3. Muqaddas manbalarga oid tushunchalar.
Vahiy – diniy
e’tiqodga ko‘ra, Alloh taoloning o‘z payg‘ambarlariga farishta
lar orqali yuborgan buyruq yoki ko‘rsatmalari. Vahiy aniq va
ravshan qilib aytilgan. Lekin ba’zi vahiylar tushda ko‘rilgan
ishorat shaklida ham bo‘lgan. Masalan, hazrat Ibrohim (a.s.)
ning tushida «o‘g‘ling Ismoil (a.s.)ni qurbonlik qil» deb buyu
rilgani ham vahiy deb hisoblanadi. Vahiy Muhammad (s.a.v.)
ga farishta hazrat Jabroil orqali nozil bo‘lgani Qur’oni karimda
keltirilgan (53:510). Vahiy farishtalar orqali yoki bevosita Al
loh taolo bilan roz aytish (gaplashish) orqali ham kelishi mum
kin. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ga esa, vahiy quyidagicha
hollarda tushgan: Oisha (r.a.) aytadilarki: 1. «Payg‘ambar (s.a.v.)
vahiy ning birinchi kelishi o‘ngidan kelgan tush bo‘lgan. Ko‘rgan
har bir tushlari uyg‘oqlik vaqtlarida ham xuddi tong yorug‘idek
kelar edi. 2. Farishta o‘zi ko‘rinmay turib, Payg‘ambar (s.a.v.)
qalblariga kerakli xabarni yetkazar edi. 3. Qo‘ng‘iroq chalin
249
gandek ovoz chiqarib kelar edi. 4. Jabroil farishta Payg‘ambar
ga odam shaklida bo‘lib ko‘rinar edilar». Shu to‘g‘risida «Sahi
hi Buxoriy» kitobida quyidagi hadisi sharif keltirilgan: «Horis
ibn Hishom Payg‘ambardan: «Yo Rasululloh, sizga vahiy qanday
keladi?», deb so‘rabdi. Shunda ul janob quyidagi javobni berib
dilar: «Ahyonda xuddi qo‘ng‘iroqdek jaranglab keladi, shuni
si menga qiyin. U ketgandan keyin hamma narsani men o‘zim
da singdirib olgan bo‘laman. Gohida, esa farishta menga odam
shaklida kelib so‘zlab ketadi va uning aytganlarini anglab ola
man». 5. Farishta o‘zining asl shaklida ko‘rinadi va vahiyni yet
kazadi. 6. Alloh taolo Payg‘ambar (s.a.v.)ga me’roj kechasida
namozni farz qilish va shunga o‘xshash ba’zi narsalarni bevosi
ta vahiy qilgan. Vahiy faqat payg‘ambarlargagina nozil bo‘lgan.
Jabroil farishta payg‘ambarlarga vahiy keltirishga mas’ul bo‘lgan.
Vahiy tushgan paytda, agar kunlar sovuq bo‘lsa ham Payg‘am
bar (s.a.v.) terlab ketardilar, nafas olishlari tezlashardi. Saho
balardan Zayd ibn Sobit shunday hikoya qiladi: «Mening sonim
Rasululloh (s.a.v.)ning sonlariga tegib turgan paytda vahiy tu
shib qoddi, uning shiddatidan sonim yorilib ketay dedi». Agar
Payg‘ambar (s.a.v.) tuyada ketayotganlarida vahiy tushib qol
sa, og‘irlikdan tuya ham yura olmay qolar ekan. Vahiyni Al
loh ilhom shaklida ham nozil qilgan. Buni ayrim avliyolarning
hayotida uchratish mumkin. Biroq avliyolar ilhomni o‘zlariga
shaxsiy ko‘rsatma, payg‘ambarlar esa, vahiyni xalqqa yetkazishi
lozim bo‘lgan ko‘rsatma deb qabul qilgan. Johiliyat davrida (is
lomdan avval) butparast arablar Ka’ba ichiga Hubal nomli butni
o‘rnatib, undan vahiy (ko‘rsatma) olganliklarini da’vo qilib kel
gan va shu tariqa go‘yo o‘zlarining kundalik muammolarini hal
qilgan. Islom davrida Hubal sindirib tashlandi. Vahiyning faqat
payg‘ambarlarga nozil bo‘lishi musulmonlik e’tiqodini mustah
kamladi. Bu borada har xil bid’at va xurofotlarni keltirib chiqa
rish va dinga zararli bo‘lgan turli qo‘shimchalarni kiritish man
qilindi. Diniy tushuncha bo‘yicha vahiy ilohiy bir kuch sifati
da insonlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
250
Ilhom – ko‘ngilga solish; tasavvufda solik qalbida Alloh to
monidan paydo etilgan fikr. Shariat ulamolari fikricha, ilhom
qat’iy ma’lumot manbayi bo‘la olmaydi. Tasavvuf axdi, aksincha,
ilhomni ilohiy fayz deb qabul qilib hamda unga asoslanib, so‘z va
ish yuritadi. Ilhom tor ma’noda «vahiy»ning sinonimidir. Ilhom
o‘z mohiyatiga binoan «aqliy ilm»dan ham farqlanadi, chunki il
hom fikrmulohaza yuritish va xulosa chiqarish yo‘li bilan vujud
ga kelmaydi. Tasavvufga ko‘ra, ilhom mo‘min dilini yorituvchi
ilohiy nurdir, Qur’onning botiniy ma’nosini ham ilhom orqali
anglab yetish mumkin.
Isro va Me’roj – islom tarixida Muhammad (s.a.v.)ning Mak
kadan Quddusga qilgan tungi sayrlari (isro) hamda Quddusda
gi Aqso masjididan osmonga ko‘tarilishlari (me’roj). Bu haqda
Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda keng ma’lumotlar berilgan.
Bu hodisa ilohiy mo‘jizalar turiga kirgani uchun moddiylik va
aqliy dalillar bilan chegaralanuvchi kishilar uni inkor etadi. Ha
dis va rivoyatlarda aytilishicha, Muhammad (s.a.v.) Jabroil farish
ta boshchiligida tunda ko‘p yillik masofani bosib o‘tib, bu samo
viy sayohatlaridan boy xotiralar bilan qaytishgan. Jumladan, yetti
qavat osmon oraliqlarida o‘zlaridan oldinga o‘tgan yirik pay
g‘ambarlar bilan muloqotda bo‘lishgan. Jannat va do‘zaxni to
mosha qilishgan. Besh vaqt namoz ham shu kechada farz qilin
gan. Bu hodisa tasvirlab yozilgan ko‘pgina asarlar mavjud. «Isro
va Mehroj kechasi» islom olamida diniy bayram sifatida har yili
hijriy rajab oyining 27kechasida nishonlanadi.
Farishta (forscha, arab. malak – maloika) – islom e’tiqodi
ga ko‘ra, Xudoning amrini bajaruvchi mavjudotlar. Farish
talar sonsanoqsiz bo‘lib, har biri ma’lum vazifani bajaradi.
Masalan, islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini
hisobga olib yuruvchi Farishtalar, jannat va do‘zaxda darvoza
bonlik qiluvchi, odamlarni qabrda so‘roq qiluvchi (Munkar va
Nakir), Alloh taxtini osmonda ko‘tarib turuvchi va boshqa xiz
matlarni bajaruvchi farishtalar mavjud deb qaraladi. Bu farish
talardan to‘rttasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh farishta
251
hisoblanadi. Farishtalarga e’tiqod qilish sunniylik aqidalari
dan biridir.
Sahobalar (yoxud assahoba, sohib –«tarafdor»ning ko‘pli
gi – ashob) – Muhammad (s.a.v.)ning safdoshlari, u zot bi
lan muloqotda bo‘lgan yoxud g‘azotlarida qatnashgan kishilar;
ke yinchalik Muhammad (s.a.v.)ni loaqal bir marotaba, garchi
go‘dak
lik chog‘ida bo‘lsa ham ko‘rgan barcha kishilar saho
balar deb atala boshlagan. Sahobalar Arabistondan tashqarida
gi o‘lkalar ni fath etishga kirishgan ilk musulmon qo‘shinining
o‘zagini va eng sobit qadam, qat’iyatli qismini tashkil etgan. Sa
hobalarning oliy qatlamini muhojirlar va ansorlar tashkil qilgan;
ular dastlabki xalifalarni saylashga ta’sir ko‘rsatganlar, ular ni
noiblik va oliy darajadagi lashkarboshilik mansablariga tayin
lashgan. Xalifalikda sahobaning imtiyozga ega ekanligi ular
ga to‘lanadigan katta maoshda (641yildan to‘lana boshlan
gan) ham ko‘ringan: ularga yiliga 3–5 ming dirham to‘langan,
holbuki jangchilar
ning asosiy qismi faqat 300 dirhamga ya
qin maosh olgan. Sahoba erkaklarning umumiy miqdori Umar
davrida 10 ming kishini tashkil etgan. Sahobalarning islom ta
rixidagi alohida ahamiyati shundaki, Muhammad (s.a.v.) vafot
etganlari dan so‘ng, ular payg‘ambar ta’limotlarini hammalari
bir bo‘lib saqladilar, ular ning Payg‘ambar so‘zlari va ishlari ha
qidaga hikoyalari (hadis lar), shuningdek, shaxsiy o‘rnaklari va
fikrlari islom axloqiy ta’limoti – sunnaning eng muhim tarkibiy
qismini tashkil etdi. Sahobalarga bo‘lgan hurmat, ehtirom keyin
chalik ularning qabr larini e’zoz lashga va ularning fazilatlari ha
qida asarlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Hadislarni to‘plash va
isnoddarni tanqidiy tarzda taxdil etish zaruriyati IX asrda hadis
roviylarining tarjimayi hollariga oid lug‘atlarni yaratilishiga sa
bab bo‘ldi, bu lug‘atlarda eng faxrli o‘rinni sahobalar egalladilar.
Bunday lug‘atlar ichida eng yirigi Ibn Hajar alAsqaloniy (XV
asr)ning «alIsoba fi tamyiz assahoba» lug‘ati Muhammad
(s.a.v.) bilan aloqador bo‘lganligi qayd etilgan 12 mingdan ziyod
shaxs ismlarini qamrab olgan.
252
Sura (arab. – tizma, qator, qo‘rg‘on, manzil va sharaf
ma’nosida) – faqat Qur’onga xos tushuncha, uning bo‘limlari
sura deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mum
kin. Ulamolar istilohida esa, sura – Qur’on oyatlarining bosh
lanish va tugashi belgilangan mustaqil toifasidir. Boshqacha
qilib aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek
bir toifasiga sura, deyiladi. Qur’on suralardan iboratdir, sura
Qur’onning bir bo‘laga bo‘lib, uch yoki undan ko‘p oyatni o‘z
ichiga oladi.
Qur’onda 114 ta sura bo‘lib, ulardan har birining o‘z nomi bor.
Ba’zi suralarning ismi uning avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilari
niki esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomi
ga qo‘yilgan. Qur’oni karimdagi eng qisqa sura «Kavsar» bo‘lib,
uch oyatdan, eng uzun sura «Baqara» bo‘lib, 286 oyatdan ibo
ratdir. Qur’on suralari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan oldin
tushgan suralar – «Makka suralari» (Makkada tushgan) deyiladi.
2. Hijratdan keyin tushgan suralar – «Madina suralari» (Madi
nada tushgan) deyiladi.
Rasul (arab. – elchi) – islom an’anasida Alloh tomonidan
tanlab olinib, vakil qilingan va targ‘ibot yuritish, da’vat qilish va
zifasi topshirilgan, ilohiy kitob nozil qilingan payg‘ambar. Mu
hammad (s.a.v.)ga nisbatan doimo «rasul» nomi qo‘llanib kelina
di, bu hatto tashahhud (kalimai shahodat)da ham ifodalangan.
Nabiy – kitob nozil qilinmagan payg‘ambar. Shu boisdan ham
har bir rasulni nabiy deb atash mumkinligi, ammo nabiylarni
«rasul» deb bo‘lmasligi qayd qilingan.
Nabiy (arab. – ko‘pligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi) –
payg‘ambar, Allohning farmoyishini insonlarga yetkazib beruv
chi vositachi shaxs. Nabiylarga ishonish islom dini aqidalaridan
biri hisoblanadi. O‘zlariga maxsus kitob va shariat berilmay,
bir rasulga (ya’ni Alloh elchisiga) ato etilgan kitob va shari
atga amal qilmoqqa buyurilgan payg‘ambarlar nabiylar deyila
di. Nabiylarning hech biri rasul bo‘la olmaydi, ammo rasullar
ning har biri nabiy nomi bilan ham ataladi. Allohdan vahiy olib
253
turuv chi shaxs Qur’onda Muhammad (s.a.v.)ning rasul (elchi)
degan ismi bilan bir qatorda eng asosiy sifatlaridan (nomlanish
laridan) biri. Qur’onda, shuningdek, undan avval o‘tgan avvalgi
payg‘ambarlar, jumladan, birinchi payg‘ambar Odam ato haqida
ko‘p zikr qilingan. Muhammad (s.a.v.) esa, eng oxirgisi bo‘lib,
«hotam annabiyin» – «payg‘ambarlar muhri» deb ataladilar.
Dastlabki payg‘ambarlar Allohga imon keltirishga chaqirgan
lar hamda Muhammad (s.a.v.)ning dunyoga kelishlarini bashorat
qilganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, ularning soni 124 ming. Biroq,
Qur’onda 25 tasining nomi zikr qilingan. Ulardan ko‘pining
qo‘shimcha nisbalari bor. Masalan, Ibrohim (a.s.) Xalilulloh (Al
lohning do‘sti), Iso Ruhulloh (Allohning ruhi), Muhammad Ra
sululloh va h.k. To‘qqizta payg‘ambar alohida ajratib ko‘rsatila
di. Ular Nuh, Ibrohim, Dovud, Yaqub, Yusuf, Ayyub, Muso, Iso,
Muhammad. Ulardan bir nechasiga muqaddas kitoblar: Musoga
Tavrot, Dovudga Zabur, Isoga Injil, Muhammad (s.a.v.)ga Qur’on
nozil qilingan.
Dostları ilə paylaş: |