234
ga o‘xshagan tarjima. Bunda oyatlarning har bir so‘zi barobari
ga boshqa lug‘at so‘zlari qo‘yiladi, oyatlarning va undagi so‘zlar
ning nazm va tartibi o‘zgarmaydi. Hattoki asl matndan bilinib
turgan balog‘at va fasohat ham o‘zgarmagandek tuyuladi; 2) Asli
ga o‘xshamagan tarjima. Bunda tarjimon Qur’on nazmiga e’tibor
qilmagan holda, toqati yetgancha oyatlar mazmunini boshqa til
ga o‘girib beradi.
Manbalarda qayd etilishicha,
Qur’oni karimni boshqa tillar
ga tarjima qilish harakati ancha
qadimdan boshlangan. Ayniqsa,
arab bo‘lmagan xalqlarning islom
dinini qabul qilishlari bu harakat
ga asosiy sabab bo‘lgan. Garchi, is
lom olimlari oyatlarni har qanday
tilda sharhlab, tafsir qilishga rux
sat bersalarda, biroq so‘zmaso‘z
tarjima qilib yozishga mutlaqo izn
bermaganlar, zero tarjimani yozib
qo‘yishlik bilan Qur’on mazmuni
shundangina iborat degan iddao bo‘ladi, deb uning mas’uliya
tidan qo‘rqqanlar.
Hadis ikki qismdan iborat bo‘ladi: matn va isnod. Hadis ik
ki turga bo‘linadi: 1. Hadisi qudsiy. 2. Hadisi Nabaviy. Hadis
lar e’tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sa
hih. 2. Hasan. 3. Zaif. Qur’oni karimda barcha huquqiy va axloqi
masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish
va izohlab uqtirish uchun Muhammad (s.a.v.) o‘z hadislarini ay
tardi. Hadislarni payg‘ambarning safdoshlari yodda saqlashga ha
rakat qilardi. Rasululloh (s.a.v.) hayotlik chog‘ida sahobalarning
Qur’oni karimga hadislarni aralashtirib yuborishlaridan qo‘rqib,
hadislarni yozishdan qaytarar edi. Payg‘ambar (s.a.v.) vafotidan
so‘ng hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bi
lan bir guruh musulmonlar Payg‘ambar (s.a.v.) hadislariga begona
Dostları ilə paylaş: