Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Hinduiylik.
Hind diniy an’anasi dunyo­
dagi boshqa diniy ta’limot va amaliyot­
lardan o‘zida turfa xillikni kasb etganli­
gi jihatidan tubdan farq qiladi. Ularning 
ba’zilari monistik (dunyoning negizi bit­
ta deb bilish) xarakterga ega, boshqasi ha­
qiqat ilohiy Ruh (‘urusha) hamda dast­
labki moddiy tabiat (‘rakriti)ning o‘zaro 
bog‘liqligida deb faraz qilishi, yana bi­
ri nomsiz va shaklsiz Xudoga turli nom 
va shakllarni nisbat berib, yagona Xu­
doga e’tiqod qilayotganini da’vo etishi 


238
yuqoridagi fikr tasdig‘idir. Hinduparast Krishna, Shiva yoki ham 
odam, ham Xudo qiyofasidagi yaxlitlik tarzida tasavvur qilinuv­
chi Brahma timsolida Tangriga ibodat qilishi mumkin, bunda, u 
yagona Mutlaq Haqiqat ramzi sifatida ular (uch Xudo)ning bar­
chasiga hurmat bajo keltirgan hisoblanadi. Hinduparast mazkur 
uchlikka e’tiqod qilsin yoxud Ma’buda Durga
1
ga topinsin, bu ho­
lat mahalliy ta’limotga binoan, muqaddas diniy manbalardagi 
ko‘rsatmalarga zid xatti­harakat deb baholanmaydi. Bu to‘g‘risi­
da Rigvedada quyidagicha ma’lumot keladi: «Haqiqat bitta, am­
mo izlovchi uni turli nomlar bilan ataydi».
1
Durga – buqa qiyofasidagi iblisga qarshi yo‘lbars yoki sherga minib olgan 
holda kurashayotgan sakkiz yoki o‘n qo‘lli ko‘rinishda tasvirlanadigan ma’buda.


239
Umuman olganda, hinduiylik e’tiqodiy qarashlari va amaliyo­
tini quyidagi tartibda ko‘rsatish mumkin: 1) Brahma yoki Mut­
laq Haqiqat (Ultimate Reality – hinduiylikda Xudo haqidagi 
ta’limot) turli qiyofada namoyon bo‘ladi; 2) bu haqiqatni tana 
a’zolari (margas) orqali anglab yetish: bilim (jnana yoga), ibodat 
(bhakti yoga) va amal (karma yoga); 3) haqiqatga qovishib ke­
tishga erishish; 4) dunyo hayoti vaqtincha va Haqiqatga yetish­
dan uzoqlashtiruvchi ekanligini 
tushu 
nish; 5) inson o‘ylayotgan 
har bir fikri, aytayotgan so‘zi va 
bajarayotgan xatti­harakatiga mos 
ravishda jazo yoki mukofot oli­
shi haqidagi g‘oyani ifodalovchi 
«karma» ta’limotiga qat’iy amal 
qilish; 6) «qayta tug‘ilish» (rein­
carnation) ta’limoti – kimgadir 
ahvol o‘nglanish uchun imkoni­
yat, kimgadir uzluksiz iztiroblar 
domiga tushish manbayi ekanli­
gini tushunish yoxud insonlar­
ning taqdiri va ijtimoiy sharoiti 
o‘rtasida mavjud notenglik Xudo 
tomonidan birini e’zozlash, bosh­
qasini tahqirlash natijasi emas, 
balki karmaga mos xatti­harakat 
qilmaslik mas’ulligini bilish; 7) 
Vedalarni ulug‘lash; 8) oilaviy va 
ijtimoiy hayot an’analariga hur­
mat ko‘rsatish; 9) hayotning to‘rt 
maqsadini – halollik (dharma), 
boylik (artha), nafs (kama), ax­
loqiy yetuklik (moksha/nirvana) 
– to‘g‘ri tushunish; 10) ijtimoiy 
taba qalar (kasta tizimi) va ular­


240
ning har biriga muvofiq belgilangan vazifalar hayotiy voqelikka 
asoslanganligini idrok qilish. 
Ayrim istisnoli holatlarni inobatga olmaganda, mazkur 
e’tiqodiy qarashlari hinduiylikning barcha sektalariga taalluq­
li qoidalar sifatida qabul qilingan. Qolaversa, ayrimlari jaynizm, 
sikxizm va buddizm kabi dinlar tomonidan inkor qilingan bu 
diniy e’tiqodlar hinduiylik jamoasining boshqalardan ajratib 
turuv chi xususiyati bo‘lib qoldi.
Hinduiylik an’anasi shakllanishi ildizlari bir necha manbaga 
borib taqaladi. Bulardan eng qadimiy va nufuzlisi vedalar bo‘lib, 
u Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Atxarvaveda kabi qismlardan 
iborat. Keyinchalik dindorlarga vedalar mazmunini tushuntirish 
uchun yozilgan samxita, brahmana, aranyaka va upanishadlar 
singari shar’iy asarlar ham vedalar tarkibiga qo‘shildi.
Vedalar uch ming yildan ortiqroq davr mobaynida avlod­av­
lodga og‘zaki ravishda o‘tib keldi. Vaqt o‘tgach, bosqichma­bos­
qich yozila boshlandi, shu tarzda, vedalarga xos madhiyalar, ri­
tuallar o‘tkazish tartibi, kuylar va duolar yozuvga qayd qilindi. 
An’anaviy veda kuylarining qat’iy uslubi mavjudligi ularni tur­
li o‘zgarishlarga uchrashidan saqlab qoldi. Veda madhiyalarining 
aksariyati asosan borliq haqiqatining jonli timsoli sifatida e’tirof 
etiluvchi tabiat kuchlarini ulug‘lashga bag‘ishlangan. Qayd etib 
o‘tmoq lozimki, vedalarda kelgan rituallarning barchasi zamo­
naviy hunduiparast tomonidan bajarilmasa­da, umuman, ular 
qadimgi hind kishisining dunyoqarashi va tafakkur tarzi haqida 
tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Qolaversa, hinduiylik tarafdorlarining hayot shaklini tash­
kil etishda vedalarga yozilgan izohiy asarlar alohida o‘rin tutadi. 
Ular dan biri Braxmana vedalarning nasriy ifodasi bo‘lib, u satxa­
pata va tandyamaxaga bo‘linadi. Upanishadlar 108 tani tashkil 
qilib, ular turli vaqtlar oralig‘ida (m.a. 900­m.a. 200­y.) yozil­
gan hamda vedalarning muayyan saralangan qismiga tegishlidir. 
Etimologik nuqtayi nazardan «upanishad» so‘zi «yaqin o‘tirish» 
ma’nosini bildirib, bunday nomlanishining sababi upanishadlar 


241
qadimgi hakimlar tomonidan 
halqasimon shaklda o‘tirgan 
o‘z o‘quvchilariga aytilgan fal­
safiy va axloqiy ta’limotlarni 
qamrab olgani bilan bog‘liq. 
Sikxizm
. Bu din Xudo­
ni
ulug‘lash va ezgu hayot­
ning asosi sifatida xudbinlik­
dan chetlashishni targ‘ib qilishi 
orqali yakkaxudolik unsurlari­
ni o‘zida namoyon etadi. Sik­
xizmga milodiy XV asrda Pan­
jobda Guru Nanak tomonidan 
asos solingan bo‘lib, bugun­
gi kunda bu din taxminan 20 
mln. nafar tarafdorga ega. O‘z 
davrida, Nanak va uning to‘rt 
shogirdi insonlarning marta­
basi din yoki ijtimoiy tabaqa­
ga ko‘ra farqlani shini qoralab, biror e’tiqod yoxud kasta qatlami 
emas, balki qalb musaffoligi hamda ibodat sokinligiga erishishgi­
na Xudo huzurida banda mavqeini ko‘rsatuvchi omil ekanligini 
targ‘ib qilganlar. 
Boshqa dinlar kabi sikxizm ham o‘zining muqaddas kitobiga 
ega. Uning muqaddas kitobi – Adigrantx («Boshlang‘ich kitob») 
bo‘lib, beshinchi guru Arjun (1581–1606) tomonidan tuzilgan. U 
shuningdek, Gururantx («Guru kitobi») yoki Grantxsahib («Sohib­
ning kitobi») nomlari bilan ham ataladi. Unga avval dast labki besh 
guruning, keyinchalik esa boshqa gurularning mad hiyalari kirgan. 
Jumladan, Kabirning, Namdevning, Farididdin Ganjishakarning 
(XV asr) madhiyalari bilan bir qatorda bir necha Bxakti va so‘fiylik 
harakati namoyondalarining ham madhiyalari kirgan. U panjob ti­
lida yozilgan bo‘lib, hozirgi kunda Amritsardagi sikxlarning bosh 
ibodatxonasi hisoblanmish «Oltin Haram»da saqlanadi.


242
Jaynizm
. Hindistondagi o‘ziga xos 
diniy manbalar, tarix, chuqur falsafiy 
an’ana hamda taxminan 10 mln. na­
far tarafdorga ega diniy­falsafiy ta’limot­
lardan biri. Navqiron Hind madaniyati­
ning bir qismi hisoblanishiga qaramay, 
jaynizm ta’limotida veda dini an’ana­
lari, ularga oid shar’iy kitoblar (Upa­
nishadlar) va ularda uchraydigan turli 
ma’budlar nufuzi inkor qilinadi. Aksin­
cha, jaynizm barcha tirik jonzotlarga 
ozor yetkazmaslik to‘g‘risidagi (ahimsa) 
e’tiqodi bilan buyuk Hind sivilizatsiyasi­
ga katta ta’sir ko‘rsatganligi e’tirof etiladi. 
Jaynizmda inson qayta tug‘ilish silsilasi­
dan ozod bo‘lishi uchun karma ta’limo­
tiga qat’iy rioya etishi talab qilinadi. Ki­
shi karma iskanjasidan nafsini xalos etish 
maqsadida tarkidunyochilik yo‘lini tuti­
shi va kelajakda, amal, so‘z, fikr borasida 
haddan oshishlikka yo‘l qo‘ymasligi ke­
rak bo‘ladi. Jayniylik e’tiqodiga binoan, 
inson tarafidan sodir etiladigan gunohlar 
havoi nafsga erk berish natijasidir. Shun­
dan kelib chiqib, jaynizmda «Xudo» yoki 
«yarimodam Xudo» tushunchasi mavjud 
bo‘lmay, balki har bir shaxs o‘z nafsini 
karma asirligidan xalos qilish orqali oliylik, mukammallik mar­
tabasiga erishishi mumkin, deb ishoniladi.
Jaynizm dini vakillarining e’tiqod qilishicha, bu ta’limotga 
24 tirtxakar (payg‘ambar yoki avliyo) asos solgan. Ularning bar­
chasi kshatriylar xonadonidan bo‘lgan. Ushbu tirtxakarlar ning 22 
tasi haqida ma’lumot deyarli yo‘q, 23­si – Vardxamana Maxa­
vira (m.a. 599­527)dan 250­yil avval yashagan Parshvanadxa – 


