226
rotning yozma holatda shakllanishi ham bir necha asrlarni qam
rab olganligini ta’kidlaydilar. XIX asr oxirlarida «Musoning besh
kitobi» to‘rt asl mustaqil manbalarni jamlash orqali miloddan av
valgi 450yilda yaratilgan, degan fikrni ilgari suruvchi isbotda
lilga ega gipotezalar negizida umumiy qarash mavjud edi (Yahve
– mil.av. 900y.; Elohim – mil.av. 800y.; Ikkinchi qonun yozuv
chilari – mil.av. 600y.; Ruhoniylarga (‘riestly) oid manbalar –
mil.av. 500y.).
Qarashlar.
Muqaddas matnlarga munosabat turlichadir. Ba’zi
dinlar muqaddas matnlarni keng va erkin ravishda oshkor qila
di. Ba’zilari muqaddas sirlar ishonchli va ta’sirli tarzda saqlanib
qolishi uchun ularni ommadan yashirishga urinadi. Ko‘p dinlar
muqaddas matnlarning miqdorini aniqlash, ularga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilishi kabi holatlarni oldini olishga asosiy e’ti
bor qaratadi. Ba’zi dinlar esa o‘z muqaddas matnlariga nisbatan
«Xudoning kalomi» sifatida yondashsalarda, ammo ular Xudo
tomonidan vahiy qilinganligi sababli o‘zgartirib bo‘linmas jihati
ga egaligi to‘g‘risida qaramaqarshi fikrlar bildiriladi. Matnlarni
tarjima qilishda rasmiy ijozat olinadi, ammo asl muqaddas til
ning qat’iy o‘zgarmas ekanligiga e’tibor qaratiladi. Ba’zi dinlarda
muqaddas matnlardan nusha ko‘chirish tekin va imtiyozli shaklda
amalga oshiriladi, ba’zilarida esa bu borada to‘lov va mualliflik
huquqiga qat’iy rioya qilish talab qilinadi. Muqaddas matnlarga
qo‘yilgan turli belgilar ham ularning orasidagi muayyan farqlarni
ko‘rsatuvchi jihat sanaladi. Masalan, ba’zi muqaddas matnlarda
ma’lumotlarni birbiridan ajratuvchi sahifalarning raqami bo‘lsa
(sikxizm), ba’zilarida esa berilgan ma’lumotlarni ma’lum nom va
raqamlar (Ibrohimiy dinlar – sura, oyat) namoyon bo‘ladi
1
.
Dostları ilə paylaş: