213
Shu sababli yahudiylik olimlari ta’kidlashicha, sinagoga qa
yerda qurilishidan qat’i nazar quyidagi
talablarga rioya etilishi
lozim:
– sinagoga qurilishida Quddusdagi Markaziy ibodatxonaga
yo‘naltirilmoqlik;
– shahar binolariga nisbatan teparoq joyda joylashishi. Bi
roq, ushbu qoidaga yahudiy xalqi nasroniylik va islom dinlari
tarafdorlari ko‘p bo‘lgan mamlakatlar hududida amal qila olma
ganlar. Shuning uchun ular o‘z ibodatxonalari ustiga uzun xoda
o‘rnatganlar;
– ibodatxonada erkaklar va ayollar ibodat qilishlari uchun
alohida joy qilinishi.
Bundan tashqari, sinagogalar
iqlim,
mintaqa yoki muayyan
madaniyat ta’sirida turli me’mo
riy uslublarda qurilishimumkin.
Biroq, barcha sinagogalar, hat
toki oddiylarida ham quyidagi
to‘rt unsur bo‘lishi shart hisobla
nadi. Bular:
1. Aron Kadesh – Quddus
ga yo‘nalgan muqaddas sandiq
(shkaf) bo‘lib, uning ichida Tav
rot tumorlari saqlanadigan maxsus joy mavjud. U masjiddagi
mehrobga o‘xshash vazifasini bajaradi va kirish eshigining ro‘pa
rasida joylashadi.
2. Ner Tamid – (ibroniycha «abadiy shamchiroq») sinagoga
da «Tavrot» solingan sandiq ro‘parasida joylashgan bo‘lib, doimo
yonib turuvchi shamchiroqdir. Sinagogada
Ner Tamid Menorani
eslatib turuvchi ramz sifatida qo‘yiladi.
3. Bima (yoki teva, almemar) – sinagogani markazida joy
lashgan, Tavrot o‘qiladigan minbardir.
4. Erkaklar va ayollar uchun alohida ibodat joylarining bo‘li
shi (odatda ayollar ikkinchi qavatda ibodat qilishadi).
Aron Kodesh – Tavrot
sahifalari saqlanadigan
sinagogadagi maxsus joy
214
Ilk sinagogalarning bunyod etilishi vaqti haqida yakdil fikr
bo‘lmasada, tarixiy manbalarda xabar berilishicha, dastlab
ki sinagoga Quddus shahrida barpo etilgan. Qolaversa,
mazkur
ibodatxona tarixda ikki marotaba qaytadan qurilgan. Quddus
dagi ibodatxona birinchi marotaba miloddan avvalgi 586yilda
bobilliklar, ikkinchi marotaba rimliklar tomonidan eramizning
70yillarida vayron qilingan. Hozirgi kunda ushbu ibodatxonadan
«Yig‘i devori»
1
va g‘arbiy devor saqlanib qolgan. Yahudiylik ta’li
motiga ko‘ra, Quddusdagi ibodatxona «Messiya» (Xaloskor)ni ke
lishi bilan yana qayta barpo bo‘ladi.
Yahudiylik dini an’anasi bo‘yicha sinagoga nafaqat ibodat
xona, balki diniy ta’lim maskani hamdir. Unda bolalarga umum
ta’lim fanlari bilan bir qatorda, diniy ta’lim ham beriladi. Tal
mudda aytilishicha, Quddusda 480 ta sinagoga bo‘lgan. Har bir
sinagogada ikkitadan maktab; boshlang‘ich va o‘rta ta’lim mak
tablari bo‘lgan. Odatda, sinagoga maktablarni kerakli adabiyot
lar bilan ta’minlagan. Har bir maktabda «Pyatiknijie» (Musoning
besh kitobi),
ularning sharhi, Talmud, Mishna va boshqa ming
lab kitoblar bo‘lishi shart hisoblangan. Shuningdek, o‘tmishda
bo‘lgani singari bugungi kunda ham o‘quv jarayonidan tashqa
ri sinagogada diniy bayramlarni nishonlashga alohida e’tibor qa
ratiladi. Qiziqarlisi shundaki, bunday bayramlar qatoriga nafaqat
butun jamoa bo‘lib, ommaviy tarzda o‘tkaziladigan bayramlar,
1
Sulaymon davrida Buyuk Ibodatxona qurilgan, u ikki marta Bobil (mil. avv.
586y.) va Rim (mil. 70y.) hukmronligi davrida vayron qilingan. Yahudiylar
uni xotirlab, Ikkinchi ibodatxona davridagi qal’aning «Yig‘i devori» deb
atalgan devor parchalariga sig‘inganlar. «Yig‘i devori»ga
yahudiylar kelib ibodat
qilishadi. Xudoga nola, tavba, duolar qilishadi va ularni qog‘oz parchalariga
yozib devor orasiga tiqib chiqishadi. Bundan ko‘zlangan maqsad ularning
iltijolari Xudoga tezroq yetib borishi va amalga oshishini tezlatish hisoblanadi.
«Yig‘i devori» bunda vositachilik rolini o‘ynaydi. Hozirgi kunda xatlarni elektron
tarzda yuborish yo‘lga qo‘yilgan. Xatlar u yerga elektron shaklda yuboriladi va
xodimlar tomonidan xatlar olinib, qog‘ozga chiqartirilib,
devor orasiga tiqib
chiqiladi. Xatlarni yilda ikki marotaba tog‘ga olib borib maxsus belgilangan
joyga ko‘miladi.
215
balki tug‘ilgan kun, balog‘atga yetish, to‘ng‘ich o‘g‘ilni sotib olish
(выкуп первенца) kabi bir qator dindorlar birgalikda nishonlay
digan bayramlar kiritiladi.
2) Cherkov – xristianlik ibodatxonasi.
Dostları ilə paylaş: