida musiqa san’atining ulug‘vor asar
lari yaratildi. Jumladan I.Bax, I.Gaydn va L.Betxovenlarning
messa janrdagi asarlarini, V.Motsart, F.Shubert, F.Mendelson,
R.Shuman va F.Listlar rekviem (motam kuy) janrdagi asarlarni
yaratishdi.
Bugunga kelib ko‘plab musiqa durdonalari diniy mazmundan
yiroqlashganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Biroq mazkur dunyo
viy musiqalar diniy manbalardan ozuqa olganini ilg‘ash mushkul ish
emas. Ahamiyatli tomoni shundaki, so‘nggi o‘n yil davomida mash
hur bastakorlar tomonidan diniy mavzudagi asarlarni yaratishga
bo‘lgan intilish keskin ortib bormoqda. Ming yillar mobaynida din
212
va musiqa avloddanavlodga o‘tib, inson qalbining eng sirli nuqta
lariga yetib borish, unga tasalli hamda taskin, yangidan yangi g‘oya
lar berish, go‘zallik va borliqning o‘ziga xos uyg‘unligini anglashga
ko‘mak bermoqda.
Dostları ilə paylaş: |