243
Banoras podshohi Ashvasanning o‘g‘li bo‘lgan. Biroq rohiblik 
yo‘lini ixtiyor etib, otasining saroyini tark etgan. U o‘zidan keyin 
juda ham chiroyli nizomga solingan diniy ko‘rsatmalar qoldir­
gan. Vardxamananing ota­onasi, oila a’zolari Parshvanadxaning 
dinida bo‘lganlar. Vardxamanada yoshligidan jaynizm ta’limo­
tiga kuchli qiziqish paydo bo‘lgan. Shunday qilib, Vardxamana­
ning o‘zi jaynizmning navbatdagi va so‘nggi tirtxakari bo‘lib ye­
tishgan.
Jaynizmning asosiy qoida­tamoyillarini o‘z ichiga olgan 45 ta 
asar mavjud bo‘lib, ular Maxavira tomonidan bitilgan. Biroq, mil. 
av. III asr atrofida og‘zaki matnlarni kitob holatiga keltirish maq­
sadida qilingan harakatlar oqibatida jaynizm ikki oqim – shve­
tambarlar yoki svetambarlar («oq kiyim kiyganlar») va digam­
barlar («moviy kiyim kiyganlar»)ga bo‘linib ketgan. Digambarlar 
jaynizmning asl holatini saqlab qolishga ko‘proq ahamiyat ber­
ganlar. Ular Rishabxaning qadimiy qonunini yo‘qolgan deb his­
oblab, shvetambarlardagi matnlarni haqiqiy emas, deb e’lon qil­
dilar. Jaynizmning ikki oqimga bo‘linishi har ikki oqimning 
o‘ziga xos urf­odatlari, kiyinishi va boshqa hayotiy qirralarning 
shakl lanishiga sabab bo‘ldi. Vaholanki, ular asosiy diniy qoidalar­
da o‘zaro farqlanmaydilar. 
Jayn muqaddas diniy matnlari Maxavira va’zlari bilan bosh­
lanib, ular Maxaviraning shogirdlari tarafidan qadimgi prakrit 
tilida yozib olingan. Keyinchalik uning asl nusxasi yo‘qolib, 
muqad 
das matnlarni saqlanib qolgan qismlaridan foydalanib, 
asosiy diniy manbani prakrit va sanskrit tillarida qayta tiklashga 
majbur bo‘lingan.
Shvetambar jaynistlari qo‘lidagi diniy manba 12 ta asos­
iy bo‘lim (anga) va 34 ta qo‘shimcha matnlar (angabahya)dan 
ibo rat. Birinchi bo‘lim Asarangasutra bo‘lib, u ruhoniy erkak va 
ayol uchun belgilangan qoidalar hamda Maxavira hayot yo‘lini 
ifo dalovchi biografiyani qamrab oladi. Ikkinchi bo‘lim Sutrakri­
tangada esa jaynizm e’tiqodi hinduiylik va buddaviylik ta’limot­
lari bilan solishtirilib tushuntirib berilgan. Yuqorida zikr qilingan 


244
34 ta qo‘shimcha matnlar orasida 
eng mashhuri sanalgan Uttaradhya­
na Sutrada esa Maxavira 
ning 
eng so‘nggi va’zi deb ishoniluv 
chi 
e’tiqodlar va dialoglar bayon qilina­
di. 
Buddizm
. Buddizm qadimiy hind 
diniy­falsafiy ta’limotlari asosida 
vujudga kelgan, o‘ziga xos nazari­
yot va amaliyotdan iborat bo‘lgan 
diniy tizimdir. Budda yangi diniy 
qonun­qoidalar, rasm­rusumlar ish­
lab chiqmagan, balki har bir inson 
tug‘ilish va o‘lim mashaqqatlaridan 
qutulishi uchun amal qilishi lozim 
bo‘lgan bir necha ko‘rsatmalarni 
ishlab chiqdi, xolos. Uning ta’limo­
ti insonning xayolida, ishlarida va 
o‘zini tutishida samimiy oliyjanoblik g‘oyasini ilgari suradi. U ve­
dalardagi gunohsizlik ta’limotini inkor qildi, hayvonlarni vahshi­
yona qurbon qilishni qoraladi, varna (kasta) tizimini va undagi 
ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qildi. 
Budda «Yaratuvchi oliy kuch»ning borligiga shubha va 
ishonchsizlik bildirgan. Uning fikricha, eng muhimi insonning 
shaxsiy kamoloti va ezgu turmush tarzidir. 
Budda ta’limotining asosida «hayot – bu azob, uqubat» va 
«najot yo‘li mavjud» degan g‘oyalar yotadi. Buddizm ta’limotiga 
ko‘ra, inson o‘ziga xos mavjudot bo‘lib, tug‘iladi, o‘zini o‘zi halok 
qiladi yoki qutqaradi. Bu g‘oyalar Buddaning ilk da’vatida ta’bir­
langan to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan. 
Buddizm ta’limoti bir qator kitoblar shakliga keltirilgan 
to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki 
Tipitaka – «uch savat» ma’nosini anglatadi). U uch qismdan ibo­
rat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Bu manbaning 


245
qo‘lyozma nusxasi Shri Lankada saqlanib qolgan. U milodning 
boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Ular – Budda targ‘ibotining 
haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari – Sutra­pitaka, rohib­
lik axloqi, xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari 
– Vinaya­pitaka, buddizmning falsafiy va psixologik muammo­
larini bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlari – 
Abxidxarma­pitakadan iborat.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin