Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Nasroniylik dinini Sharqiy va G‘arbiy tarmoqqa ajralishi cher­
kov binolari ko‘rinishida ham namoyon bo‘ldi. Bazilika g‘arbda keng 
tarqalgan cherkov shakli bo‘lsa, yanada ixcham holatdagi ustun­
lardan foydalanish sharqda urf bo‘ldi. Shu bilan birga, Sharqiy va 
G‘arbiy xristian cherkovi o‘rtasidagi farq ibodatxonaning tashqi va 
ichki ko‘rinishidagi bir necha jabhalarda ko‘zga tashlanadi.
Xususan, pravoslav cherkov binolari muayyan ramziy ma’noni 
ifodalovchi quyidagi asosiy shakllardan iborat:
– avvalo, cherkov binosi uzunasiga to‘rtburchak shaklida 
cho‘zilib yumaloq holat tugashi najot vositasi sifatida kemaning 
ramzi (Nuh kemasi) hisoblanadi; 
– cherkov binosi shifti tekis holatda bo‘lishi o‘rniga doirasi­
mon gumbaz shaklida qurilishi osmon ramzi deya baholanadi
– pravoslav cherkov binolarining gumbazi piyoz shaklidaligi 
hamda unga ko‘pincha xoch o‘rnatilganligi «kema ahlini quruq­
likka tushishi, najotga erishishi uchun tushirilgan» langardek 
umid ramzi sifatida tavsiflanadi;
– qo‘ng‘iroqxona – cherkov qo‘ng‘iroqlari osib qo‘yiladi­
gan minorasimon inshoot. Cherkovdan alohida, uning yaqini­
ga yoki ibodatxonaning bir qismi sifatida quriladi. Xristian cher­
kovidagi dastlabki qo‘nqiroq minorasi Qadimgi Rimda avliyo 
Ioann Late ran va avliyo Pyotr bazilikalarida o‘rnatilgan. Yev­
ropada XI asrdan boshlab hamma yerda qurila boshlagan. Rus­
da XIV asrda paydo bo‘lgan. Cherkov sharqiy qismida qurbon­
goh (altar), g‘arbiy qismida esa to‘g‘rima­to‘g‘ri yoki yonma­yon 
holat da qo‘ng‘iroq minoralari joylashadi;


218
– Yer yuzining boshqa chekkalaridagi xristianlik cherkovlari­
dan farqli o‘laroq, an’anaviy pravoslav cherkovlarining o‘ziga xos 
jihati ibodat vaqtida foydalanish uchun o‘rindiqning yo‘qligi hi­
soblanadi. Pravoslavlik axloqiy me’yorlariga binoan ibodat va va’z 
davomida o‘tirishlik hurmatsizlik sanaladi. Biroq G‘arb davlat­
lari, ayniqsa, AQSHdagi cherkovlarda boshqa xristian mazhablari 
ta’sirida o‘rindiqlar qo‘yishlik joriy etildi.
Bundan tashqari, cherkov binosining ichki qismi quyi­
dagilardan iborat: 
– vestyubl (narteks) – cherkovning ichki tarkibini tashkil 
etishda ma’naviy ahamiyat kasb etib, u xristian kishisini cherkov 
va tashqi dunyo bilan bog‘lovchi yo‘lak vazifasini o‘taydi; 
– altar (lot.— baland) — qadimgi xalqlarda «muqaddas joy­
lar»da o‘choq shaklida kurilgan qurbonlik qilinadigan joy. Ilk 
xristianlarda — stol, unda prichao‘enie marosimi uchun non va 
vino tayyorlangan va taqsimlangan. Xristian cherkovida — ibo­
datxonaning bir qismi (mehrob), bu yerda ruhoniylar ibodat qila­
di va prestol (minbar) bor. Pravoslav altari sharqqa qaratib quril­
gan va ibodatxonaning boshqa qismidan ikonopostas (ikonalar 
bilan bezatilgan devor) bilan ajratilgan;
– prestol — xristian ibodatxonasidagi asosiy jihoz, diniy 
sig‘inish predmeti, ko‘pincha naqshli o‘ymakor uslubda ishlan­
gan, mehrob o‘rtasiga qo‘yiladigan to‘rtburchak stol, uning usti­
ga antimins (zig‘ir tolasidan yoki ipakdan to‘qilgan ro‘mol), xoch 
va Injil qo‘yiladi. Prestol yonida non va vino totish marosimi ba­
jariladi, ibodat qilinadi;
– amvon (yun.— tog‘ chekkasi) — xristian ibodatxonasi 
o‘rtasida yarim doira shaklidagi baland joy. Dyakon shu joyda tu­
rib Injil o‘qiydi, pop vazxonlik qiladi.
– ikona (yun — tasvir, obraz) – Xudolar, avliyo va g‘ayrita­
biiy mavjudotlarning rasmlari, relyefli tasvirlari, ular diniy sig‘i­
nish predmetlari hisoblanib, cherkovda ikonaga sig‘inish ommaga 
ideologik ta’sir ko‘rsatishning muhim vositasi sifatida qaraladi. 
3) Masjid – musulmonlar ibodatxonasi. 


219
Masjid arab tilidan olingan bo‘lib, «sajda qilinadigan joy» de­
gan ma’noni anglatadi. Masjid musulmonlar jamoa bo‘lib namoz 
o‘qiydigan joy, ibodatxona hisoblanadi. Masjidlar, asosan, kunda­
lik besh vaqt namozni, juma, hayit va janoza namozlarini ado etish, 
ramazon oyida xatmona va iftorliklar o‘tkazish, nikoh o‘qish kabi 
diniy ibodat va marosimlar bajaradigan maskandir. Islom tarixi­
dagi ilk masjid Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar tomonidan 622­yi­
li Madina shahrida barpo etilgan. Bu masjidga «Masjid al­Qubo» 
nomi berilgan.
Dastlab masjidlar shaharlarda, keyinchalik qishloq va ma­
hallalarda barpo etilgan. Masjid bir necha xonaqoh, imom­xatib 
xonalari, e’tiqod qiluvchilarning ibodatdan oldin poklanish joyi 
– tahoratxona hamda ayrim masjidlar hovlisida hovuz va ayvon 
(Markaziy Osiyo masjidlari), bir yoki bir necha minoradan tash­
kil topgan bo‘ladi. Xonaqoh tomi gumbazli yoki to‘sinli bo‘lib, 
ba’zi masjidlar xonaqohi bir, ikki, uch, hattoki, yetti gumbazlidir. 
Uning kattaligi masjid xonaqohi va ayvonining hajmiga binoan 
belgilanadi. Masjid ayvonining kattaligi esa, to‘sinlar soni va qa­
tori bilan belgilangan.
Masjid xonaqohining to‘rida, Makka shahriga qaragan (qibla) 
tomonida mehrob joylashgan. «Mehrob» so‘zi arab tilidan olin­
gan bo‘lib, «sajdagoh» degan ma’noni anglatadi. Mehrob mas­
jidning Ka’ba (Makka shahri) tomonidagi devori ichiga taxmon 
shaklida qurilgan joydir. Mehrob islom dinining dastlabki davr­
laridan har bir masjidda mavjud bo‘lib, u namoz yuzlanib o‘qila­
digan tomon (qibla)ni belgilash uchun xizmat qiladi. Hozir­
gi kunda masjidlarning mehrobi Qur’oni karim oyatlari, har xil 
rangdagi shishalardan foydalanib duradgor ustalar tomonidan 
ishlov berilgan naqshlar bilan bezatilganligiga guvoh bo‘lishimiz 
mumkin. Mazkur bezaklardan musulmonlar nafaqat mehrobni, 
balki, minbarni bezashda ham foydalanadilar.
Minbar masjid xonaqohining mehrob devori joylashgan qis­
mining o‘ng tomonida yoki mehrobning o‘ng tarafidagi bur­


220
chakda joylashgan bo‘ladi. Minbar – masjidda imom va’z ayta­
digan baland joy, keng zinapoyali supa bo‘lib, birinchi minbar 
baland o‘rindiqli bo‘lgan. Unga Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) 
628–629­yillarda ikki zina orqali chiqib, vahz o‘qiganlari va un­
da o‘tirganlari ma’lum. Shu yagona minbardan birinchi uch xa­
lifa foydalangan, faqat Ali davrida Kufada ikkinchi minbar pay­
do bo‘lgan.
Masjid xonaqohining shifti Qur’on oyatlari, Allohning ism – 
sifatlari hamda iymon kalimasi tushirilgan naqshinkor tasvirlar 
bilan bezatilgan. Odatda masjidlar qurilgan hudud (shahar, qish­
loq va mahalla) aholisining soniga qarab jome’ va maxalliy mas­
jidlarga ajratilgan. Jome’ masjid deganda, islom mamlakatlari­
da shahar markazidagi yoki nisbatan katta hududdagi asosiy va 
eng katta bosh masjid tushuniladi. Shu bilan birga, musulmon ja­
moasi uchun zarur turli xabarlar e’lon qilinadigan, haftalik ju­
ma, hayit namozlari o‘qiladigan maxsus bino hisoblanadi. Jome’ 
masjidi tuzilishi guzar (mahalla) masjidlariga nisbatan salobat­
li bo‘lib, O‘rta Osiyoda uni bir (old yoki yon) tomoni, ikki (janu­
biy va sharqiy yoki shimoliy va sharqiy) yoki uch tomoni ay­
von bilan o‘ralgan holatda qurish urf bo‘lgan. Buxoroda birinchi 
jome’ masjidi 713­yilda Qutayba ibn Muslim tomonidan ta’sis 
etilgan. Jome’ masjidi uchun mahalliy majusiylar ibodatxonasi 
moslashtirilgan. 
Masjid arab tilidan olingan bo‘lib, «sajda qilinadigan joy» de­
gan ma’noni anglatadi. Masjid musulmonlar jamoa bo‘lib namoz 
o‘qiydigan joy, ibodatxona hisoblanadi. Masjidlar, asosan, kunda­
lik besh vaqt namozni, juma, hayit va janoza namozlarini ado etish, 
ramazon oyida xatmona va iftorliklar o‘tkazish, nikoh o‘qish kabi 
diniy ibodat va marosimlar bajaradigan maskandir. Islom tarixi­
dagi ilk masjid Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar tomonidan 622­yi­
li Madina shahrida barpo etilgan. Bu masjidga «Masjid al­Qubo» 
nomi berilgan.


221
Musulmon tomonidan masjidlar «ma’naviyat o‘chog‘i» sifatida 
ardoqlanadi. Ayniqsa, islom madaniyati shakllanishida quyidagi 
masjidlarni o‘rni katta hisoblandi:

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin